Restrospektiv qo’llash - yangi hisob siyosatini operatsiyalar, boshqa hodisalar
va vaziyatlarga nisbatan ushbu siyosat oldin ham har doim qo’llanilganidek tarzda
qo’llash.
Retrospektiv qayta hisoblash - moliyaviy hisobotlardagi elementlar
summalarinining tan olinishi, baholanishi va oshkor qilinishini oldingi davrda xatoga
hech qachon yo’l qo’yilmaganidek tarzda tuzatish.
Shartli tannarx - berilgan sanaga tannarxning yoki amortizatsiyalangan
qiymatning o’rnini bosuvchi summa.
Sotish (qoplash) qiymati - Aktivlar, ularni odatiy sharoitda sotib olishda
to’lanishi zarur bo’lgan pul mablaglari yoki ularning ekvivalentlari bo’yicha aks
ettiriladi.
Tiklash qiymati - Aktivlar, ularni sotib olish vaqtida hozirgi paytda huddi
shunga o’xshash aktiv sotib olingandagi to’lanishi kerak bo’lgan pul mablag’lari yoki
ularning ekvivalentlari bo’yicha aks ettiriladi.
Umumiy foydalanish uchun mo’ljallangan moliyaviy hisobotlar (“moliyaviy hisobotlar” deb ataladi) – bu shunday foydalanuvchilarning axborotga
bo’lgan talablarini qondirishga qaratilgan moliyaviy hisobotlarki, bu foydalanuvchilar
ularning axborotga bo’lgan maxsus talablariga moslashtirilgan hisobotlarni xo’jalik
sub’ektidan talab qila olmaydi.
Ijara - ijaraga beruvchi ijarachiga bir yoki bir necha to’lovlar evaziga
kelishilgan muddat davomida aktivdan foydalanish huquqini berishini ko’zda
tutadigan kelishuvdir.
Aktivlarga tegishli grantlar - bu davlat grantlari bo’lib, ularning asosiy sharti
ularni olish talabariga javob beradigan tashkilot uzoq muddatli aktivlarni sotib olishi,
barpo etishi yoki boshqa shakllarda xarid qilishi kerak.
Daromadga tegishli grantlar - bu aktivlarga tegishli grantlardan tashqari davlat
grantlaridir.