Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

Monetar moddalar
- bu egalik qilinayotgan valyuta birliklari hamda valyuta 
birliklarining o’zgarmas yoki aniqlanadigan summasida olinadigan yoki to’lanadigan 
aktivlar va majburiyatlardir. 
Muddati kechiktirilgan moliyaviy daromad
– bu quyidagilar orasidagi farq: 
ijaraga yalpi investitsiya va ijaraga sof investitsiya. 
Operativ ijara
– moliyaviy ijaradan tashqari boshqa hamma ijara kelishuvlari.
Oxirgi kurs
- bu hisobot davri oxiridagi spot valyuta kursidir.
Shartli ijara
– bu ijara to’lovlarining qat’iy belgilanmagan qismi bo’lib, u vaqt 
o’tishi bilan emas, balki boshqa sabablarga ko’ra o’zgaradigan omilning kelgusi 
summasiga bog’liq bo’ladi (masalan, kelgusi sotuvlarning foizi, kelgusi foydalanish 
summasi, kelgusi narxlar indeksi, kelgusidagi bozor foiz stavkalari).
Soliqqa tortiladigan foyda
– bu soliq organlari tomonidan belgilangan 
qoidalarga muvofiq aniqlanadigan hisobot davri foydasi bo’lib, ushbu summaga 
nisbatan foyda solig’ini to’lash amalga oshiriladi. 
Spot valyuta kursi
- bu tezda yetkazib berish bo’yicha valyuta kursidir. 
Taqdim qilish valyutasi
- bu moliyaviy hisobotlar taqdim etiladigan valyutadir.
Valyuta kursi
- bu ikki valyuta uchun ayirboshlash koeffitsientidir. 
Voz kechiladigan kreditlar
- bu shunday kreditlarki, bunda kreditor ma’lum 
belgilangan shartlar ostida ular bo’yicha to’lovni bekor qiladi.
Xorijdagi bo’linmaga sof investitsiya
- bu hisobot beruvchi tashkilotning ushbu 
faoliyatning sof aktivlaridagi ulushining summasidir. 
Xorijiy valyuta
- bu tashkilotning funktsional valyutasidan tashqari bo’lgan 
valyutadir. 
Dividendlar
— ulushli investitsiyalarning egalariga ularning ayrim turdagi 
kapitaldagi ulushiga mutanosib ravishda foydaning taqsimlanishi. 
Royalti
— Tashkilotga qarashli bo’lgan uzoq muddatli aktivlar, masalan 
patentlar, savdo belgilari, avtorlik huquqlari va dasturiy ta’minotlardan foydalanilgani 
uchun olinadigan haq; va 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin