Standartlari


MHXSlar bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlar



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

MHXSlar bo’yicha birinchi moliyaviy hisobotlar
- Tadbirkorlik sub’ekti 
MHXSlarga muvofiqlik to’g’risida aniq va shartsiz bildirib Moliyaviy Hisobotlarning 
Xalqaro Standartlari (MHXSlar)ni qo’llagan birinchi yillik moliyaviy hisobotlar.
Moliyaviy faoliyat
- xo’jalik sub’ektining qo’yilgan kapitali va qarz 
mablag’larining miqdori va tarkibidagi o’zgarishlarni keltirib chiqaruvchi faoliyat.

Moliyaviy hisobotlar
- xo’jalik sub’ektining moliyaviy holati va moliyaviy 
natijalarining tartibga solingan holda ifodalanishidir. 
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXSlar)
bu Buxgalteriya 
hisobining xalqaro standartlari Kengashi (MHXSK) tomonidan chiqarilgan 
Standartlar va Sharhlardir. 
Mulk egalari
– bu ulushli instrumentlar sifatida tasniflangan instrumentlarning 
egalari. 
Oldingi BHUT
- MHXSlarni birinchi marta qo’llaydigan tadbirkorlik sub’ekti 
MHXSlarni qabul qilishidan bevosita oldin qo’llagan buxgalteriya hisobining asosi. 
Operatsion faoliyat
- xo’jalik sub’ektining asosiy daromad keltiruvchi 
faoliyati hamda investitsion va moliyaviy faoliyat hisoblanmagan boshqa faoliyat 


289 
turlari. 
Pul mablag’lari
- naqd pul va talab qilib olguncha depozitlarni o’z ichiga 
oladi. 
Pul 
mablag’larining 
ekvivalentlari

belgilangan 
summadagi 
pul 
mablag’lariga oson aylantiriladigan va qiymatining o’zgarishi jihatidan sezilarsiz 
darajadagi hatarga ega bo’lgan, qisqa muddatli va yuqori likvidli investitsiyalardir. 
Pul oqimlari
- pul mablag’lari va pul ekvivalentlarining kirimi va chiqimi. 
Qayta tasniflash bo’yicha tuzatishlar
– bu joriy yoki oldingi davrlardagi 
boshqa umumlashgan daromadda tan olingan, lekin joriy davrda foyda yoki zarar 
sifatida qayta tasniflangan summalar.

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin