Savdo bo’yicha to’lanadigan schyotlar – bu olingan yoki yetkazib berilgan
tovarlar yoki xizmatlar uchun to’lanadigan va mol yetkazib beruvchi tomonidan
hisob-kitobi talab etilgan yoki u bilan rasmiy kelishilgan majburiyatlardir.
Shartli aktiv – bu bo’lib o’tgan hodisalardan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan
va uning mavjudligi faqatgina tadbirkorlik sub’ektining to’liq nazorati ostida
bo’lmagan kelgusi noaniq hodisalarning biri yoki bir nechtasi sodir bo’lishi yoki sodir
bo’lmasligi natijasida tasdiqlanadigan aktivdir.
Soliq xarajati (soliq daromadi) –bu davr foydasi yoki zarari aniqlanishida
hisobga olingan joriy va muddati kechiktirilgan soliq bo’yicha umumiy summa.
Soliqlarni rejalashtirish imkoniyatlari – bu soliq zararini kelgusi yoki oldingi
davrlarga o’tkazish muhlati tugamasdan xo’jalik sub’ekti tomonidan soliq solinadigan
daromadni muayyan davrda shakllantirish yoki ko’paytirish uchun amalga oshirilishi
mumkin bo’lgan choralardir.
Tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy holati to’g’risidagi hisobotda tan olinadigan majburiyatlar – bu faqat hisobot davri oxirida mavjud bo’lgan
majburiyatlardir.
Vaqtinchalik farqlar – bu moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda aks
ettirilgan aktiv yoki majburiyatning balans qiymati bilan uning soliq bazasi o’rtasidagi
farqlardir.
Bitimga oid xarajatl ar - bu moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyatning
xaridi, emissiyasi yoki chiqib ketishi bilan bevosita bog’liq qo’shimcha xarajatlardir.
Effektiv foiz stavkasi - bu moliyaviy instrumentning kutilgan xizmat muddati,
yoki o’rinli bo’lganda, qisqaroq muddat davomida baholangan kelgusi pul to’lovlari
yoki tushumlarini moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyatning sof balans
qiymatigacha mutlaqo to’g’ri diskontlaydigan foiz stavkasidir.