Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

Xejlash instrumenti
- bu belgilangan derivativ yoki (faqat xorijiy valyuta 
kursidagi o’zgarish riskining xedji uchun) belgilangan noderivativ moliyaviy aktiv 
yoki belgilangan noderivativ moliyaviy majburiyatdir. 
Birgalikdagi faoliyat bo’yicha kelishuv
- bu ikki yoki undan ko’proq 
tomonlar birgalikdagi nazoratga ega bo’lgan kelishuvdir. 
Birgalikdagi nazorat
- bu kelishuv ustidan nazoratning sharnomada 
kelishilgan taqsimlanishi. 
Giperinflyatsiya sharoitida moliyaviy hisobot
– bu giperinflyatsiyani boshidan 
kechirayotgan 
mamlakatlar 
valyutasida 
hisobot 
tuzadigan 
korxonalarning 
(konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni ham o’z ichiga olgan) moliyaviy hisoboti . 
Jamlangan moliyaviy hisobotlar
- bu guruhning moliyaviy hisobotlari bo’lib, 
unda bosh tashkilot va uning sho’’ba tashkilotlarining aktivlari, majburiyatlari
kapitali, daromadlari, xarajatlari va pul oqimlari yagona iqtisodiy faoliyat yurituvchi 
sub’ektga tegishli sifatida taqdim etiladi. 
Jiddiy ta’sir
- bu investitsiya ob’ektining moliyaviy va operatsion siyosatining 
qarorlarida ishtirok etish darajasidir, ammo u ushbu siyosatlar ustidan nazorat yoki 
birgalikdagi nazorat bo’lib hisoblanmaydi.
Qaram tashkilot 
- bu shunday tashkilotki, bunda investor uning ustidan jiddiy 
ta’sirga egadir. 
Qo’shma korxona 
- bu birgalikdagi faoliyat bo’yicha kelishuv bo’lib, bunda 
ushbu kelishuv bo’yicha birgalikdagi nazoratga ega tomonlar kelishuvning sof 
aktivlariga nisbatan huquqlarga ega bo’ladi. 
Qo’shma korxona ishtirokchisi
- bu qo’shma korxonadagi tomon bo’lib, u 
ushbu qo’shma korxona ustidan birgalikdagi nazoratga egadir.
Tugallanadigan faoliyat
– bu korxonaning qaysiki, yagona reja asosida to’liq 
realizatsiya qilanadigan, qismlar bo’yicha sotiladigan hamda undan bosh tortish orqali 
foydalanishni to’xtatadigan majmuidir. 


297 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin