Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

Effektiv foiz usuli 
- bu moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyatning 
amortizatsiyalangan qiymatini hisoblash va foizli daromad yoki foizli xarajatni 
tegishli davrda taqsimlash usulidir.
Haqqoniy qiymat
- bu baholash sanasida bozor ishtirokchilari o’rtasidagi 
odatdagi operatsiyada aktivni sotishda olinishi mumkin bo’lgan yoki majburiyatni 
o’tkazishda to’lanishi mumkin bo’lgan narxdir. 
Moliyaviy instrument
- bu bir tashkilotning moliyaviy aktivini va boshqa 
tashkilotning moliyaviy majburiyati yoki ulushli instrumentini ko’payishiga olib 
keladigan shartnomadir.
O’zaro hisob-kitob qilish huquqi
– shartnoma asosida yoki boshqa o’rnatilgan 
tartibda, kreditorga to’lanishi lozim bo’lgan qiymatning bir qismiga yoki barchasiga 
nisbatan kreditordan olinishi lozim bo’lgan qiymat orqali qoplash yoki boshqa 
hollarda bekor qilish bo’yicha qarzdorning yuridik huquqi hisoblanadi. 
Qat’iy kelishuv
- bu belgilangan kelgusi sana yoki sanalarda belgilangan 
narxda resurslarning belgilangan miqdorining almashinuvi bo’yicha majburiyat 
yuklaydigan kelishuvdir.
Rejalashtirilgan operatsiya
- bu majburiy bo’lmagan, ammo kutilgan kelgusi 
operatsiyadir.
Ulushli instrument
- bu tashkilotning barcha majburiyatlari chegirilgandan 
so’ng uning aktividagi qoldiq ulushni tasdiqlovchi har qanday shartnomadir.


296 
Xej samaradorligi
- bu xejlangan riskga tegishli bo’lgan xejlangan moddaning 
haqqoniy qiymatidagi yoki pul oqimlaridagi o’zgarishlarning xejlash instrumentining 
haqqoniy qiymatidagi yoki pul oqimlaridagi o’zgarishlar bilan qoplanish darajasidir.
Xejlangan modda
- bu aktiv, majburiyat, qat’iy kelishuv, yuqori ehtimolli 
rejalashtirilgan operatsiya yoki xorijdagi bo’linmaga sof investitsiyadir. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin