Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

1- misol. 
Kompaniya 1 fevral 2011 yilda ishlab chiqarish binosini bankning maqsadli 
krediti hisobiga qurishga kirishdi. Qurilish 2011 yil 30 noyabrda tugallandi. Qurilish 
davri davomida qisman to’langan kredit hisobiga quyidagi to’lovlar amalga oshirildi: 
Qurilish 
uchun 
to’langan to’lovlar sh.b 
Olingan kredit summasi 
sh.b. 
1 fevral 2011 yil 
1000000 
1000000 
1 aprel 2011 yil 
800000 
1000000 
1 iyul 2011 yil 
700000 
1000000 
1 oktyabr 2011 yil 
500000 
jami 
3000000 
3000000 
Kreditning samarali foiz stavkasi 15 %. Foydalanilmagan mablag’ni 
kompaniya bankka 4 % stavka bo’yicha qo’yadi.
Olingan 
kredit 
summasi 
sh.b. 
Vaqtinchalik 
koeffitsent 
Foiz 
stavkasi 
Qarzlar 
bo’yicha 
haqiqiy 
xarajatlar sh.b. 
1 fevral 2011 yil 
1000000 
10/12 
15% 
125000 
1 aprel 2011 yil 
1000000 
8/12 
15% 
100000 
1 iyul 2011 yil 
1000000 
5/12 
15% 
62500 
1 oktyabr 2011 yil 

jami 
3000000
287500 
Vaqtincha foydalanilmagan kreditdan olingan investitsion daromad: 
200000x4%x3/12+500000x4%x3/12=7000 sh.b. 
Qarz bo’yicha kapitalizatsiyalashtiriladigan summa: 287500-7000=280500 
sh.b. 
Tashkilot umuman pul mablag’larini qarzga olganda va ulardan ma’lum 
talablarga javob beradigan aktivga ega bo’lish maqsadida foydalanganida, tashkilot 


95 
kapitalizatsiya qilinadigan qarzlar bo’yicha xarajatlar qiymatini aniqlash uchun 
ushbu aktiv bo’yicha qilinadigan sarflarga kapitalizatsiya stavkasini ko’paytirishi 
kerak. Kapitalizatsiya stavkasi davr mobaynida tashkilot qarzlarining to’lanmagan 
qismiga tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlarning o’rtacha tortilgan foiziga teng 
bo’lishi lozim, bunda xususan ma’lum talablarga javob beradigan aktivga ega bo’lish 
maqsadida jalb etilgan qarzlardan tashqari. Tashkilot davr mobaynida kapitalizatsiya 
qiladigan qarzlar bo’yicha xarajatlarning qiymati ushbu davrda u amalga oshirgan 
qarzlar bo’yicha xarajatlarning qiymatidan oshmasligi lozim. 
Ba’zi holatlarda, bosh tashkilotning va uning sho’’balarining barcha qarzlarini 
qarzlar bo’yicha xarajatlarning tortilgan o’rtachasini hisoblashda inobatga olish 
o’rinli bo’ladi; boshqa holatlarda, har bir sho’’ba tashkilot uchun o’zlarining 
qarzlariga tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlarning tortilgan o’rtachasidan 
foydalanish o’rinli bo’ladi. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin