Standartlari


 BHXS (IAS) 23 “Qarzlar bo’yicha xarajatlar”



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 
4.3. BHXS (IAS) 23 “Qarzlar bo’yicha xarajatlar” 
Ma’lum talablarga javob beradigan aktivni sotib olinishiga, qurilishiga yoki 
ishlab chiqarilishiga bevosita tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlar ushbu aktiv 
tannarxining qismini tashkil etadi. Boshqa qarzlar bo’yicha xarajatlar davr xarajati 
sifatida tan olinadi. 
Tashkilot mazkur Standartni qarzlar bo’yicha xarajatlarni hisobga olishda 
qo’llashi lozim. 
Standart kapitalning haqiqiy yoki hisoblab topilgan qiymatiga, jumladan 
majburiyat sifatida tasniflanmagan imtiyozli kapitalga, nisbatan qo’llanilmaydi. 
Tashkilotdan Standartni quyidagilarning sotib olinishiga, qurilishiga yoki 
ishlab chiqarilishiga bevosita tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlarga nisbatan 
qo’llashni talab etmaydi:
(a) 
haqqoniy qiymatda baholangan ma’lum talablarga javob beradigan 
ma’lum talablarga javob beradigan aktivning, masalan biologik aktivning; yoki 
(b) 
takroriy asosda ko’p miqdorda ishlab chiqariladigan, yoki boshqa 
hollarda barpo etiladigan, tovar-moddiy zahiralar. 
Qarzlar bo’yicha xarajatlar
- bu tashkilot tomonidan pul mablag’larini qarzga 
olishda amalga oshiriladigan foiz va boshqa xarajatlardir. 
Ma’lum talablarga javob beradigan aktiv
- bu ko’zlangan foydalanish yoki 
sotuv uchun tayyor bo’lishiga juda uzoq davrni zaruriy talab etadigan aktivdir.
Qarzlar bo’yicha xarajatlar quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin: 
(a) 
BHXS 39 «Moliyaviy instrumentlar: tan olish va baholash» da 
izohlanganidek effektiv foiz usulidan foydalangan holda hisoblangan foiz xarajati; 
(b) 
BHXS 17 «Ijara» ga muvofiq tan olingan moliyaviy ijara kelishuvlarga 
nisbatan moliyaviy xarajatlar; va 
(s) 
xorijiy valyutada qarz olishlardan yuzaga keladigan kurs farqlari, bunda 
ular foiz sarflariga to’g’rilanishlar sifatida hisoblangan darajada hisobga olinadi. 
Vaziyatga qarab, quyidagilardan biri ma’lum talablarga javob beradigan 
aktivlar bo’lishi mumkin: 
(a) 
tovar-moddiy zahiralar 
(b) 
ishlab chiqarish korxonalari 


93 
(c) 
elektroenergiya ishlab chiqaradigan quvvatlar 
(d) 
nomoddiy aktivlar 
(e) 
investitsion mulklar. 
Moliyaviy aktivlar hamda qisqa davr mobaynida ishlab chiqariladigan, yoki 
boshqa hollarda barpo etiladigan, tovar-moddiy zahiralar ma’lum talablarga javob 
beradigan aktivlar bo’lib hisoblanmaydi. Sotib olinganda ular bo’yicha ko’zlangan 
foydalanish yoki sotishga tayyorga aktivlar ma’lum talablarga javob beradigan 
aktivlar bo’lib hisoblanmaydi. 
Tashkilot ma’lum talablarga javob beradigan aktivning sotib olinishiga, 
qurilishiga yoki ishlab chiqarilishiga bevosita tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha 
xarajatlarni ushbu aktiv tannarxining qismi sifatida kapitalizatsiya qilishi lozim. 
Tashkilot boshqa qarzlar bo’yicha xarajatlarni davr xarajati sifatida ularni amalga 
oshiradigan davrda tan olishi lozim. 
Ma’lum talablarga javob beradigan aktivning sotib olinishiga, qurilishiga yoki 
ishlab chiqarilishiga bevosita tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlar ushbu 
aktivning tannarxiga kiritiladi. Bunday qarz bo’yicha xarajatlar aktiv tannarxining 
qismi sifatida kapitalizatsiya qilinadi, qachonki ular tashkilotga kelgusi iqtisodiy 
manfaatlarni olib kelishining ehtimoli mavjud bo’lsa va xarajatlar ishonchli 
baholanishi mumkin bo’lsa. Qachonki tashkilot BHXS 29 «Giperinflyatsiya 
iqtisodiyotlarida moliyaviy hisobot berish» ni qo’llasa, u BHXS 29 ga muvofiq 
qarzlar bo’yicha xarajatlarning inflyatsiyani qoplaydigan qismini aynan bir davr 
mobaynida xarajat sifatida tan oladi. 
Ma’lum talablarga javob beradigan aktivning sotib olinishiga, qurilishiga yoki 
ishlab chiqarilishiga bevosita tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlar shunday 
qarzlar bo’yicha xarajatlarki, bunda ma’lum talablarga javob beradigan aktiv 
bo’yicha sarf amalga oshirilmaganda edi, ularni chetlab o’tish mumkin bo’lar edi. 
Qachonki tashkilot xususan ma’lum talablarga javob beradigan muayyan aktivga ega 
bo’lish maqsadida pul mablag’larini qarzga olsa, ushbu ma’lum talablarga javob 
beradigan aktivga bevosita tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlar osongina 
aniqlanishi mumkin. 
Muayyan qarzlar bilan ma’lum talablarga javob beradigan aktiv o’rtasidagi 
bevosita bog’liqlikni aniqlash va boshqa hollarda chetlab o’tilishi mumkin bo’lgan 
qarzlarni aniqlash qiyin bo’lishi mumkin. Bunday qiyinchilik, masalan, tashkilotning 
moliyalashtirish faoliyati markazlashgan holda boshqarilganda sodir bo’ladi. Shu 
bilan birga, guruh turli foiz stavkalarida pul mablag’larini qarzga olish uchun bir 
qator qarz instrumentlaridan foydalanganda va ushbu pul mablag’larini guruh 
ichidagi boshqa tashkilotlariga turli shartlarda kreditga berganda ham qiyinchiliklar 
yuzaga keladi. Boshqa qiyinchiliklar, qachonki guruh yuqori inflyatsion 
iqtisodiyotlarda faoliyat yuritayotganda, xorijiy valyutalarda belgilangan yoki 
biriktirilgan 
kreditlardan 
foydalanish 
natijasida 
va 
valyuta 
kurslaridagi 
tebranishlardan yuzaga keladi. Buning natijasida, ma’lum talablarga javob beradigan
aktivning sotib olinishiga bevosita tegishli bo’lgan qarzlar bo’yicha xarajatlarning 
qiymatini aniqlash qiyin bo’ladi va mulohaza qilish talab etiladi. 
Tashkilot xususan ma’lum talablarga javob beradigan aktivga ega bo’lish 


94 
maqsadida pul mablag’larini qarzga olish darajasida, tashkilot kapitalizatsiya 
qilinadigan qarzlar bo’yicha xarajatlar qiymatini davr mobaynida ushbu qarz 
bo’yicha amalga oshirilgan qarz bo’yicha haqiqiy sarflardan ushbu qarzlarning 
vaqtinchalik investitsiyasi bo’yicha har qanday investitsion daromadni chegirish 
orqali aniqlashi lozim. 
Ma’lum talablarga javob beradigan aktiv bo’yicha moliyalashtirish kelishuvi 
pul mablag’larining ayrim qismi yoki barchasi ma’lum talablarga javob beradigan
aktiv bo’yicha sarflarga yo’naltirilishidan oldin tashkilotning qarz mablag’lariga ega 
bo’lishiga va qarz bo’yicha tegishli sarflarni amalga oshirishiga olib kelishi mumkin. 
Bunday holatlarda, pul mablag’lari ma’lum talablarga javob beradigan aktiv 
bo’yicha sarflar muddati kelguncha ko’p hollarda vaqtinchalik investitsiya qilinadi. 
Davr mobaynida kapitalizatsiya qilinadigan qarzlar bo’yicha xarajatlar qiymatini 
aniqlashda, bunday pul mablag’lari bo’yicha o’zlashtirilgan har qanday investitsion 
daromad amalga oshirilgan qarzlar bo’yicha xarajatlardan chegiriladi. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin