Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

1-misol. 
A futbol komandasi B futbol komandasi hujumchisni (forvard) 45000 sh.b. ga 
sotib oldi. O’yinchi A futbol komandasi bilan 3 yilga shaxsiy shartnoma tuzdi. 
Shartnomada uning ish xaqi, mukofoti, boshqa javobgarlik va majburiyatlari 
keltirilgan. 
Shartnomada o’yinchining mahorati va o’ynash tartiblari ko’rib chiqilganligi 
sababli A futbol klubi o’yinchining keltiradigan foydasidan kelib chiqib, 3 yillik 
shartnomani nomoddiy aktiv sifatida tan oladi. 
Tadbirkorlik sub’ekti mijozlar portfeliga yoki bozor ulushiga ega bo’lishi 
mumkin va tadbirkorlik sub’ekti, mijoz bilan aloqalarni va ularning sodiqligini hosil 
qilish harakatlari tufayli, mijozlar tadbirkorlik sub’ekti bilan savdo olib borishni 
davom ettirishini kutishi mumkin. Biroq, himoya qilishning yuridik huquqlari yoki 
nazoratning boshqa yo’llari, mijozlar bilan aloqalar yoki tadbirkorlik sub’ektiga 
mijozlarning sodiqligi mavjud bo’lmaganda, tadbirkorlik sub’ekti nomoddiy aktiv 
ta’rifini qanoatlantiradigan darajada mijoz aloqalaridan va sodiqligidan (masalan, 
mijozlar portfeli, bozor ulushlari, mijoz bilan aloqalar va sodiqlik) keladigan kutilgan 
iqtisodiy manfaatlar ustidan yetarlicha nazoratga ega emas. Mijoz aloqalarini himoya 
qilishning yuridik huquqlari mavjud bo’lmaganda, bir xil yoki o’xshash 
noshartnomaviy mijoz aloqalari (biznes birlashuvi qismidan tashqari) bo’yicha 
ayirboshlash operatsiyalari shuni tasdiqlaydiki, tadbirkorlik sub’ekti bunga 
qaramasdan, mijoz bilan aloqalardan oqib keladigan kutilayotgan kelgusi iqtisodiy 
manfaatlarni nazorat qila oladi. Chunki bunday ayirboshlash operatsiyalari yana 


111 
shuni tasdiqlaydiki, mijoz bilan aloqalar ajraladigan, hamda ushbu mijoz bilan 
aloqalar nomoddiy aktiv ta’rifini qanoatlantiradi. 
Nomoddiy aktivdan kelib tushadign kelgusi iqtisodiy manfaatlar tovarlar yoki 
xizmatlar sotuvidan, xarajat tejashlaridan yoki tadbirkorlik sub’ekti tomonidan 
aktivdan foydalanishdan yuzaga keladigan boshqa daromadlarni qamrab olishi 
mumkin. Masalan, ishlab chiqarish jarayonida intellektual mulkdan foydalanish 
kelgusi daromadlarni ko’paytirmagan holda kelgusi ishlab chiqarish harajatlarni 
kamaytirishi mumkin. 
Moddani nomoddiy aktiv sifatida tan olish tadbirkorlik sub’ektidan modda 
quyidagilarni qanoatlantirishini namoyish etishini talab etadi:
(a) 
nomoddiy aktiv ta’rifini; va 
(b) 
tan olish mezonlarini. 
Ushbu talab nomoddiy aktivni sotib olishda yoki ichki yaratishda sarflangan 
hamda qismni qo’shish, almashtirish yoki unga xizmat ko’rsatishda sarflangan 
harajatlarga nisbatan qo’llaniladi. 
Nomoddiy aktivlarning xususiyati shundaki, ko’p hollarda, ularga qo’shimcha 
qilinadigan aktiv yoki almashtiriladigan qism bo’lmaydi. Demak, keyingi 
harajatlarning ko’pchiligi ushbu Standartdagi nomoddiy aktivning ta’rifini va tan 
olish mezonini qanoatlantirish o’rniga amaldagi nomoddiy aktivda mujassamlangan 
kutilgan kelgusi iqtisodiy manfaatlarni saqlashi mumkin. Shu bilan birga, odatda 
keyingi harajatlarni bevosita butun biznesga nisbatan ma’lum nomoddiy aktivga 
tegishli ekanligini aniqlash qiyinroqdir. Shu tufayli, faqat kamdan-kam hollarda 
keyingi xarajatlar – sotib olingan nomoddiy aktivning dastlabki tan olingandan yoki 
ichki yaratilgan nomoddiy aktiv tugagandan keyingi sarflangan xarajatlar – aktivning 
balans qiymatida tan olinadi. (tashqi sotib olingan yoki ichki yaratilgan bo’lishiga 
qaramasdan) brendlar, titul nomlari, nashr nomlari, mijozlar ro’yxatlari va mohiyatan 
o’xshash moddalar bo’yicha keyingi xarajatlar sarflanganda doimo foyda yoki 
zararda tan olinadi. Bunga sabab shuki, bunday xarajatlar butun biznesni 
rivojlantirishga yo’naltiriladigan xarajatlardan farqlana olinmaydi.
Nomoddiy aktiv tan olinishi lozim, faqatgina agarda:
(a) 
tadbirkorlik sub’ekti tomonidan nomoddiy aktiv bilan bog’liq kelgusi 
iqtisodiy manfaatlar olinishi ehtimoli mavjud bo’lsa; va 
(b) 
aktivning tannarxi ishonchli baholana olsa. 
Aktivning foydali xizmat muddati davomida mavjud bo’ladigan iqtisodiy 
sharoitlar majmui bo’yicha rahbariyatning eng yaxshi baholashini aks ettiradigan 
oqilona va tasdiqlovchi farazlardan foydalangan holda, tadbirkorlik sub’ekti kutilgan 
kelgusi iqtisodiy manfaatlarning ehtimolini baholashi lozim. 
Tadbirkorlik sub’ekti aktivdan foydalanishdan keladigan kelgusi iqtisodiy 
manfaatlar oqimining aniqlik darajasini baholashda malakali mulohaza qilishdan 
foydalanadi, bunda dastlabki tan olish paytida mavjud dalillarga, ko’proq tashqi 
dalillarga asoslanadi.
Nomoddiy aktiv dastlab tannarxda baholanishi lozim. 
Odatda, tadbirkorlik sub’ekti nomoddiy aktivni alohida sotib olishda 
to’laydigan narx aktivda mujassamlangan kutilayotgan kelgusi iqtisodiy 


112 
manfaatlarning tadbirkorlik sub’ekti tomonidan olinishi ehtimoli to’g’risidagi 
kutilishlarni aks ettiradi. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiy manfaatlar oqimining 
vaqti yoki summasi bo’yicha noaniqlik mavjud bo’lishidan qat’iy nazar, tadbirkorlik 
sub’ekti iqtisodiy manfaatlar olinishini kutadi. Shu bilan birga, alohida sotib olingan 
nomoddiy aktivning tannarxi odatda ishonchli baholanadi. Xususan, bunday holat yuz 
beradi, qachonki aktivning sotib olinishida o’rniga beriladigan tovon pul mablag’i 
yoki boshqa monetar aktivlar shaklida bo’lsa. 
Alohida sotib olingan nomoddiy aktivning tannarxi quyidagilarni qamrab oladi:
(a) 
savdo chegirmalarini va imtiyozlarini chegirgan holda, uning sotib olish 
narxini, jumladan import bojlari va qoplanmaydigan sotib olish soliqlarini; va 
(b) 
aktivdan ko’zlangan foydalanishga tayyorlash uchun sarflangan har 
qanday bevosita xarajatlar. 
Quyidagilar bevosita xarajatlarga misoldir:
(a) 
aktivni ishchi holatiga keltirish bo’yicha bevosita yuzaga keladigan 
xodimlarga to’lanadigan haq bo’yicha xarajatlar (MHXS 19 da ta’riflangandek); 
(b) 
aktivni ishchi holatiga keltirish bo’yicha bevosita yuzaga keladigan 
professional haqlar; va 
(c) 
aktiv to’g’ri ishlayotganligini tekshirish bo’yicha xarajatlar. 
Quyidagilar nomoddiy aktivning tannarxida hisobga olinmaydigan sarflarga 
misoldir:
(a) 
yangi mahsulotning yoki xizmatning namoyish xarajatlari (shu jumladan, 
reklamaga va sotish bo’yicha choralarga xarajatlar); 
(b) 
yangi joyda yoki yangi mijozlar bilan biznesni amalga oshirish 
xarajatlari (jumladan xodimlar uchun trening xarajatlari); va 
(v) 
ma’muriy va boshqa umumiy ustama xarajatlar. 
Nomoddiy aktivning balans qiymatida xarajatlarni tan olish to’xtatiladi, 
qachonki nomoddiy aktiv rahbariyat ko’zlagandek ishlay oladigan holatga 
keltirilganda. Shu tufayli, nomoddiy aktivdan foydalanish yoki uni boshqa joyga 
ko’chirish bilan bog’liq xarajatlar uning balans qiymatiga kiritilmaydi. Masalan, 
quyidagi xarajatlar nomoddiy aktivning balans qiymatiga kiritilmaydi:
(a) 
nomoddiy aktiv rahbariyat ko’zlagandek ishlay oladigan holatga 
keltirilgan, lekin foydalanilmagan paytda sarflangan xarajatlar; va 
(b) 
aktivning mahsulotiga talab shakllanayotgan davrdagi zararlar kabi 
dastlab ko’rilgan operatsion zararlar. 
Ayrim operatsiyalar nomoddiy aktivni tajriba-konstruktorlik ishlab chiqish 
bilan bog’liq holda sodir bo’ladi, ammo ular nomoddiy aktivni rahbariyat 
ko’zlagandek ishlay oladigan holatga keltirish uchun zarur emas. Ushbu ikkinchi 
darajali operatsiyalar tajriba-konstruktorlik ishlab chiqishdan oldin yoki tajriba-
konstruktorlik ishlab chiqish davomida sodir bo’lishi mumkin. Ikkinchi darajali 
operatsiyalar aktivni rahbariyat ko’zlagandek ishlay oladigan holatga keltirish uchun 
zarur bo’lmaganligi tufayli, ikkinchi darajali operatsiyalar bo’yicha daromadlar va 
tegishli xarajatlar bevosita foyda yoki zararda tan olinadi va ular daromad va 
xarajatning tegishli tasniflariga kiritiladi. 
Agarda nomoddiy aktiv uchun to’lov odatiy kredit shartlari doirasidan 


113 
tashqarida kechiktirilsa, uning qiymati pul mablag’idagi narx ekvivalentiga teng 
bo’ladi. Mazkur qiymat bilan jami to’lovlar orasidagi farq MHXS 23 “Qarzlar 
bo’yicha xarajatlar” ga muvofiq kapitalizatsiya qilinmaguncha, kredit davri 
mobaynida foizli xarajat sifatida tan olinadi.

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin