Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

2- misol. 
Kompaniya 1 fevral 2011 yilda ishlab chiqarish binosini qurishga kirishdi. 
Qurilish 2011 yil 30 noyabrda tugallandi. Qurilish davri davomida qisman to’langan 
kredit hisobiga quyidagi to’lovlar amalga oshirildi: 
Qurilish uchun to’langan 
to’lovlar sh.b 
1 fevral 2011 yil 
1000000 
1 aprel 2011 yil 
800000 
1 iyul 2011 yil 
700000 
1 oktyabr 2011 yil 
500000 
jami 
3000000 
Qurilishni amalga oshirish uchun kompaniya maqsadli kredit olmadi. Shunday 
bo’lsada kompaniyada quyidagi maqsadsiz qarz mablag’lari bor edi: 
Qisqa muddatli bank krediti 2000000 sh.b. 15 % yillik 
Uzoq muddatli bank krediti 3000000 sh.b. 12,5 % yillik 
Kapitalizatsiyalashning o’rtacha stavkasini aniqlash: 
(2000000x15%+3000000x12.5%)/(2000000+3000000)=13.5% 
Qarzlar bo’yicha kapitalizatsiyalashtiriladigan xarajatlar summasi 
Muddati 
Qurilish 
uchun 
to’langan 
to’lovlar 
sh.b 
Vaqtinchalik 
koeffitsent 
Foiz 
stavkasi 
Qarzlar 
bo’yicha 
haqiqiy 
xarajatlar sh.b. 
1 fevral 2011 yil 
1000000 
10/12 
13,5% 
112500 
1 aprel 2011 yil 
800000 
8/12 
13,5% 
72000 
1 iyul 2011 yil 
700000 
5/12 
13,5% 
39375 
1 oktyabr 2011 yil 
500000 
2/12 
13,5% 
11250 
jami 
3000000
235125 
Qachonki ma’lum talablarga javob beradigan aktivning balans qiymati yoki 
kutilgan yakuniy qiymati uning qoplanadigan summasidan yoki sof sotish qiymatidan 
oshsa, balans qiymat boshqa Standartlarning talablariga muvofiq qisman yoki to’liq 


96 
hisobdan chiqariladi. Muayyan holatlarda, qisman yoki to’liq hisobdan chiqarilgan 
qiymat boshqa Standartlarga muvofiq qayta tiklanadi. 
Tashkilot qarzlar bo’yicha xarajatlarni ma’lum talablarga javob beradigan
aktiv tannarxining qismi sifati kapitalizatsiyani boshlanish sanasidan boshlashi lozim. 
Kapitalizatsiya uchun boshlanish sanasi tashkilot quyidagi barcha shartlarni dastlab 
qanoatlantiradigan sanadir:
(a) 
u aktiv bo’yicha sarflarni amalga oshirsa; 
(b) 
u qarzlar bo’yicha xarajatlar ni amalga oshirsa; va 
(c) 
u aktiv bo’yicha ko’zlangan foydalanish va sotish uchun uni 
tayyorlashda zarur bo’lgan choralarni amalga oshirsa. 
Ma’lum talablarga javob beradigan aktiv bo’yicha sarflar faqatgina shunday 
sarflarni o’z ichiga oladiki, ular pul mablag’larining to’lanishiga, boshqa aktivlarning 
o’tkazilishiga yoki foizli majburiyatlarning qabul qilinishiga olib keladi. Sarflar aktiv 
bilan bog’liq tarzda olingan har qanday oraliq to’lovlarga va olingan grantlarga 
(MHXS 20 «Davlat grantlarini hisobga olish va davlat yordamini ochib berish» ga 
qarang) kamaytiriladi. Davr mobaynidagi aktivning o’rtacha balans qiymati, shu bilan 
birga oldin kapitalizatsiya qilingan qarzlar bo’yicha xarajatlar , odatda ushbu davrda 
kapitalizatsiya stavkasi qo’llaniladigan xarajatlarning asosli taxmini bo’lib 
hisoblanadi. 
Aktivni ko’zlangan foydalanishga yoki sotishga tayyorlash uchun zarur 
choralar aktivning faqatgina jismoniy barpo etilishi qamrab olmaydi. Ular jismoniy 
barpo etilishi boshlanishigacha bo’lgan texnik va ma’muriy ishlarni, masalan 
jismoniy barpo etilishi boshlanishigacha ruxsatlarni olish bilan bog’liq choralarni, o’z 
ichiga oladi. Biroq, bunday choralar aktivning holatini o’zgartiradigan hech qanday 
ishlab chiqarish yoki takomillashtirish sodir bo’lmayotgan paytda aktivga egalik 
qilishni o’z ichiga olmaydi. Masalan, yerni takomillashtirish paytida amalga 
oshirilgan qarzlar bo’yicha xarajatlar takomillashtirishga tegishli choralar amalga 
oshirilayotgan davr mobaynida kapitalizatsiya qilinadi. Biroq, qurilish maqsadlarida 
sotib olingan yer hech qanday tegishli takomillashtirish chorasisiz egalik 
qilinayotganda amalga oshirilgan qarzlar bo’yicha xarajatlar kapitalizatsiya qilish 
bo’yicha talablarga javob bermaydi. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin