1-MAVZU. MOLIYaVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARIGA KIRISh Ma’ruza rejasi 1.1.
Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarining asosiy mazmuni va uning
buxgalterlarni tayyorlash tizimidagi o’rni
1.2.Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha qo’mita(MHXSQ)ning
maqsadi va uning tavsifi
1.3.Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini ishlab chiqish, qabul qilish va
foydalanish imkoniyatlari
1.4.MHXS (IFRS) bo’yicha moliyaviy hisobotni tayyorlashning kontseptual asoslari
1.5.MHXS (IFRS) 1 “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini birinchi marta
qo’llash”
Mavzu bo’yicha tayanch so’zlar va iboralar Buxgalteriya hisobining professionallashuvi - bu buxgalteriya ishlarining ushbu sohada
ma’lum professional bilimlarga ega bo’lgan mutaxassislar tomonidan bajarilishi hamda mamlakat
darajasida buxgalteriya hisobining muammolari, jumladan standartlashtirish, buxgalterlarning
professional malakasini oshirish, ushbu professiyaning axloq qoidalarini takomillashtirish bilan
shug’ullanadigan notijorat va nodavlat tashkilotlarning faoliyat yuritishi.
Buxgalteriya hisobining xalqaro integratsiyalashuvi. Xalqaro sarmoyadorlar, kreditorlar va
menejerlarning xalqaro biznes faoliyatlari to’g’risida axborotlarga bo’lgan extiyojini qondirish
maqsadida milliy buxgalteriya hisobi tamoyillari va standartlaridagi umumiy va ilg’or tajribalarni
mujassamlantirish asosida ishlab chiqilgan buxgalteriya hisobining xalqaro o’lchovlari va
tamoyillariga o’tish jarayonidir.
Buxgalteriya hisobi bo’yicha xalqaro tashkilotlar. Buxgalteriya hisobi xalqaro
integratsiyalashuvi jarayoni, buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini ishlab chiqish hamda
buxgalteriya hisobining xalqaro muammolari bilan shug’ullanuvchi notijorat professional
tashkilotlar.