Standartlari


Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini ishlab chiqish, qabul qilish va



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

1.3.Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini ishlab chiqish, qabul qilish va 
foydalanish imkoniyatlari 
Hozirgi 
vaqtda 
aktsionerlar 
va 
bashqa 
foydalanuvchilar 
uchun 
tayyorlanayotgan moliyaviy hisobotlarda mamlakatdan mamlakatga o’tib borayotgan, 
ayrim hollarda bir mamlakatdagina foydalaniladigan buxgalterlik printsiplari va 
qoidalari ishlatilmoqda. Shunday qilib buxgalterlik hisobotlarida taqqoslanuvchanlik 
yetishmasligi mumkin. Bu holatning noqulayligi shundaki, moliyaviy hisobotdan 
foydalanadigan investitsion tahlilichilar va boshqa foydalanuvchilar hisobotni tahlil 
qilish jarayonida uning tarli standartlarga binoan tuzilganligi tufayli qo’shimcha 
xarajatlar qilishiga to’g’ri keladi. Ular hisobotlar interpretatsiyasida chalkashliklarga 
duch kelishlari ham mumkin. Ushbu jarayon bilan bog’liq holda kapitalning jahon 
bozorida samarali raqobat yomonlashishi, kompaniyalar esa kapitalni saqlash 
bo’yicha yuqori sarf-xarajatlarni o’z zimmalariga olishlariga to’g’ri keladi. Eng 
asosiysi, turli mamlakatlar uchun turlicha foyda miqdori ko’rsatilishi oqibatida 
buxgalterlik hisobotlariga ishonch yo’qoladi. Hisobotlarning xalqaro miqyosdagi turli 
tumanligi quyidagilarga olib keladi: 

moliyaviy hisobotlarni tuzishga ketadigan xarajatlarning mo’ljaldan yuqori 
darajada bo’lishi – chunki transnatsional kompaniyalar o’z faoliyatlari haqida turli 
mamlakatlar uchun turlicha hisobotlar tuzishga majbur bo’ladilar; 

tijorat kompaniyalari turli mamlakatlardagi faoliyatlari moliyaviy natijalarini 
baholash uchun yagona tizimga ega bo’lish ehtiyoji tug’iladi. Kompaniyalar, bundan 
tashqari, ularning tashqi hisobotlari faoliyatni baholashning ichki baholashlariga mos 
tushishlarini ham xohlaydilar. Bu ikki maqsadga erishish esa turli mamlakatlardagi 
hisobotlar turlicha bo’lgani holda juda mushkul hisoblanadi. 
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari shuningdek, buxgalterlik 
standartlarini ishlab chiquvchi organlari hali tuzilmagan yoki standartlarni ishlab 
chiqishga resurslari yetarli bo’lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ham juda 
foydalidir. Moliyaviy Hisobot Standartlarini ishlab chiqish o’ziga yarasha xarajatlarni 
talab qiladi, ayniqsa alohida mamlakat uchun standartlar ishlab chiqish chiqim nuqtai 
nazaridan samarasizdir. 
Tashqi iqtisodiy moliyaviy qarorlarni qo’llab quvvatlash uchun esa, albatta, 
butun jahon uchun moliyaviy hisob va hisobot bo’yicha tarkiban bir xil, umumqabul 
qilingan va majburiy standartlar to’plami zarurdir. Aynan ana shu vazifa MHXSK 
zimmasiga yuklatilgandir. 


12 
Quyida MHXSKning 2000 yil 1 yanvar holatiga strukturasini keltiramiz. 2001 
yilda uning tarkibi qisman o’zgartirilganligini aytib o’tamiz
3
. MHXSKning asosiy 
tuzilmasi uning Ustavi bilan belgilangan. 
Yuqorida aytib o’tganimizdek MHXSKning a’zolari asosan Buxgalterlar 
Xalqaro Federatsiyasiga a’zo bo’lgan barcha buxgalter va auditorlar professional 
tashkilotlari a’zodirlar. Uning a’zolari barcha faoliyat uchun javobgarlikni uning 
Ustaviga binoan MHXSK Boshqaruviga topshirganlar. Boshqaruv qator 
huquqlarga ega bo’lib, shu jumladan: 

jamoatchilik hukmiga xalqaro buxgalteriya hisobi va hisobotiga tegishli 
munozarali va muammoli masalalarni, agar ularni chop etishga Boshqaruv 
a’zolarining ko’pchiligi ovoz bergan bo’lsa, havola etish; 

MHXSK nomidan jamoatchilik hukmiga “Standartlarning dastlabki 
(taxminiy) varinatlari” ko’rinishidagi hujjatlarni havola etish; 

Boshqaruv a’zolarining to’rtdan uch qismi ovoz bergan hollarda Moliyaviy 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin