Standartlari


 MHXS (IFRS) bo’yicha moliyaviy hisobotni tayyorlashning



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

1.4. MHXS (IFRS) bo’yicha moliyaviy hisobotni tayyorlashning 
kontseptual asoslari 
Buxgalteriya hisobi ma’lum bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt to’g’risida 
moliyaviy ma’lumotlarni aniqlash, qayta ishlash va moliyaviy hisobot shaklida 
faoliyat yurituvchi sub’ektning moliyaviy holatiga qiziquvchi foydalanuvchilarga 
ma’lumotni yetkazib berishni amalga oshiradigan axborot tizimdir. Buxgalteriyaning 
maqsadi - turli foydalanuvchilarni ma’lumotga bo’lgan ehtiyojini, ushbu ma’lumotni 
olish uchun eng kam sarf-xarajatlar bilan qondirishdir.
1. Foydalanuvchilar va ularning axborotga oid talablari 
Buxgalteriya hisobi foydalanuvchilar tomonidan foydalaniladigan moliyaviy 
ma’lumot hajmi va tavsifi bilan bog’liq. 
Ma’lumot foydalanuvchilari ikki guruhga bo’linishi mumkin: ichki 
foydalanuvchilar, ya’ni korxona boshqaruvchilari; tashqi foydalanuvchilar, ya’ni 
korxonadan tasharidagilar. 
O’z navbatida buxgalteriya ma’lumotidan foydalanuvchilarning ushbu 
guruxlarini foydalanuvchilarning quyidagi turkumlariga ajratish mumkin: 
-
korxonani boshqaruvchilar; 
-
sub’ektdan tashqarida bo’lib, unda bevosita moliyaviy manfaatga ega 
bo’lganlar; 
-
sub’ekt faoliyatida bilvosita moliyaviy manfaatga ega bo’lganlar. 
-
Sub’ektdan tashqarida bo’lib, unda bevosita moliyaviy manfaatga ega 
bo’lganlarga quyidagilar kiradi: 
-
Mavjud va bo’lg’usi investorlar; 
-
Mavjud va bo’lg’usi kreditorlar; 
-
Xaridorlar. 
-
Sub’ekt faoliyatida bilvosita moliyaviy manfaatga ega bo’lganlarga 
quyidagilar kiradi: 


17 
-
Soliq organlari; 
-
Tartibga soluvchi organlar; 
-
Statistik organlar; 
-
Boshqa guruhlar (auditorlar, maslahatchilar, iste’molchilar guruxlari va 
hok.) 
Moliyaviy 
hisobotni 
tayyorlash 
uchun 
foydalaniladigan 
buxgalteriya 
tamoyillarini xalqaro miqyosida bir shaklga keltirish maqsadida Buxgalteriya 
hisobining xalqaro standartlari bo’yicha Qo’mitasi (MHXSQ) tuzilgan. Ushbu 
Qo’mita tomonidan Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) ishlab 
chiqilib chop etilgan va hamma joylarda tadbiq etish va rioya qilish uchun tavsiya 
etilgandir. 
Moliyaviy hisobotni taqdim etish kabi MHXSning asosiy maqsadiga erishish 
uchun quyidagilar belgilanishi kerak 
-
vazifalarni echish uchun talab etiladigan moliyaviy ma’lumot; 
-
axborot tizimini tuzish tamoyillari; 
-
moliyaviy hisobot elementlari. 
Moliyaviy hisobotning maqsadi moliyaviy ahvol, faoliyat natijalari va 
moliyaviy ahvoldagi o’zgarishlar haqida ma’lumot taqtsim etishdan iboratdir. Ushbu 
ma’lumot keng doiradagi foydalanuvchilarga qarorlarni qabul qilish uchun zarurdir. 
Moliyaviy hisobot foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadigan iqtisodiy 
qarorlar, korxonani pul mablag’lari va ularni ekvivalentlarini yaratish va ko’paytirish, 
shuningdek bu jarayonni barqarorligi va o’z vaqtida amalga oshirilishi imkoniyatini 
baholashni talab etadi. Foydalanuvchilar, korxonaning pul mablag’lari va ularni 
ekvivalentlarini yaratish qobiliyatini baholashi uchun, korxonaning moliyaviy ahvoli, 
faoliyat natijalari va moliyaviy ahvoldagi o’zgarishlarga yo’naltirilgan ma’lumotlarga 
ega bo’lishi kerak. 
Moliyaviy ahvol to’g’risidagi ma’lumot asosan buxgalteriya muvozanatida 
(muvozanat hisobotida) beriladi. Korxona faoliyatining natijalari haqida ma’lumot 
asosan foyda va zararlar to’grisidagi hisobotda keltiriladi. Moliyaviy ahvoldagi 
o’zgarishlar moliyaviy hisobotda alohida o’rin egallagan hisobot (xususiy kapitaldagi 
o’zgarishlar) orqali ko’rsatiladi. 
Moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlari bir-biri bilan uzviy bog’liqdir, chunki 
ular bir hil operatsiyalar va hodisalarni turli javhalarini aks ettiradi. Hisobotning har 
bir shakli boshqalardan farq qiladigan ma’lumotni berishiga qaramasdan, hech biri bir 
ashyo yakkalanib qolmaydi va foydalanuvchilar uchun muayyan ehtiyojlarini aks 
ettiruvchi kerakli bo’lgan barcha ma’lumotni yetkazib bera olmaydi. Masalan, foyda 
va zararlar to’g’risidagi hisobot, muvozanat va moliyaviy ahvolni o’zgarishi haqidagi 
hisobotlarning ma’lumotlarisiz foydalansa, korxonaning moliyaviy natijalari haqida 
to’liq axborotni bera olmaydi. 
Moliyaviy hisobot, shuningdek, ilovalarni (tushuntirish xati), qo’shimcha 
materiallar va boshka ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Masalan, u muvozanat, foyda 
va zararlar moddalari haqida, foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondiruvchi, qo’shimcha 
ma’lumotni aks ettirishi mumkin. U, korxonaga ta’sir etadigan tavakkalchilik va 
noaniqliklarni, shuningdek muvozanatda aks ettirilmagan har qanday resurslar va 


18 
majburiyatlarni (foydali qazilmalar zahiralari kabi) yoritishi mumkin. Geografik va 
sanoat segmentlar, va korxonaga narxlarni o’zgarishini ta’sir etiish haqidagi 
ma’lumot ham qo’shimcha axborot sifatida berilishi mumkin. 
Belgilangan vazifalarni bajarish uchun moliyaviy hisobot hisoblash tamoyili 
asosida tuzilishi zarur. U hisobga olish mezonlariga muvofiq daromadni qachon 
hisobga olish va uni qachon hisobotlarda aks ettirish kerakligini belgilaydi. Hisoblash 
tamoyiliga muvofiq, tovarlar sotilishidan olingan daromad, xaridor ushbu 
tovarlarning egasi bo’lganda, ya’ni egalik qilish xuquqi bilan bog’lik bo’lgan barcha 
tavakkalchiliklar va mukofotlar unga o’tgan paytda hisobga olinadi. Sotuvchi o’z 
majburiyatlarini bajarmaguncha, daromad hisobga olinmasligi lozim.
Moliyaviy hisobot odatda korxona faoliyat ko’rsatadi va yaqin kelajakda 
faoliyat ko’rsatishni davom ettiradi degan faraz asosida tuziladi. Shunday qilib, faraz 
qilinadiki, korxona tugatilishi yoki o’z faoliyati ko’lamini ahamiyatli ravishda 
qisqartirish yoxud tugatishga oid niyati ham yo’q va bunga ehtiyoji ham yo’q. Agar 
bunday niyat yoki zaruriyat paydo bo’lsa, moliyaviy hisobot boshqa asosda tuzilishi 
va bu qo’llanilayotgan asos yoritilishi zarur. 
Moliyaviy hisobotda taqdim ettirilgan ma’lumotning asosiy sifati, bu 
foydalanuvchilar tomonidan tushunarli bo’lishidadir. Bunda, faraz qilinadiki, 
foydalanuvchilar xo’jalik va iqtisodiy faoliyat sohasida, buxgalteriya hisobi sohasida 
yetarlicha bilimlarga ega bo’lishi, shuningdek talab qilinadigan darajada qunt bilan 
harakat qilish istaklari bo’lishi lozim. Biroq, murakkab savollarga taalluqli, 
foydalanuvchilarni iqtisodiy qarorlarni qabul qilishi uchun o’rinli bo’lgan ma’lumot, 
faqat ma’lum foydalanuvchilar tomonidan tushunish murakkabligi sababli chiqarib 
tashlanishi mumkin emas. 
Foydali bo’lish uchun ma’lumot qarorlar qabul qiluvchi foydalanuvchilar 
uchun o’rinli bo’lishi kerak. Foydalanuvchilarni iqtisodiy qarorlariga ta’sir etib, 
ularga o’tib ketgan, hozirgi paytda amalga oshiriladigan va kelajakda bo’ladigan 
hodisalarni baholash uchun yordam beradigan yoki ularni tasdiqlaydigan yoxud 
avvalgi baholarni tuzatish imkoniyatini yaratgan ma’lumot o’rinli deb hisoblanadi. 
Ma’lumotning o’rinliligiga uning tavsifi va muhimligi jiddiy ta’sir ko’rsatadi. 
Ba’zi holatlarda faqat ma’lumot tavsifi uning o’rinliligini aniqlash uchun yetarli 
bo’lmaydi. Masalan, yangi segment haqidagi ma’lumot, hisobot davrida ushbu yangi 
segment tomonidan erishilgan natijalar muhimligidan qat’i nazar tavakkalchilik va 
imkoniyatlarni baholashga o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkin. 
Foydali bo’lishi uchun ma’lumot shuningdek ishonchli bo’lishi kerak. 
Ma’lumot agar unda ahamiyatli xato yoki bilib qilingan buzib ko’rsatishlar bo’lmasa, 
foydalanuvchilar ushbu ma’lumotga haqqoniyat bilan taqdim etilganligiga tayanishi 
mumkin bo’lsa, ishonchli deb hisoblanadi. 
Foydali bo’lishi uchun, ma’lumot xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy 
ahvoli, operatsiyalar natijalari, pul mablag’lari harakati to’g’risida haqqoniy va xolis 
tasavvur yaratishi kerak. Shunday kilib, masalan, muvozanat operatsiyalar va boshqa 
hodisalarni va ularni amalga oshirish natijasi bo’lgan, tan olish mezonlariga javob 
beradigan kompaniyaning aktivlari, majburiyatlari va kapitalini haqqoniy va xolis aks 
etgirishi kerak. 


19 
Agar hisob-kitob hujjatlarida va moliyaviy hisobotda axborot operatsiyalar va 
voqealarning mazmunini ishonchli darajada aks ettirsa, bunday axborot uning 
huquqiy shakli bilangina emas, balki mohiyati va haqiqiyligi bilan muvofiq holda 
hisobga olinishi va taqdim etilishi zarur. Operatsiyalar va boshqa hodisalarning 
mazmuni ularning xuquqiy yoki belgilangan shakliga har doim ham muvofiq 
kelmaydi. 
Moliyaviy hisobotda beriladigan axborot ishonchli bo’lishi uchun taxminlardan 
mustaqil bo’lishi lozim. Moliyaviy hisobot ma’lumotning tanlash va takdim etishi 
bilan qarorlarni qabul qilinishiga yoki oldindan belgilangan natija yoki yakunga 
yetishish maqsadida fikrni shakllantirishga o’z ta’sirini ko’rsatsa u betaraf deb 
hisoblanishi mumkin emas. 
Qarorlar qabul qilishda ehtiyotkorlik qoidasiga rioya qilish aktivlar va daromad 
qaytadan 
baholanmasligi, 
majburiyatlar 
yoki 
xarajatlar 
esa 
yetarlicha 
baholanmasligiga yo’l qo’ymaslik maqsadida noaniqlik sharoitida baho chiqarish 
uchun zarurdir. 
Moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash maqsadida axborot 
yetarlicha to’la hajmda taqdim etilishi kerak. 
Moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo’lishi uchun, bir hisobot davridagi 
axborot boshqa hisobot davridagisi bilan qiyoslanadigan bo’lishi kerak. 
Foydalanuvchilar xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobotni tayyorlashda 
foydalanadigan hisob-kitob siyosatidan, ana shu siyosatdagi barcha o’zgarishlardan 
va shunday o’zgarishlarning natijalaridan xabardor bo’lishlari lozim. 
Hisobot davrida bo’lgan daromadlar bilan xarajatlarning muvofiqligi shuni 
anglatadiki, mazkur davrda ushbu hisobot davridagi daromadlarni olishga asos 
bo’lgan xarajatlargina aks ettiriladi. Agar daromadlar bilan xarajatlarning o’rtasida 
bevosita bogliqlikni o’rnatish qiyin bo’lsa, xarajatlar biroi-bir taqsimlash tizimiga 
muvofiq bir nechta hisobot davrlari o’rtasida taqsimlanadi. Bu, masalan, bir necha 
yilga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlariga taalluqlidir. 
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholash qoidasi shundan iboratki, 
ularning tannarxi yoki sotib olish qiymati asosiy bahodir. 
Standartlarda ko’zda tutilgan ayrim hollarda haqiqiy baho sotib olish 
qiymatidan farq qilishi mumkin. 
Hisob siyosati bir davrdan ikkinchi davrga izchil o’tkazilib boradi deb 
xdsoblanadi. Foydalanuvchilar xo’jalik yuri^uvchi sub’ektning moliyaviy ahvolidagi 
o’zgartirish tamoyilini belgilash uchun har xil hisobot davrida ularning moliyaviy 
hisobotlarini taqqoslash imkoniyatiga ega bo’lishlari kerak. 
Hisobot axborotining asossiz darajada kechiktirilishi bilan u o’zining iqtisodiy 
ahamiyatini yo’qotadi. Axborotni o’z vaqtida takdim etish uchun bitimning yoki 
boshqa voqeaning barcha jihatlari ma’lum bo’lgunga qadar hisobotga zarurat paydo 
bo’lishi mumkin, bu esa uning ishonchliligini buzadi.
Daromadlar va xarajatlar orasidagi muvozanat sifatga oid tavsif emas, 
aniqrog’i tamoyil bo’yicha cheklovdir. Ma’lumotdan olinadigan naf uning olish 
uchun sarflangan xarajatlardan oshiq bo’lishi kerak. 
Amaliyotda ko’pincha sifat tavsiflari orasida muvozanat yoki o’zaro kelishuv 


20 
bo’lishi kerak. Bundan maqsad tavsiflar orasida tegishli muvofiqlikka yetishishdir. 
Turli sharoitlarda tavsiflarni nisbiy muhimligi - kasbiy mulohazaning ishidir. 
Moliyaviy hisobot operatsiyalar va boshqa hodisalar natijalarini, ularni keng 
doiradagi umumiy belgilari va iqtisodiy tavsiflariga ko’ra toifalarga birlashtirgan 
holda aks ettiradi. Ushbu keng doiradagi toifalar moliyaviy hisobotning elementlari 
deb ataladi. Muvozanatdagi moliyaviy ahvolni o’lchash bilan bevosita bog’liq 
elementlar - bu aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitstdir. Foyda va zararlar 
to’g’risidagi hisobotda faoliyat natijalarini o’lchash bilan bog’liq bo’lgan elementlari 
daromadlar, xarajatlar, foyda va zararlardir. 
Tan olish - bu quyida keltirilgan elementlarni tan olish mezoniga javob 
beradigan moddalardan birini muvozanat yoki foyda va zararlar to’g’risidagi 
hisobotga kiritishdir. Tan olish -moddani so’z bilan ifodalash va uning pul qiymatida 
aks ettirish, shuningdek ushbu summani muvozanat va foyda va zararlar to’g’risidagi 
xdsobotda aks ettirishdir.
Element ta’rifiga mos bo’lgan modda kuyidagi mezonlarga rioya qilinganda 
tan olinishi kerak: 
(a) 
modda bilan bog’langan har qanday kugilayotgan naf korxona
tomonidanolinishiyokiyo’qotilishi ehtimoli mavjud bo’lishi kerak, 
(b) 
modda pul qiymatida o’lchash uchun maqbul asosga ega bo’lishi va 
korxonauchunahamiyatlibo’lishi kerak. 
O’lchash yoki hisoblash mezonlari to’rtta mikdoriy ko’rsatkichlarga asoslanadi 
va tegishli tartibda hisobga olingan moddalar tushunarliligi, ahamiyatliligi
ishonchliligi va shuningdek, taqqoslanuvchanligi bilan farq qiladi deb faraz qilinadi: 
Elementning aniqlanishi. Modda moliyaviy hisobotning elementi ta’rifiga mos 
kelishi lozim. 
O’lchanuvchanlik. Modda aniq o’lchanishi mumkin bo’lgan mos keluvchi 
alomat (tavsif)ga ega. 
Dolzarblik. Moddada mavjud bo’lgan ma’lumotlar foydalanuvchilar
tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir etishga qodir. 
Ishochlilik. Moddada mavjud bo’lgan ma’lumotlar ishonchli, betarafli
va tekshirishqobiliyatiga ega hisoblanadi. 
Baholash - bu moliyaviy hisobotda aks ettiriladigan elementlarni pul 
summalarini aniqlash, tan olish va muvozanat hamda foyda va zararlar to’g’risidagi 
hisobotga kiritish jarayonidir. Buning uchun baholashning muayyan usulini tanlab 
olish zarur. 
Moliyaviy hisobotda bir qator turlicha usullardan foydalaniladi. Bu usullarga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
Tarixiy qiymati. Aktivlar, ularni sotib olish vaqtida to’langan pul mablag’lari 
yoki ularning ekvivalentlari, yoxud ularga taklif etilgan haqqoniy qiymati bo’yicha 
hisobga olinadi. Majburiyatlar qarz majburiyatning almashtirish evaziga olingan 
tushum summasida hisobga olinadi, ba’zi hollarda esa (masalan, foyda solig’i), 
ishlarni odatiy sharoitini hisobga olgan holda, ushbu majburiyatlarni qaytarish uchun 
kerakli bo’lgan pul mablaglari yoki ularning ekvivalentlari summasida aks ettirilishi 
mumkin. 


21 
Tiklash qiymati. Aktivlar, ularni sotib olish vaqtida hozirgi paytda huddi 
shunga o’xshash aktiv sotib olingandagi to’lanishi kerak bo’lgan pul mablag’lari yoki 
ularning ekvivalentlari bo’yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar, hozirgi paytda shu 
majburiyatning qaytarishi uchun talab etiladigan, pul mablag’lari va ularni 
ekvivalentlarini diskontlanmagan summasida aks ettiriladi. 
Sotish (qoplash) qiymati. Aktivlar, ularni odatiy sharoitda sotib olishda 
to’lanishi zarur bo’lgan pul mablaglari yoki ularning ekvivalentlari bo’yicha aks 
ettiriladi. Majburiyatlar, agar hozirgi paytda ularni qaytarishi talab etilsa, to’lanishi 
zarur bo’lgan pul mablag’lari va ularni ekvivalentlarini diskontlanmagan summasida 
aks ettiriladi. 
Diskontlangan qiymat. Aktivlar, ishlarni odatiy tartibda yuritilganini taxmin 
qilgan takdirda, ushbu aktiv tomonidan yaratilishi mumkin bo’lgan pul 
mablag’larining bo’lg’usi sof kelib tushishipi diskontlangan summalarida aks 
ettiriladi. Majburiyatlar, ishlarni odatiy tartibda yuritilganini taxmin qilgan takdirda 
ushbu majburiyatlarni qaytarish uchun zarur bo’lgan pul mablag’larining bo’lg’usi 
sof kamayishining diskontlangan summalarida aks ettiriladi. Moliyaviy hisobotning 
tayyorlashda baholash asosi sifatida korxonalar tomonidan qabul qilingan eng ko’p 
foydalaniladigan baho - bu tarixiy qiymat hisoblanadi. Odatda, u boshqa baholash 
asoslari bilan birgalikda ishlatiladi. Masalan, zahiralar, odatda tannarx yoki sof sotish 
bahosidan eng past bahoda hisobga olinadi, bozorda aylaniladigan qimmatli 
qog’ozlar ularning bozor narxida, nafaqa majburiyatlari esa ularning diskontlangan 
qiymati bo’yicha hisobga olinadi. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin