Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

5-misol. 
Avtobus kompaniyasi beshta alohida yo’nalishlarning har biri 
bo’yicha minimum xizmat ko’rsatishni talab etadigan va tegishli hokimiyat bilan 
tuzilgan shartnoma asosida xizmatlarni ko’rsatadi. Har bir yo’nalishga ajratilgan 
aktivlar va har bir yo’nalish bo’yicha pul oqimlari alohida aniqlanishi mumkin. 
Yo’nalishlardan biri sezilarli zarar bilan faoliyat ko’rsatadi. Tadbirkorlik sub’ekti 
biror avtobus yo’nalishini qisqartirish imkoniga ega bo’lmaganligi sababli, boshqa 
aktivlardan yoki aktivlar guruhlaridan keladigan pul kirimlaridan katta darajad 
mustaqil bo’lgan holda aniqlanadigan pul kirimlarining eng quyi darajasi bo’lib butun 
beshta yo’nalish tomonidan yuzaga keltiriladigan pul kirimlari hisoblanadi. Har bir 
yo’nalish uchun pul mablag’larini hosil qiladigan birlik bo’lib butun avtobus 
kompaniyasi hisoblanadi.
Pul kirimlari bu tadbirkorlik sub’ektiga nisbatan tashqi tomonlardan olinadigan 
pul mablag’i va pul mablag’i ekvivalentlarining kirimlaridir. Aktivdan (yoki aktivlar 
guruhidan) keladigan pul kirimlari boshqa aktivlardan (yoki aktivlar guruhlaridan) 
keladigan pul kirimlaridan ko’proq mustaqil bo’lishi yoki bo’lmasligini aniqlashda, 
tadbirkorlik sub’ekti turli omillarni, jumladan rahbariyat tadbirkorlik sub’ektining 
operatsiyalarini (masalan, mahsulot turlari, bizneslar, alohida joylashuvlar, tumanlar 
yoki hududiy joylar bo’yicha) qanday nazorat qilishini yoki rahbariyat tadbirkorlik 
sub’ekti aktivlarining va operatsiyalarining davom etishi yoki chiqib ketishi 
to’g’risida qanday qarorlar qabul qilishini, ko’rib chiqadi.


151 
Pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning qoplanadigan qiymati – pul 
mablag’larini hosil qiladigan birlikning chiqib ketish xarajatlari chegirilgandagi 
haqqoniy qiymati bilan uning foydalanishdagi qiymati o’rtasidagi ko’prog’i 
hisoblanadi. Pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning qoplanadigan qiymatini 
aniqlash maqsadida, “aktiv”ga har qanday havola “pul mablag’larini hosil qiladigan 
birlik”ka havola sifatida o’qiladi. 
Pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning balans qiymati pul mablag’larini 
hosil qiladigan birlikning qoplanadigan qiymatini aniqlash usuliga muvofiq bo’lgan 
asosda aniqlanishi lozim. 
Pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning balans qiymati:
(a) 
faqatgina pul mablag’larini hosil qiladigan birlikka nisbatan o’rinli va 
mos ravishda bevosita aks ettirilishi, yoki taqsimlanishi mumkin bo’lgan aktivlarning 
balans qiymatini o’z ichiga oladi va pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning 
foydalanishdagi qiymatini aniqlashda foydalaniladigan kelgusi pul kirimlarini yuzaga 
keltiradi; va 
(b) 
har qanday tan olingan majburiyatning balans qiymatini o’z ichiga 
olmaydi, bunda pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning qoplanadigan qiymat 
ushbu majburiyatni inobatga olmagan holda aniqlanishi mumkin bo’lmaguncha. 
Bunga sabab shuki, pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning chiqib ketish 
xarajatlari chegirilgandagi haqqoniy qiymati va foydalanishdagi qiymati pul 
mablag’larini hosil qiladigan birlikning qismi bo’lmagan aktivlarga va tan olingan 
majburiyatlarga tegishli pul oqimlarini inobatga olmagan holda aniqlanadi. 
Pul mablag’larini hosil qiladigan birliklarda gudvillni taqsimlash 
Qadrsizlanishga tekshirish maqsadida, biznes birlashuvida sotib olingan gudvill 
xarid sanasidan boshlab sotib oluvchining, birlashuv faoliyatidan manfaat olishi 
kutilgan, pul mablag’larini hosil qiladigan birliklarining har biriga, yoki pul 
mablag’larini hosil qiladigan birliklar guruhlariga, taqsimlanishi lozim, bunda sotib 
olinuvchining boshqa aktivlari yoki majburiyatlari ushbu birliklarga yoki birliklar 
guruhlariga biriktirilgan bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’iy nazar. Gudvill bunday 
taqsimlangan har bir birlik yoki birliklar guruhi:
(a) tadbirkorlik sub’ekti ichidagi gudvill ichki boshqaruv maqsadlarida nazorat 
qilinadigan eng quyi darajani aks ettirishi lozim; va 
(b) umumlashtirishdan oldin MHXS 8 “Operatsion segmentlar”da ta’riflangan 
operatsion segmentdan kattaroq bo’lmasligi lozim. 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin