Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

3-misol. 
Xaqiqiy xarajat modeli bo’yicha hisobga olinadigan nomoddiy aktivning 
qadrsizlanishi hisobga olinmoqda. Aktivning balans qiymati 74000 sh.b. Haqqoniy 
qiymat 75000 sh.b.(malakali baholovchi xulosasi). Sotish xarajatlari umumiy 
tannarxning 4%ni tashkil qiladi. Aktivdan foydalanish qiymati 70000 sh.b.ga teng. 
Qoplanadigan 
qiymat 
72000 
sh.b.ga 
teng.(74000-74000x4%). 
Aktiv 
qadrsizlanishidan zarar 2000 sh.b. (74000-72000). 
Dt Nomoliyaviy aktivning qadrsizlanishi bo’yicha zarar (M9440) 2000 
Kt Nomoddiy aktivning qadrsizlanishidan yig’lgan zarar (M0900) 2000 
Agarda aktiv qadrsizlangan bo’lishi mumkinligining biror ishorasi mavjud 
bo’lsa, qoplanadigan qiymat alohida aktiv uchun baholanishi lozim. Agarda alohida 
aktivning qoplanadigan qiymatni baholashning imkoni bo’lmasa, tadbirkorlik 
sub’ekti aktiv tegishli bo’lgan pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning (aktivning 
pulni yuzaga keltiradigan birligi) qoplanadigan qiymatni aniqlashi lozim. 
Alohida aktivning qoplanadigan qiymatni aniqlash mumkin bo’lmaydi, agarda:
(a) 
aktivning foydalanishdagi qiymatini uning chiqib ketish xarajatlari 
chegirilgandagi haqqoniy qiymatiga yaqin bo’lgan holda baholash mumkin bo’lmasa 


150 
(masalan, aktivdan ukluksiz foydalanishdan keladigan kelgusi pul oqimlari 
ahamiyatsiz deb baholanmaganda); va 
(b) 
aktiv boshqa aktivlardan keladigan pul kirimlaridan ko’proq mustaqil 
bo’lgan pul kirimlarini yuzaga keltirmasa. 
Bunday holatlarda, foydalanishdagi qiymat va, shu tufayli, qoplanadigan 
qiymat faqatgina aktivning pulni yuzaga keltiradigan birligi uchun aniqlanishi 
mumkin. 
4-misol. 
Qazib oluvchi tadbirkorlik sub’ekti o’zining qazish faoliyatini amalga 
oshirishi uchun xususiy temir yo’lga ega. Xususiy temir yo’l temir parchasining 
qiymati bo’yicha sotilishi mumkin va u konning boshqa aktivlaridan keladigan pul 
kirimlaridan katta darajada mustaqil bo’lgan pul kirimlarini yuzaga keltirmaydi. 
Xususiy temir yo’lning qoplanadigan qiymatini baholash mumkin bo’lmaydi, 
chunki uning foydalanishdagi qiymatini aniqlashni imkoni yo’q va u temir 
parchasining qiymatidan ehtimol farq qiladi. Shu tufayli, tadbirkorlik sub’ekti 
xususiy temir yo’l tegishli bo’lgan pul mablag’larini hosil qiladigan birlikning, ya’ni 
butun konning qoplanadigan qiymatini baholaydi. 
Aktivning pulni yuzaga keltiradigan birligi aktivlarning eng kichik guruhi 
bo’lib, ushbu guruh aktivni o’z ichiga oladi hamda boshqa aktivlardan yoki aktivlar 
guruhlaridan keladigan pul kirimlaridan katta darajada mustaqil bo’lgan pul 
kirimlarini yuzaga keltiradi. Aktivning pulni yuzaga keltiradigan birligini aniqlash 
mulohaza qilinishini o’z ichiga oladi. Agarda qoplanadigan qiymatni alohida aktiv 
uchun aniqlash mumkin bo’lmasa, tadbirkorlik sub’ekti katta darajada mustaqil 
bo’lgan pul kirimlarini yuzaga keltiradigan aktivlarning eng quyi jamlanmasini 
aniqlaydi.

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin