171
standartning qo’llash doirasidan tashqaridadir.
Ushbu standartda og’irliq qiladigan shartnoma u bo’yicha majburiyatlarni
bajarish uchun muqarrar amalga oshirilishi zarur bo’lgan xarajatlar ushbu shartnoma
bo’yicha olinishi kutilayotgan iqtisodiy nafdan oshib ketadigan shartnoma
sifatida
ta’riflanadi. Shartnoma bo’yicha muqarrar amalga oshirilishi zarur bo’lgan
xarajatlar
shartnomadan chiqish uchun kerak bo’ladigan minimal sof xarajatlarni aks ettiradi. Bu
minimal xarajatlar quyidagilardan qaysi birisi kamroq bo’lsa, o’sha summaga teng
bo’ladi: shartnomani bajarish uchun talab etiladigan xarajatlar va uni bajarmaslik
natijasida yuzaga keladigan har qanday kompensatsiyalar yoki jarimalar.
Og’irlik qiladigan shartnoma bo’yicha alohida rezerv yaratilishidan oldin,
tadbirkorlik sub’ekti ushbu shartnoma uchun ajratilgan aktivlarning har qanday
qadrsizlanishi bo’yicha zararni tan oladi (BHXS 36 ga qarang).
Quyidagilar restrukturizatsiya ta’rifiga to’g’ri kelishi mumkin bo’lgan
hodisalarga misollardir:
(a) biznes yo’nalishini sotish yoki tugatish;
(b) mamlakat yoki hudud ichidagi bo’linmalarni yopish yoki tadbirkorlik
faoliyatini bir mamlakatdan yoki hududdan boshqasiga ko’chirish;
(c) boshqarish tuzilmasida o’zgarishlar, masalan,
boshqarishning qandaydir
pog’onasini olib tashlash; va
(d) tadbirkorlik sub’ekti operatsiyalarining tabiatiga va yo’nalishiga ahamiyatli
darajada ta’sir qiladigan fundamental qayta tashkil etishlar.
Restrukturizatsiya qilish bo’yicha konstruktiv majburiyat faqatgina tadbirkorlik
sub’ekti quyidagilarni bajarganida paydo bo’ladi:
(a)
minimal ravishda quyidagilarni aniqlaydigan batafsil rasmiy rejaga ega
bo’lganida:
-
restrukturizatsiya qilinadigan biznes yoki biznesning bir qismi;
-
restrukturizatsiya ta’sir qiladigan asosiy joylar;
-
xizmatlaridan
voz
kechilishi
uchun
kompensatsiya
qilinadigan
xodimlarning joylashishi, vazifalari va taxminiy soni;
-
amalga oshiriladigan xarajatlar; va
-
reja amalga oshirilishi payti; va
(b)
restrukturizatsiya ta’sir qiladigan tomonlarda u restrukturizatsiyani
amalga oshirishi yuzasidan asosli kutishni restrukturizatsiya rejasini bajarishni
boshlash yoki uning asosiy jihatlarini e’lon qilish orqali to’g’dirganida.
Tadbirkorlik sub’ekti restrukturizatsiya rejasini boshlaganining dalilini,
masalan, asbob-uskunani demontaj qilish yoki aktivlarni
sotish yoki ushbu rejaning
asosiy jihatlarini e’lon qilish orqali ta’minlaydi. Restrukturizatsiya qilish bo’yicha
batafsil rejani e’lon qilish restrukturizatsiya bo’yicha konstruktiv majburiyatni hosil
qiladi, agar faqatgina tadbirkorlik sub’ekti u restrukturizatsiyani amalga oshirishi
yuzasidan xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar va xodimlar (yoki ularning vakillari)
kabi boshqa tomonlarda asosli kutishni to’g’diradigan tarzda va yetarlicha batafsil
ravishda (ya’ni rejaning asosiy jihatlarini belgilab) qilingan bo’lsa.
Reja u ta’sir qiladigan tomonlarga ma’lum qilinganida konstruktiv majburiyatni
keltirib chiqarish uchun yetarli bo’lishi uchun uning imkoni boricha tezroq bajarib
boshlanishi kerak va rejaga katta o’zgarishlar kiritilishi ehtimolini yo’qqa
172
chiqaradigan muddatda tugallanishi kerak. Agar
restrukturizatsiya davomli
kechiktirish bilan boshlanishi yoki restrukturizatsiya haddan tashqari uzoq vaqt
davomida amalga oshirilishi kutilsa, reja tadbirkorlik sub’ekti hozirgi paytda
restrukturizatsiyani amalga oshirishi bo’yicha majburiyatni o’z zimmasiga olgani
to’g’risida boshqa tomonlarda asosli kutishni to’g’dirishi ehtimoldan uzoqdir, chunki
vaqt muddati tadbirkorlik sub’ektiga o’z rejalarini o’zgartirishiga imkoniyat beradi.
Rahbariyat yoki kengashning restrukturizatsiyani amalga oshirish to’g’risida
hisobot davri oxirigacha qabul qilingan qarori hisobot davri oxirida konstruktiv
majburiyatni keltirib chiqarmaydi, agar tadbirkorlik sub’ekti hisobot davri oxirigacha:
(a)
restrukturizatsiya bo’yicha rejani bajarishni boshlamagan; yoki
(b)
restrukturizatsiya bo’yicha rejaning asosiy jihatlarini tadbirkorlik sub’ekti
restrukturizatsiyani amalga oshirishi yuzasidan ushbu reja ta’sir qiladigan tomonlarda
asosli kutish to’g’dirish uchun yetarlicha aniq ravishda ularga e’lon qilgan bo’lsa.
Agar
tadbirkorlik
sub’ekti faqatgina hisobot
davri oxiridan keyin
restrukturizatsiya bo’yicha rejani bajarishni boshlasa yoki uning asosiy jihatlarini u
ta’sir qiladigan tomonlarga e’lon qilgan bo’lsa, BHXS 10
“Hisobot davridan keyingi
hodisalar”
ga muvofiq ma’lumotlar ochib berilishi kerak, agar restrukturizatsiya
ahamiyatli bo’lsa va bunday ma’lumotlarni ochib bermaslik foydalanuvchilar
moliyaviy hisobotlar asosida qabul qiladigan iqtisodiy qarorlariga ta’sir etishi mumkin
bo’lsa.
Konstruktiv majburiyat yolg’iz rahbariyatning qarori bilan paydo bo’lmasligiga
qaramasdan, majburiyat ushbu qaror bilan birga boshqa oldingi hodisalar natijasida
kelib chiqishi mumkin. Masalan, ishdan bo’shatish bilan bog’liq bo’ladigan to’lovlar
bo’yicha xodimlarning vakillari bilan muzoqaralar yoki biznesni sotish bo’yicha
xaridolar bilan muzoqaralar natijalari faqat kengash tomonidan tasdiqlanganidan so’ng
qabul qilinishi mumkin. Bunday tasdiqlash olinganidan keyin yoki boshqa tomonlarga
ma’lum
qilinganidan keyin, tadbirkorlik sub’ekti konstruktiv majburiyatga ega
bo’ladi.
Ba’zi mamlakatlarda, qaror qabul qilish bo’yicha eng yuqori vakolat kuzatuv
kengashiga berilgan bo’lishi, bunda kengash a’zolariga rahbariyatdan tashqari
manfaatdor tomonlarning (masalan xodimlarning) vakillari kiradi, yoki kengash qaror
qabul qilishidan oldin bunday vakillarga xabar qilishi talab etilishi mumkin. Bu
kengash tomonidan qabul qilinadigan qaror bunday vakillarga ma’lum qilinishi tufayli
u restrukturizatsiya bo’yicha konstruktiv majburiyat paydo bo’lishiga olib kelishi
mumkin.
Biznesni sotish bo’yicha majburiyat tadbirkorlik sub’ekti bunday sotuv bo’yicha
majburiyat olmagunicha, ya’ni sotuv bo’yicha majburiy
kuchga ega kelishuv mavjud
bo’lmaguncha, majburiyat paydo bo’lmaydi.
Hattoki tadbirkorlik sub’ekti biznesni sotish to’g’risida qaror qabul qilgan
bo’lsa va bu to’g’risida ochiq e’lon qilgan bo’lsa, u sotish bo’yicha majburiyat olgan
deb hisoblanmaydi, toki xaridor aniqlanmaguncha va sotuv bo’yicha majburiy kuchga
ega kelishuv mavjud bo’lmaguncha. Sotuv bo’yicha majburiy kuchga ega kelishuv
mavjud bo’lmasa, tadbirkorlik sub’ekti o’z qarorini o’zgartirishi mumkin va haqiqatda
ham, maqbul shartlarda xaridor topilmasa, boshqacha yo’nalishdagi xatti-harakatlarni
amalga oshirishga majbur bo’lishi mumkin. Biznesni sotish restrukturizatsiyaning bitta
173
qismi sifatida ko’zlanganida, biznesning aktivlari qadrsizlanishga BHXS 36 ga
muvofiq tekshirilishi kerak. Sotish restrukturizatsiyaning
faqatgina bir qismi
bo’lganida, sotuv bo’yicha majburiy kuchga ega kelishuv kelishilgan bo’lmagunicha
restrukturizatsiyaning boshqa qismlari bo’yicha konstruktiv majburiyat paydo bo’lishi
mumkin.
Restrukturizatsiya bo’yicha rezerv restrukturizatsiya bo’yicha yuzaga keladigan
faqatgina bevosita xarajatlarni qamrab olishi kerak. Bu bevosita xarajatlar bo’lib
quyidagi ikkita xususiyatga ham ega bo’lgan xarajatlar hisoblanadi:
(a)
restrukturizatsiya natijasida muqarrar paydo bo’ladigan xarajatlar; va
(b)
tadbirkorlik sub’ektining davom etadigan faoliyati bilan bog’liq
xarajatlar.
Restrukturizatsiya bo’yicha rezerv quyidagilar kabi xarajatlarni qamrab
olmaydi:
(a)
qolgan xodimlarni qayta tayyorlash yoki boshqa joyga ko’chirish;
(b)
marketing; yoki
(c)
yangi tizimlarga va sotish tarmoqlariga mablag’larni sarf qilish.
Ushbu xarajatlar biznesni kelgusida yuritishga taaluqli bo’ladi va hisobot
davrining oxirida restrukturizatsiya bo’yicha majburiyatlarni ifoda etmaydi. Bunday
xarajatlar ular restrukturizatsiyaga bog’liq bo’lmagan holda paydo bo’lganidek bir xil
asosda tan olinadi.
Dostları ilə paylaş: