Standartlari



Yüklə 4,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/203
tarix26.12.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#197940
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   203
И.Очилов-ЎУМ-МҲХС- 2019-2020-14.02.2020

 
 


182 
7- MAVZU. MOLIYaVIY INSTRUMENTLARNI HISOBGA OLUVChI 
STANDARTLARINING TAVSIFI 
 
7.1. BHXS (IAS) 32 “Moliyaviy instrumentlar: taqdim etish” 
Mazkur Standartning maqsadi moliyaviy instrumentlarni majburiyatlar yoki 
kapital sifatida taqdim etish hamda moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarni 
o’zaro hisob-kitob qilish tamoyillarini belgilashdan iboratdir. U moliyaviy 
instrumentlarni, emitent nuqtai nazaridan, moliyaviy aktivlarga, moliyaviy 
majburiyatlarga va ulushli instrumentlarga tasniflanishiga; tegishli foiz, dividendlar, 
foyda va zararlarning tasniflanishiga; hamda moliyaviy aktivlar bilan moliyaviy 
majburiyatlar o’zaro hisob-kitob qilinishi kerak bo’lgan holatlarga nisbatan 
qo’llaniladi. 
Mazkur Standartdagi tamoyillar MHXS 9 “Moliyaviy instrumentlar”dagi 
moliyaviy aktivlar bilan moliyaviy majburiyatlarni tan olish va baholash hamda 
MHXS 7 “Moliyaviy instrumentlar: ma’lumotlarni ochib berish”dagi ular to’g’risidagi 
ma’lumotlarni ochib berish tamoyillarini to’ldiradi. 
Mazkur Standart barcha tashkilotlar tomonidan barcha turdagi moliyaviy 
instrumentlarga nisbatan qo’llanilishi lozim, bundan quyidagilar istisno:
(a) 
BHXS 10 “Jamlangan moliyaviy hisobotlar”, BHXS 27 “Alohida 
moliyaviy hisobotlar” yoki BHXS 28 “Qaram tashkilotlardagi va va qo’shma 
korxonalardagi investitsiyalar”ga muvofiq hisobga olinadigan sho’’ba tashkilotlari , 
qaram tashkilotlar yoki qo’shma korxonalardagi ulushlar. Biroq, ayrim holatlarda 
BHXS 27 yoki BHXS 28 tashkilotga MHXS 9 dan foydalangan holda sho’’ba 
tashkilotlari, qaram tashkilotlar va qo’shma korxonalardagi ulushlarni hisobga olishga 
ruxsat beradi; bunday holatlarda, takshilotlar ushbu Standartning talablarini qo’llashi 
lozim. Tashkilotlar ushbu Standartni sho’’ba tashkilotlari, qaram tashkilotlar va 
qo’shma korxonalardagi ulushlarga bog’langan barcha derivativlarga nisbatan ham 
qo’llashi lozim. 
(b) 
BHXS 19 “Xodimlarning daromadlari” qo’llaniladigan xodimlarga haq 
to’lash tizimlariga asosan ish beruvchilarning huquqlari va majburiyatlari. 
(v) 
MHXS 4 “Sug’urta shartnomalari” da ta’riflangan sug’urta shartnomalari. 
Biroq, ushbu Standart sug’urta shartnomalariga singdirilgan derivativlarga nisbatan 
qo’llaniladi, agarda MHXS 9 tashkilotdan ularni alohida hisobga olishni talab etsa. 
Bundan tashqari, emitent mazkur Standartni moliyaviy kafolat shartnomalari uchun 
qo’llashi lozim, agarda emitent shartnomalarni tan olishda va baholashda MHXS 9 ni 
qo’llasa, ammo MHXS 4 ni qo’llashi lozim, agarda tashkilot MHXS 4ga muvofiq 
ularni tan olishda va baholashda MHXS 4 ni tanlasa. 
(g) 
MHXS 4 ning qo’llash doirasidagi moliyaviy instrumentlar, chunki ular 
ixtiyoriy qatnashish xususiyatiga egadir. Biroq, ushbu instrumentlarga mazkur 
Standartning boshqa barcha talablari tegishlidir. Bundan tashqari, mazkur Standart 
ushbu instrumentlarga singdirilgan derivativlarga nisbatan qo’llaniladi (MHXS 9 ga 
qarang). 
(d) 
MHXS 2 “Aktsiyaga asoslangan to’lov” qo’llaniladigan aktsiyaga-
asoslangan to’lov operatsiyalari asosidagi moliyaviy instrumentlar, shartnomalar va 
majburiyatlar. 


183 
Mazkur Standart pul mablag’ida yoki boshqa moliyaviy instrumentda netto 
yoki, xuddiki shartnomalar moliyaviy instrumentlar bo’lgani kabi, moliyaviy 
instrumentlarni ayirboshlash orqali hisob-kitobni amalga oshirish mumkin bo’lgan 
nomoliyaviy moddani sotib olish yoki sotish shartnomalari uchun qo’llanilishi lozim, 
bundan tashkilotning ko’zda tutgan xaridi, sotuvi yoki foydalanish talablariga muvofiq 
nomoliyaviy moddani qabul qilish yoki yetkazib berish maqsadida tuzilgan va 
saqlanayotgan shartnomalar mustasno.
Nomoliyaviy moddani sotib olish yoki sotish shartnomalari pul mablag’ida yoki 
boshqa moliyaviy instrumentda netto yoki moliyaviy instrumentlarni ayirboshlash 
orqali hisob-kitob qilinishi mumkin bo’lgan bir necha usullar mavjud. Bular 
quyidagilarni o’z ichiga oladi:
(a) qachonki shartnoma shartlari biror tomonga uni pul mablag’ida yoki boshqa 
moliyaviy instrumentda netto yoki moliyaviy instrumentlarni ayirboshlash orqali 
hisob-kitob qilishga ruxsat berganda; 
(b) qachonki pul mablag’ida yoki boshqa moliyaviy instrumentda netto yoki 
moliyaviy instrumentlarni ayirboshlash orqali hisob-kitob qilish imkoniyati shartnoma 
shartlarida aniq belgilanmagan, ammo tashkilot shunga o’xshash shartnomalarni pul 
mablag’ida yoki boshqa moliyaviy instrumentda netto yoki moliyaviy instrumentlarni 
ayirboshlash orqali (bunda, kontragent bilan o’zaro hisob-kitob qilish shartnomalarini 
tuzish orqali yoki shartnoma bajarilishidan yoki muddati tugashidan oldin shartnomani 
sotish orqali) hisob-kitob qilish tajribasiga ega bo’lsa; 
(v) shunga o’xshash shartnomalar uchun, qachonki tashkilot tayanch aktivning 
yetkazib berilishini qabul qilish hamda yetkazib berilgandan so’ng qisqa muddat 
ichida narxdagi yoki diler marjasidagi qisqa muddatli tebranishlardan foyda olish 
maqsadida uni sotish tajribasiga ega bo’lganda; va 
(g) qachonki shartnoma predmeti bo’lgan nomoliyaviy modda pul mablag’iga 
osongina aylantirilsa. 
(b) yoki (v) qo’llaniladigan shartnomalar tashkilotning ko’zda tutgan xaridi, 
sotuvi yoki foydalanish talablariga muvofiq nomoliyaviy moddani qabul qilish yoki 
yetkazib berish maqsadida tuzilgan emas, va shu tufayli, u mazkur Standartning 
qo’llash doirasidadir. Tashkilotning ko’zda tutgan xaridi, sotuvi yoki foydalanish 
talablariga muvofiq nomoliyaviy moddani qabul qilish yoki yetkazib berish maqsadida 
tuzilganligini va saqlanayotganligini, va o’z navbatida, ular mazkur Standart qo’llash 
doirasidaligini aniqlash uchun baholanadi. 
Pul mablag’ida yoki boshqa moliyaviy instrumentda netto, yoki moliyaviy 
instrumentlarni ayirboshlash orqali, hisob-kitobni amalga oshirish mumkin bo’lgan 
nomoliyaviy moddani sotib olish yoki sotish bo’yicha chiqarilgan optsion mazkur 
Standartning qo’llash doirasidadir. Bunday shartnoma tashkilotning ko’zda tutgan 
xaridi, sotuvi yoki foydalanish talablariga muvofiq nomoliyaviy moddani qabul qilish 
yoki yetkazib berish maqsadida tuzilishi mumkin emas.
• Moliyaviy aktiv yoki moliyaviy majburiyatning amortizatsiyalangan qiymati 
• hisobdan chiqarish 
• derivativ 
• effektiv foiz usuli 
• moliyaviy kafolat shartnomasi 


184 
• haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar foyda yoki zarardahisobga olinadigan 
moliyaviy majburiyat 
• qat’iy majburiyat 
• prognozlanadigan bitim 
• xej samaradorligi 
• xejlangan modda 
• xejlash instrumenti 
• savdo uchun mo’ljallangan 
• odatiy oldi-sotdi
• bitimga oid xarajatlar. 
Mazkur Standartda “shartnoma” va “shartnomaviy” ikki yoki undan ortiq 
tomonlar o’rtasidagi iqtisodiy oqibatlarga ega kelishuvga tegishli bo’lib, bunda 
tomonlar ushbu oqibatlarni chetlab o’tish bo’yicha, agarda mavjud bo’lsa, juda kam 
ixtiyorga ega bo’ladilar, chunki odatda kelishuv qonun tomonidan amalga 
oshiriladigan bo’ladi. Shartnomalar, va demak moliyaviy instrumentlar, turli shaklda 
bo’ladi va yozma shaklda bo’lishi zarur emas. 
Mazkur Standartda tashkilot jismoniy shaxslarni, shirkatlarni, aktsioner 
jamiyatlarini, trast kompaniyalarini va davlat tashkilotlarini o’z ichiga oladi. 
Moliyaviy instrument emitenti dastlabki tan olishda instrumentni yoki uning 
tarkibiy qismlarini, shartnomaviy kelishuvning mohiyatiga hamda moliyaviy 
majburiyat, moliyaviy aktiv va ulushli instrument ta’riflariga muvofiq moliyaviy 
majburiyat, moliyaviy aktiv yoki ulushli instrument sifatida tasniflanishi lozim. 
Qachonki emitent moliyaviy instrument moliyaviy majburiyat emas, balki 
ulushli instrument ekanligini aniqlash uchun qo’llasa, instrument ulushli instrument 
bo’ladi, faqat va faqat, quyidagi ikkala (a) va (b) shartlar qanoatlantirilganda.
(a) 
Instrument quyidagilar bo’yicha shartnomaviy majburiyatni o’z ichiga 
olmaydi: 

boshqa tashkilotga pul mablag’i yoki boshqa moliyaviy aktivni yetkazib 
berish; yoki 

emitent uchun potentsial noqulay bo’lgan shartlarda boshqa tashkilot 
bilan moliyaviy aktivlarni yoki moliyaviy majburiyatlarni ayirboshlash. 
(b) 
agar instrument emitentning o’z ulushli instrumentlari bilan hisob-kitob 
qilinsa yoki qilinishi mumkin bo’lsa, u: 

noderivativdir, qaysiki emitent uchun o’z ulushli instrumentlarining 
o’zgaruvchan miqdorini yetkazib berish bo’yicha shartnomaviy majburiyatni qamrab 
olmaydi; yoki 

derivativdir, 
qaysiki 
faqat 
emitent 
tomonidan 
o’z 
ulushli 
instrumentlarining qat’iy belgilangan miqdoriga qat’iy belgilangan pul mablag’lari 
summasini yoki boshqa moliyaviy aktivni ayirboshlash orqali hisob-kitob qilinadi. 
Ushbu maqsad uchun, tashkilotning o’z ulushli instrumentlarining qat’iy belgilangan 
miqdorini har qanday valyutaning qat’iy belgilangan summasiga sotib olish bo’yicha 
huquqlar, optsionlar yoki varrantlar ulushli instrumentlardir, agarda tashkilot o’zining 
noderivativ ulushli instrumentlarining bir xil turkumining amaldagi barcha egalariga 
huquqlar, optsionlar yoki varrantlarni proportsional ravishda taqdim etsa.
Emitentning o’z ulushli instrumentlarini kelgusida olish yoki yetkazib berishga 


185 
olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo’lgan, ammo yuqoridagi (a) va (b) 
shartlarni qanoatlantirmaydigan shartnomaviy majburiyat, jumladan derivativ 
moliyaviy instrumentdan kelib chiqadigan majburiyat, ulushli instrument emas.
Qayta sotiladigan instrument qayta sotish huquqidan foydalanganda emitentning 
ushbu instrumentni pul mablag’iga yoki boshqa moliyaviy aktivga qayta sotib olish 
yoki so’ndirish bo’yicha shartnomaviy majburiyatini o’z ichiga oladi. Moliyaviy 
majburiyat ta’rifiga istisno tariqasida, bunday majburiyatni o’z ichiga oladigan 
instrument ulushli instrument sifatida tasniflanadi, agarda u quyidagi barcha jihatlarga 
ega bo’lsa:
(a) 
U egasiga tashkilotning likvidatsiyasi paytida tashkilot sof aktivlarining 
proportsional ulushiga huquq beradi. Tashkilotning sof aktivlari bu uning aktivlariga 
nisbatan boshqa barcha talablarni chegirib tashlagandan so’ng qoladigan aktivlardir. 
Proportsional ulush quyidagicha aniqlanadi: 

likvidatsiya jarayonidagi tashkilotning sof aktivlarini teng miqdordagi 
birliklarga bo’lgan holda; va 

ushbu miqdorni moliyaviy instrument egasi egaligidagi birliklar soniga 
ko’paytirgan holda. 
(b) 
Instrument boshqa barcha instrumentlar turkumlariga subordinatsiya 
bo’lgan instrumentlar turkumiga kiradi. Bunday turkum tarkibida bo’lish uchun 
instrument: 

likvidatsiya jarayonida tashkilotning aktivlariga nisbatan boshqa 
talablardan ustivorlikka ega emas va 

boshqa barcha instrumentlar turkumlariga subordinatsiya bo’lgan 
instrument turkumi tarkibida bo’lishidan oldin instrument boshqa instrumentga 
aylantirilishi zarur bo’lmasligi kerak. 
(v) 
Boshqa barcha instrumentlar turkumlariga subordinatsiya bo’lgan 
instrumentlar turkumidagi barcha moliyaviy instrumentlar bir xil jihatlarga egadir. 
Masalan, ularning barchasi qayta sotiladigan bo’lishi shart hamda qayta sotib olish 
yoki so’ndirish narxini hisoblash bo’yicha formula yoki boshqa usul ushbu 
turkumdagi barcha instrumentlar uchun bir xildir. 
(g) 
Emitent tomonidan instrumentni pul mablag’iga yoki boshqa aktivga 
qayta sotib olish yoki so’ndirish bo’yicha shartnomaviy majburiyatdan tashqari, 
instrument boshqa tashkilotga pul mablag’i yoki boshqa aktiv yetkazib berish yoki 
tashkilot uchun potentsial noqulay bo’lgan shartlarda boshqa tashkilot bilan moliyaviy 
aktivlarni yoki moliyaviy majburiyatlarni ayirboshlash bo’yicha har qanday 
shartnomaviy majburiyatni o’z ichiga olmaydi, hamda u moliyaviy majburiyat 
ta’rifining (b) quyi bandida belgilanganidek tashkilotning o’z ulushli instrumentlari 
bilan hisob-kitob qilinadigan yoki qilinishi mumkin bo’lgan shartnoma emas. 
(d) 
Instrumentning 
muddati davomida unga tegishli bo’lgan jami 
kutilayotgan pul oqimlari sezilarli tarzda instrument muddati davomida foyda yoki 
zararga, tashkilotning tan olingan sof aktivlardagi o’zgarishga yoki tan olingan va tan 
olinmagan sof aktivlarining haqqoniy qiymatidagi o’zgarishga asoslangan bo’ladi 
(bunda instrumentning har qanday ta’sirlarini istisno qilgan holda). 
Instrument ulushli instrument sifatida tasniflanishi uchun, yuqoridagi barcha 
jihatlarga ega bo’lgan instrumentga qo’shimcha tarzda, emitent quyidagilarga ega 


186 
boshqa moliyaviy instrument yoki shartnomaga ega bo’lmasligi shart:
(a) 
sezilarli tarzda foyda yoki zararga, tashkilotning tan olingan sof 
aktivlardagi o’zgarishga yoki tan olingan va tan olinmagan sof aktivlarining haqqoniy 
qiymatidagi o’zgarishga asoslangan jami pul oqimlari (bunda bunday instrument yoki 
shartnomaning har qanday ta’sirlarini istisno qilgan holda) va 
(b) 
qayta sotiladigan instrument egalari uchun qoldiq daromadni sezilarli 
tarzda chegaralaydigan yoki qat’iy belgilaydigan ta’sir. 
Mazkur shartni qo’llash maqsadlarida, tashkilot instrument egasi bilan tuzilgan 
nomoliyaviy shartnomalarni ko’rib chiqmasligi lozim, qaysiki instrument egasi 
bo’lmagan bilan emitent tashkilot o’rtasida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan ekvivalent 
shartnomaning shartnomaviy shartlari va sharoitlariga o’xshash shartnomaviy shartlar 
va sharoitlarga ega. Agarda tashkilot mazkur shart bajarilganligini aniqlay olmasa, u 
qayta sotiladigan instrumentni ulushli instrument sifatida tasniflamasligi lozim. 
Faqat likvidatsiya jarayonida tashkilotga uning sof aktivlaridagi proportsional 
ulushni boshqa tomonga yetkazib berish majburiyatini yuklaydigan instrumentlar yoki 
instrumentning tarkibiy qismlari 
Ba’zi moliyaviy instrumentlar faqat likvidatsiya jarayonida emitent 
tashkilotning uning sof aktivlaridagi proportsional ulushni boshqa tomonga yetkazib 
berish bo’yicha shartnomaviy majburiyatini o’z ichiga oladi. Majburiyat yuzaga 
keladi, chunki likvidatsiyaning sodir bo’lishi aniq yoki tashkilot nazoratidan 
tashqarida bo’ladi (masalan, muddati cheklangan tashkilot) yoki sodir bo’lishi aniq 
emas, ammo instrument egasi ixtiyorida bo’ladi. Moliyaviy majburiyat ta’rifiga istisno 
tariqasida, bunday majburiyatni o’z ichiga oladigan instrument ulushli instrument 
sifatida tasniflanadi, agar u quyidagi barcha jihatlarga ega bo’lsa:
(a) 
U egasiga tashkilotning likvidatsiyasi paytida tashkilot sof aktivlarining 
proportsional ulushiga huquq beradi. Tashkilotning sof aktivlari bu uning aktivlariga 
nisbatan boshqa barcha talablarni chegirib tashlagandan so’ng qoladigan aktivlardir. 
Proportsional ulush quyidagicha aniqlanadi: 

likvidatsiya jarayonidagi tashkilotning sof aktivlarini teng miqdordagi 
birliklarga bo’lgan holda; va 

ushbu miqdorni moliyaviy instrument egasi egaligidagi birliklar soniga 
ko’paytirgan holda. 
(b) 
Instrument boshqa barcha instrumentlar turkumlariga subordinatsiya 
bo’lgan instrumentlar turkumiga kiradi. Bunday turkum tarkibida bo’lish uchun 
instrument: 

likvidatsiya jarayonida tashkilotning aktivlariga nisbatan boshqa 
talablardan ustivorlikka ega emas va 

boshqa barcha instrumentlar turkumlariga subordinatsiya bo’lgan 
instrument turkumi tarkibida bo’lishidan oldin instrument boshqa instrumentga 
aylantirilishi zarur bo’lmasligi kerak. 
(v) 
Boshqa barcha instrumentlar turkumlariga subordinatsiya bo’lgan 
instrumentlar turkumidagi barcha moliyaviy instrumentlar likvidatsiya jarayonida 
emitent tashkilotning uning sof aktivlaridagi proportsional ulushni yetkazib berish 
bo’yicha bir xil shartnomaviy majburiyatiga ega bo’lishlari shart. 
Instrument ulushli instrument sifatida tasniflanishi uchun, yuqoridagi barcha 


187 
jihatlarga ega bo’lgan instrumentga qo’shimcha tarzda, emitent quyidagilarga ega 
boshqa moliyaviy instrument yoki shartnomaga ega bo’lmasligi shart:
(a) 
sezilarli tarzda foyda yoki zararga, tashkilotning tan olingan sof 
aktivlardagi o’zgarishga yoki tan olingan va tan olinmagan sof aktivlarining haqqoniy 
qiymatidagi o’zgarishga asoslangan jami pul oqimlari (bunda bunday instrument yoki 
shartnomaning har qanday ta’sirlarini istisno qilgan holda) va 
(b) 
instrument 
egalari 
uchun 
qoldiq 
daromadni 
sezilarli 
tarzda 
chegaralaydigan yoki qat’iy belgilaydigan ta’sir. 
Mazkur shartni qo’llash maqsadlarida, tashkilot instrument egasi bilan tuzilgan 
nomoliyaviy shartnomalarni ko’rib chiqmasligi lozim, qaysiki instrument egasi 
bo’lmagan bilan emitent tashkilot o’rtasida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan ekvivalent 
shartnomaning shartnomaviy shartlari va sharoitlariga o’xshash shartnomaviy shartlar 
va sharoitlarga ega. Agar tashkilot mazkur shart bajarilganligini aniqlay olmasa, u 
instrumentni ulushli instrument sifatida tasniflamasligi lozim. 
Faqat likvidatsiya jarayonida tashkilotga uning sof aktivlaridagi proportsional 
ulushni boshqa tomonga yetkazib berish majburiyatini yuklaydigan instrumentlarni va 
qayta sotiladigan instrumentlarni qayta tasniflash 
Moliyaviy instrument mazkur bandlarda keltirilgan barcha jihatlarga ega 
bo’lishdan va ushbu bandlardagi shartlarni qanoatlantirishdan to’xtagan sanadan 
boshlab, tashkilot moliyaviy instrumentni qayta tasniflashi lozim. 
Tashkilot 
instrumentni qayta tasniflashni quyidagicha hisobga olishi lozim: 
(a) 
Ulushli instrument tashkilot ulushli instrumentni moliyaviy majburiyat 
sifatida qayta tasniflashi lozim. Moliyaviy majburiyat qayta tasniflangan sanadagi 
instrumentning 
haqqoniy 
qiytmatida 
baholanishi 
lozim. 
Tashkilot 
ulushli 
instrumentning balans qiymati bilan moliyaviy majburiyatning qayta tasniflangan 
sanadagi haqqoniy qiytmati o’rtasidagi har qanday farqni kapitalda tan olishi lozim. 
(b) 
Moliyaviy majburiyat tashkilot ushbu moliyaviy majburiyatni kapital 
sifatida qayta tasniflashi lozim. Ulushli instrument qayta tasniflanadigan sanadagi 
moliyaviy majburiyatning balans qiytmatida baholanishi lozim. 
Pul mablag’ini yoki boshqa moliyaviy aktivni yetkazib berish bo’yicha 
shartnomaviy majburiyatning mavjud emasligi. 
Moliyaviy majburiyatning ulushli instrumentdan farqlashning muhim jihati 
shundaki, moliyaviy instrument bo’yicha bir tomonning (emitent) boshqa tomonga 
(instrument egasi) pul mablag’ini yoki boshqa moliyaviy aktivni yetkazib berish 
bo’yicha yoki emitent uchun potentsial noqulay bo’lgan shartlarda instrument egasi 
bilan moliyaviy aktivlarni yoki moliyaviy majburiyatlarni ayirboshlash bo’yicha 
shartnomaviy majburiyatining mavjudligidir. Ulushli instrument egasi har qanday 
dividendlarning yoki boshqa kapital taqsimotlarning proportsional ulushini olish 
huquqiga ega bo’lishi mumkinligiga qaramasdan, emitent bunday taqsimotlarni 
amalga oshirish bo’yicha shartnomaviy majburiyatga ega emas chunki undan boshqa 
tomonga pul mablag’ini yoki boshqa moliyaviy aktivni yetkazib berishni talab qilib 
bo’lmaydi. 
Moliyaviy instrumentning yuridik maqomi emas, balki uning mohiyati 
tashkilotning moliyaviy holati to’g’risidagi hisobotida uning tasniflanishini 
ta’kidlaydi. Mohiyat odatda yuridik maqomga mutanosibdir, ammo har doim ham 


188 
emas. Ba’zi moliyaviy instrumentlar kapitalning yuridik maqomini oladi, ammo ular 
mohiyatan majburiyatlardir va boshqalari esa ulushli instrumentlar bilan bog’liq 
jihatlarni hamda moliyaviy majburiyatlar bilan bog’liq jihatlarni qamrab olishi 
mumkin. Masalan:
(a) 
qat’iy belgilangan yoki aniqlanadigan kelgusi sanada qat’iy belgilangan 
yoki 
aniqlanadigan 
summasida 
emitent 
tomonidan 
majburiy 
so’ndirishni 
ta’minlaydigan, yoki egasiga emitentdan ma’lum sanada yoki undan keyin qat’iy 
belgilangan yoki aniqlanadigan summasida instrumentni so’ndirish bo’yicha talab 
etish huquqini beradigan, imtiyozli aktsiyalar moliyaviy majburiyat hisoblanadi. 
(b) 
Egasi uchun moliyaviy instrumentni emitentga pul mablag’i yoki boshqa 
moliyaviy aktiv evaziga qaytarish huquqini beradigan moliyaviy instrument (qayta 
sotiladigan instrument) moliyaviy majburiyatdir. Pul mablag’i yoki boshqa moliyaviy 
aktivlar summasi indeks yoki boshqa ko’tarilishi yoki pasayishi mumkin bo’lgan 
modda asosida aniqlanganda ham, moliyaviy instrument moliyaviy majburiyat bo’ladi. 
Egasida instrumentni pul mablag’i yoki boshqa moliyaviy aktiv evaziga qaytarish 
ixtiyori mavjudligi shuni anglatadiki, qayta sotiladigan instrument moliyaviy 
majburiyat ta’rifini qanoatlantiradi. Masalan, ochiq o’zaro fondlari, birlik trastlari, 
shirkatlar hamda ba’zi kooperativ xo’jalik sub’ektlari o’zlarining birlik egalarini yoki 
a’zolarini har qanday vaqtda emitentdagi o’z ulushlarini pul mablag’iga so’ndirish 
huquqlari bilan ta’minlashlari mumkin, qaysiki birlik egalari yoki a’zolar ulushlarini 
moliyaviy majburiyat sifatida tasniflashga olib keladi. Biroq, moliyaviy majburiyat 
sifatida tasniflash qo’yilgan kapitalga ega bo’lmagan tashkilot moliyaviy hisobotlarida 
“birlik egalariga tegishli sof aktiv qiymati” va “birlik egalariga tegishli sof aktiv 
qiymatidagi o’zgarish” ga o’xshash izohlardan foydalanishni yoki jami a’zolar 
ulushlari kapital ta’rifini qanoatlantiradigan rezervlar va qanoatlantirmaydigan qayta 
sotiladigan instrumentlariga o’xshash moddalarni qamrab olishini ko’rsatish bo’yicha 
qo’shimcha ma’lumotlar ochib berilishini taqiqlamaydi. 
Agar tashkilot shartnomaviy majburiyatni hisob-kitob qilishda pul mablag’i 
yoki boshqa moliyaviy aktivni yetkazib berishdan qochish bo’yicha shartsiz huquqga 
ega bo’lmasa, majburiyat moliyaviy majburiyat ta’rifini qanoatlantiradi. Masalan:
(a) 
Tashkilotning shartnomaviy majburiyatni bajarish qobiliyatiga cheklov, 
masalan, xorijiy valyutaga ega bo’lish huquqining mavjud emasligi yoki nazorat 
organlaridan to’lov uchun ruxsat olish zarurligi, tashkilotning shartnomaviy 
majburiyatlarini yoki ushbu instrument bo’yicha egasining shartnomaviy huquqlarini 
inkor etmaydi. 
(b) 
Kontragent so’ndirish bo’yicha o’z huquqini amalga oshirishi sharti 
asosida bo’lgan shartnomaviy majburiyat moliyaviy majburiyat hisoblanadi, chunki 
tashkilot pul mablag’i yoki boshqa moliyaviy aktivni yetkazib berishdan qochish 
bo’yicha shartsiz huquqga ega emas. 
Pul mablag’i yoki boshqa moliyaviy aktivni yetkazib berish bo’yicha 
shartnomaviy majburiyatni aniq belgilamaydigan moliyaviy instrument o’zining 
shartlari va sharoitlari orqali majburiyatni bilvosita belgilashi mumkin. Masalan:
(a) 
moliyaviy instrument faqatgina tashkilot taqsimotlarni amalga oshira 
olmaganda yoki instrumentni so’ndira olmaganda hisob-kitob qilinadigan nomoliyaviy 
majburiyatni o’z ichiga olishi mumkin. Agar tashkilot faqatgina nomoliyaviy 


189 
majburiyatni hisob-kitob qilish orqali pul mablag’i yoki boshqa moliyaviy aktivning 
o’tkazilishiga yo’l qo’ymaslik imkoniyati bo’lsa, moliyaviy instrument moliyaviy 
majburiyat hisoblanadi. 
(b) 
moliyaviy instrument moliyaviy majburiyat hisoblanadi, agarda u hisob-
kitobda tashkilot tomonidan quyidagilardan birining yetkazib berilishini ta’minlasa: 

yoki pul mablag’i yoki boshqa moliyaviy aktiv; yoki 

qiymati sezilarli tarzda pul mablag’i yoki boshqa moliyaviy aktiv 
qiymatidan oshishi aniq bo’lgan o’z aktsiyalari. 
Tashkilot pul mablag’i yoki boshqa moliyaviy aktivni yetkazib berish bo’yicha 
aniq shartnomaviy majburiyatga ega emasligiga qaramasdan, aktsiya bilan hisob-kitob 
qilish muqobilining qiymati tashkilot pul mablag’ida hisob-kitob qilganidek bo’ladi. 
Har qanday holatda, instrument egasi mohiyatan kamida pul mablag’ida hisob-kitob 
qilish imkoniga teng summani olishi kafolatlangan. 
Shartnoma faqat tashkilotning o’z ulushli instrumentlarini olish yoki yetkazib 
berish natijasiga olib kelishi bilan ulushli instrument bo’lib qolmaydi. Tashkilot o’z 
aktsiyalarining yoki boshqa ulushli instrumentlarning o’zgaruvchan miqdorini olish 
yoki yetkazib berish bo’yicha shartnomaviy huquq yoki majburiyatga ega bo’lishi 
mumkin, bunda olinishi yoki yetkazib berilishi kerak bo’lgan tashkilotning o’z ulushli 
instrumentlarining haqqoniy qiymati shartnomaviy huquq yoki majburiyatning 
qiymatiga teng bo’ladi. Bunday shartnomaviy huquq yoki majburiyat qat’iy 
belgilangan qiymatda yoki tashkilotning o’z ulushli instrumentlarining bozor narxidan 
tashqari o’zgaruvchining o’zgarishlariga bog’liq tarzda qisman yoki to’liq 
tebranadidan qiymatda bo’lish mumkin (masalan, foiz stavkasi, tovar narxi yoki 
moliyaviy instrument narxi). Ikkita misol: (a) 100VB qiymatiga teng miqdorda 
tashkilotning o’z ulushli instrumentlarini yetkazib berish bo’yicha shartnoma; va (b) 
100 untsiya oltin qiymatiga teng miqdorda tashkilotning o’z ulushli instrumentlarini 
yetkazib berish bo’yicha shartnoma. Tashkilot bundan shartnomani o’zining ulushli 
instrumentlarini yetkazib berish orqali bajarishi shartligiga yoki bajara olishiga 
qaramasdan, bunday shartnoma tashkilotning moliyaviy majburiyati hisoblanadi. U 
ulushli instrument emas, chunki tashkilot shartnomani bajarishda o’z ulushli 
instrumentlarining o’zgaruvchan miqdoridan shartnomani hisob-kitob qilish vositalari 
sifatida foydalanadi. Shu tufayli, shartnoma tashkilotning barcha majburiyatlari 
chegirilgandan so’ng uning aktividagi qoldiq ulushni tasdiqlamaydi.
Tashkilot tomonidan o’z ulushli instrumentlarining qat’iy belgilangan miqdorini 
pul mablag’i yoki boshqa moliyaviy aktivning qat’iy belgilangan qiymati evaziga 
(olish yoki) yetkazib berish orqali bajariladigan shartnoma ulushli instrument 
hisoblanadi. Masalan, kontragentga o’rnatilgan narxda yoki obligatsiyaning 
o’rnatilgan asosiy summasida tashkilot aktsiyalarining qat’iy belgilangan miqdorini 
sotib olish huquqini beradigan chiqarilgan aktsiya optsioni ulushli instrument 
hisoblanadi. Shartnomani bajarishda to’lanadigan yoki olinadigan pul mablag’i yoki 
boshqa moliyaviy aktivning qiymatiga yoki olinadigan yoki yetkazib beriladigan 
ulushli instrumentlarning miqdoriga ta’sir qilmagan holda, bozor foiz stavkasining 
tebranishlari natijasida yuzaga keladigan shartnomaning haqqoniy qiymatidagi 
o’zgarishlar shartnomaning ulushli instrument bo’lishidan to’smaydi. Har qanday 
olingan badal (masalan, chiqarilgan optsion uchun olingan mukofot yoki tashkilotning 


190 
o’z aktsiyalariga varrant) bevosita kapitalga qo’shiladi. Har qanday to’langan badal 
(masalan, sotib olingan optsion uchun to’langan mukofot) bevosita kapitaldan 
chegiriladi. Ulushli instrumentning haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar moliyaviy 
hisobotlarda tan olinmaydi. 
Tashkilot uchun o’z ulushli instrumentlarini pul mablag’i yoki boshqa 
moliyaviy aktivga sotib olish majburiyatini qamrab oladigan shartnoma so’ndirish 
summasining keltirilgan qiymatiga teng bo’lgan (masalan, forvardni qayta sotib olish 
qiymatining, optsionni bajarish qiymatining yoki boshqa so’ndirish summasining 
keltirilgan qiymatiga teng) moliyaviy majburiyat yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. 
Hattoki shartnomaning o’zi ulushli instrument bo’lsa ham bu holat sodir bo’ladi. 
Bunga misol sifatida, forvard shartnomasi bo’yicha tashkilotning o’z ulushli 
instrumentlarini pul mablag’iga sotib olish majburiyatni keltirishi mumkin. Moliyaviy 
majburiyat dastlab so’ndirish summasining keltirilgan qiymatida tan olinadi va u 
kapital tarkibidan majburiyatlarga o’tkaziladi (qayta tasniflanadi). So’ngra, moliyaviy 
majburiyat MHXS 9 ga muvofiq baholanadi. Agar shartnomaning muddati ushbu 
majburiyat bajarilmasdan tugasa, moliyaviy majburiyatning balans qiymati kapital 
tarkibiga qayta tasniflanadi. Tashkilotning o’z ulushli instrumentlarini sotib olish 
bo’yicha shartnomaviy majburiyati so’ndirish summasining keltirilgan qiymatiga teng 
moliyaviy majburiyat yuzaga kelishiga sabab bo’ladi, agarda sotib olish bo’yicha 
majburiyat kontragent tomonidan so’ndirish huquqi amalga oshirilishiga shartli 
ravishda bog’liq bo’lsa ham (masalan, kontragentga tashkilotning o’z ulushli 
instrumentlarini belgilangan narxda tashkilotga sotish huquqini beradigan chiqarilgan 
“put” optsioni). 
Tashkilot tomonidan pul mablag’i yoki boshqa moliyaviy aktivning 
o’zgaruvchan qiymati evaziga o’z ulushli instrumentlarining qat’iy belgilangan 
miqdorini yetkazib berish yoki olish orqali bajariladigan shartnoma moliyaviy aktiv 
yoki moliyaviy majburiyat bo’lib hisoblanadi. Misol tariqasida, tashkilot uchun 100 ta 
o’z ulushli instrumentlarini 100 untsiya oltin qiymatiga teng qiymatdagi pul mablag’i 
evaziga yetkazib berish shartnomasini keltirish mumkin. 
Moliyaviy instrument tashkilotdan emitent bilan instrument egasining 
nazoratidan tashqarida bo’lgan noaniq kelgusi hodisalarning, masalan fond birjasi 
indeksi, iste’mol narx indeksi, foiz stavkasi yoki soliq talablari yoki emitentning 
kelgusi daromadlari, sof foyda yoki qarzni-kapitalga koeffitsientidagi o’zgarish, sodir 
bo’lishi yoki sodir bo’lmasligi paytida (yoki noaniq holatlar oqibatida) pul mablag’lari 
yoki boshqa moliyaviy aktivni yetkazib berish bilan hisoblashish yoki ushbu 
moliyaviy instrument moliyaviy majburiyat sifatida tan olinishiga olib keladigan 
boshqa yo’l bilan hisoblashishni talab etishi mumkin. Bunday instrumentning emitenti 
pul mablag’i yoki boshqa moliyaviy aktivni yetkazib berishdan (yoki moliyaviy 
instrumentni moliyaviy majburiyat sifatida tan olinishiga olib keladigan boshqa yo’l 
bilan hisoblashishdan ) qochish bo’yicha shartsiz huquqqa ega emas. Shuning uchun u 
moliyaviy majburiyat bo’lib hisoblanadi, bundan quyidagi holatlar istisno:
(a) 
pul mablag’lari yoki boshqa moliyaviy aktiv bilan hisoblashish (yoki 
moliyaviy majburiyatga olib keladigan boshqa yo’l bilan hisoblashish)ni talab qilishi 
mumkin bo’lgan shartli hisoblashish sharti sharnomaning yagona qismi emas; 
(b) 
faqat emitentning likvidatsiya holatida emitentdan majburiyatni pul 


191 
mablag’lari to’lanishi yoki boshqa moliyaviy aktiv berililishi (yoki moliyaviy 
instrumentni moliyaviy majburiyat sifatida tan olinishiga olib keladigan boshqa yo’l 
bilan hisoblashish) orqali bajarish talab qilinishi mumkin. 
Qachonki derivativ tusidagi moliyaviy instrument shartnomaning bir tomoniga u 
bo’yicha hisob-kitoblar qanday tarzda amalga oshirilishi yuzasidan tanlash imkonini 
bersa (masalan, emitent yoki instrument egasi hisob-kitobdagi farqni sof asosda pul 
mablag’lari bilan to’lashni yoki aktsiyalarni pul mablag’lariga ayirboshlash orqali 
hisob-kitob qilishni tanlashi mumkin), barcha hisob-kitob muqobillari ushbu 
instrumentni ulushli instrument bo’lishiga olib kelmaguncha, u moliyaviy aktiv yoki 
moliyaviy majburiyat bo’lib hisoblanadi. 
Moliyaviy majburiyat bo’lgan hisob-kitob imkoniga ega derivativ moliyaviy 
instrumentga misol sifatida, emitent hisob-kitobdagi farqni sof asosda pul mablag’lari 
bilan to’lashni yoki o’zining aktsiyalarini pul mablag’iga ayirboshlash orqali hisob-
kitob qilishni tanlay oladigan aktsiya optsionini keltirish mumkin. Xuddi shuningdek, 
nomoliyaviy moddani tashkilotning ulushli instrumentlari evaziga sotib olish yoki 
sotish bo’yicha ba’zi shartnomalar mazkur Standartning qo’llash doirasidadir, chunki 
ular nomoliyaviy moddani yetkazib berish orqali yoki pul mablag’larida sof asosda 
hisoblashish yoki boshqa moliyaviy instrumentni berish orqali hisob-kitob qilinishi 
mumkin. Bunday shartnomalar moliyaviy aktivlar yoki moliyaviy majburiyatlar 
hisoblanadi va ulushli instrument hisoblanmaydi. 
Noderivativ moliyaviy instrument emitenti moliyaviy instrument ham 
majburiyat ham kapital tarkibiy qismini qamrab olishini aniqlash uchun uning 
shartlarini baholashi lozim. Bunday tarkibiy qismlar alohida moliyaviy majburiyatlar, 
moliyaviy aktivlar yoki ulushli instrumentlar sifatida tasniflanish lozim. 
Tashkilot moliyaviy instrumentning shunday tarkibiy qismlarini alohida tan 
oladiki, qaysiki (a) tashkilotning moliyaviy majburiyatini vujudga keltiradi va (b) 
instrument egasiga uni tashkilotning ulushli instrumentiga aylantirish imkonini beradi. 
Maasalan, egasi tomonidan tashkilotning oddiy aktsiyalarining qat’iy belgilangan 
miqdoriga aylantiriladigan obligatsiya yoki shunga o’xshash instrument murakkab 
moliyaviy instrument hisoblanadi. Tashkilot nuqtai nazaridan, bunday instrument 
ikkita tarkibiy qismni qamrab oladi: moliyaviy majburiyat (pul mablag’i yoki boshqa 
moliyaviy instrumentni yetkazib berish bo’yicha shartnomaviy kelishuv) va ulushli 
instrument (egasiga uni, belgilangan davr mobaynida, tashkilotning oddiy 
aktsiyalarining qat’iy belgilangan miqdoriga aylantirish huquqini beradigan “koll” 
optsioni). Bunday instrument chiqarishning iqtisodiy natijasi muddatidan oldin hisob-
kitob qilinish mumkin bo’lgan qarz instrumenti hamda oddiy aktsiyalarni sotib olish 
varrantlarini bir vaqtni o’zida chiqarish, yoki ajraladigan aktsiya sotib olish 
varrantlariga ega qarz instrumentini chiqarish bilan sezilarli tarzda bir xildir. Demak, 
barcha holatlarda, tashkilot o’zining moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotida 
majburiyat va kapital tarkibiy qismlarini alohida taqdim etadi. 
Konvertatsiya qilinadigan instrumentning majburiyat va kapital tarkibiy 
qismlarining tasniflanishi konvertatsiya optsioni amalga oshirilishining ehtimolidagi 
o’zgarish natijasida qayta ko’rib chiqilmaydi, bunda hattoki optsionni amalga oshirish 
ba’zi instrument egalariga iqtisodiy jihatdan afzalroq bo’lib ko’rinishi mumkin 
bo’lganda ham. Instrument egalari doimo kutilishi mumkin bo’lgan yo’nalishda 


192 
harakat qilmasliklari mumkin, chunki, masalan, konvertatsiyadan yuzaga keladigan 
soliq oqibatlari instrument egalari orasida turlicha bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, 
konvertatsiya ehtimoli vaqtdan vaqtga o’zgarib turadi. Tashkilotning kelgusi 
to’lovlarni amalga oshirish bo’yicha shartnomaviy majburiyati, u konvertatsiya orqali 
so’ndirilmaguncha, instrumentning muddati kelmaguncha, yoki ayrim boshqa 
operatsiya amalga oshirilmaguncha, amalda qolaveradi. 
MHXS 9 da moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarning baholanishi 
ko’rib chiqiladi. Ulushli instrumentlar tashkilotning barcha majburiyatlari 
chegirilgandan so’ng uning aktividagi qoldiq ulushni tasdiqlovchi instrumentlardir. 
Shu tufayli, qachon murakkab moliyaviy instrumentning dastlabki balans qiymati 
uning kapital bilan majburiyat tarkibiy qismlarga taqsimlanayotganda, kapital tarkibiy 
qism butun instrumentning haqqoniy qiymatidan majburiyat tarkibiy qism uchun 
alohida aniqlangan qiymatni chegirilgandan so’nggi qoldiq qiymatga teng bo’ladi. 
Kapital tarkibiy qismdan (masalan, kapital konvertatsiyasi optsioni) tashqari murakkab 
moliyaviy instrumentga singdirilgan har qanday derivativ jihatlarning (masalan, “koll” 
optsioni) qiymati majburiyat tarkibiy qismga kiritiladi. Majburiyat va kapital tarkibiy 
qismlarga tegishli dastlabki tan olishdagi balans qiymatlarining yig’indisi doimo 
instrument butun bir instrument bo’lgandagi haqqoniy qiymatga teng bo’ladi. 
Instrumentning tarkibiy qismlarini alohida dastlabki tan olishda hech qanday foyda 
yoki zarar vujudga kelmaydi. 
Oddiy aktsiyalarga konvertatsiya bo’ladigan obligatsiya emitenti avval 
majburiyat tarkibiy qismning balans qiymatini birlashgan kapital tarkibiy qismga ega 
bo’lmagan o’xshash majburiyatning (jumladan har qanday singdirilgan no-kapital 
derivativ jihattlar) haqqoniy qiymatini baholash orqali aniqlaydi. So’ngra, 
instrumentni oddiy aktsiyalarga konvertatsiya qilish optsioni ko’rinishidagi ulushli 
instrumentning balans qiymati butun bir murakkab moliyaviy instrumentning 
haqqoniy qiymatidan moliyaviy majburiyatning haqqoniy qiymatini chegirgan holda 
aniqlanadi. 
Agar tashkilot o’z ulushli instrumentlarini qayta sotib olsa, ushbu instrumentlar 
(“qayta sotib olingan o’z aktsiyalari”) kapitaldan chegirilishi lozim. Tashkilotning o’z 
ulushli instrumentlarini sotib olishda, sotishda, chiqarishda yoki bekor qilishda foyda 
yoki zarar tarkibida hech qanday foyda yoki zarar tan olinmasligi lozim. Bunday qayta 
sotib olingan o’z aktsiyalari tashkilot yoki jamlangan guruhning boshqa a’zolari 
tomonidan sotib olinishi va egalik qilinishi mumkin. To’langan yoki olingan tovon 
(qoplash qiymati) bevosita kapitalda tan olinishi lozim.
Saqlanayotgan qayta sotib olingan o’z aktsiyalari miqdori BHXS 1 “Moliyaviy 
hisobotlarni taqdim etish” ga muvofiq alohida moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda 
yoki izohlarda ochib beriladi. Agar tashkilot o’z ulushli instrumentlarini o’zaro bog’liq 
shaxslardan qayta sotib olsa, u BHXS 24 “O’zaro bog’liq shaxslarga tegishli 
ma’lumotlarni ochib berish”ga muvofiq ma’lumotlar ochib berilishini ta’minlaydi.
Moliyaviy instrumentga yoki moliyaviy majburiyat bo’lgan tarkibiy qismga 
tegishli foiz, dividendlar, foyda va zararlar daromad yoki xarajat sifatida foyda yoki 
zarar tarkibida tan olinishi lozim. Ulushli instrument egalariga taqsimlanadigan 
summalar tashkilot tomonidan bevosita kapitalda tan olinishi lozim. Kapitalga tegishli 
operatsiya bo’yicha bitimga oid xarajatlar kapitaldan kamayish sifatida hisobga 


193 
olinishi lozim. 
Ulushli instrument egalariga taqsimlanadigan summalarga va kapital operatsiya 
bo’yicha bitimga oid xarajatlariga tegishli foyda solig’i BHXS 12 “Foyda soliqlari”
 
ga 
muvofiq hisobga olinishi lozim.
Moliyaviy instrumentning moliyaviy majburiyat yoki ulushli instrument sifatida 
tasniflanishi ushbu instrumentga tegishli foiz, dividendlar, foyda va zararlar daromad 
yoki xarajat sifatida foyda yoki zarar tarkibida tan olinishini belgilaydi. Shunday ekan, 
butunligicha majburiyat sifatida tan olingan aktsiyalar bo’yicha dividend to’lovlari 
obligatsiya bo’yicha foiz to’lovlaridek xarajat sifatida tan olinadi. Shuningdek, ulushli 
instrumentlarning so’ndirilishlari yoki qayta moliyalashtirilishlari kapitaldagi 
o’zgarishlar sifatida tan olinsa, moliyaviy majburiyatlarning so’ndirilishlari yoki qayta 
moliyalashtirilishlari bilan bog’liq foyda yoki zararlar foyda yoki zarar tarkibida tan 
olinadi. Ulushli instrumentning haqqoniy qiymatidagi o’zgarishlar moliyaviy 
hisobotlarda tan olinmaydi. 
Tashkilot odatda o’z ulushli instrumentlarini chiqarishda yoki sotib olishda turli 
xil xarajatlarni amalga oshiradi. Ushbu xarajatlar ro’yxatga olish va boshqa majburiy 
yig’imlari, yuridik, buxgalteriya va boshqa professional maslahatchilarga to’langan 
to’lovlar, chop etish xarajatlari va muhr yig’imlarini qamrab olishi mumkin. Kapitalga 
tegishli operatsiya bo’yicha bitimga oid xarajatlar kapitaldan kamayish sifatida 
shunday darajada hisobga olinadiki, bunda ular kapital operatsiyaga bevosita tegishli 
qo’shimcha xarajatlar bo’lib, agarda bunday operatsiya bo’lmaganda vujudga 
kelmaydigan xarajatlar hisoblanadi. Natijasiz tugatilgan kapitalga tegishli operatsiya 
bo’yicha xarajatlar xarajat sifatida tan olinadi. 
Murakkab moliyaviy instrumentni chiqarish bilan bog’liq bitimga oid xarajatlar 
tushumlarning taqsimlanishiga proportsional ravishda instrumentning majburiyat va 
kapital tarkibiy qismlariga taqsimlanadi. Bittadan ortiq bo’lgan operatsiyalarga 
(masalan, bir vaqtni o’zida ayrim aktsiyalarni chiqarish xarajatlari va boshqa 
aktsiyalarning birja listingi xarajatlari) tegishli birlashgan bitimga oid xarajatlar ushbu 
operatsiyalarga oqilona va ularga o’xshash operatsiyalarga mutanosib tarzda bo’lgan 
taqsimot asosida taqsimlanadi.
Davr mobaynida kapitaldan kamayish sifatida hisobga olingan bitimga oid 
xarajatlarining qiymati BHXS 1 ga muvofiq alohida ochib beriladi. 
Xarajatlar sifatida tasniflangan dividendlar foyda yoki zarar va boshqa 
umumlashgan daromad to’g’risidagi hisobot(lar)ida boshqa majburiyatlar bo’yicha 
foizli xarajatlar bilan birga yoki alohida modda sifatida aks ettirilishi mumkin. Mazkur 
Standartning talablariga qo’shimcha tarzda, foizli xarajatlar va dividendlarning ochib 
berilishiga nisbatan BHXS 1 va MHXS 7 ning talablari qo’llaniladi. Ba’zi holatlarda, 
soliq chegirmalari kabi masalalarga nisbatan foizli xarajatlar bilan dividendlar 
o’rtasidagi farq tufayli, ularni foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad 
to’g’risidagi hisobot(lar)ida alohida ochib berish ma’quldir. Soliq oqibatlarini ochib 
berish BHXS 12 ga muvofiq amalga oshiriladi. 
Moliyaviy majburiyatning balans qiymatidagi o’zgarishlarga tegishli foyda va 
zararlar foyda yoki zarar tarkibida daromad yoki xarajat sifatida tan olinadi, bunda 
hattoki ular pul mablag’i yoki boshqa moliyaviy aktiv evaziga tashkilotning 
aktivlaridagi qoldiq ulushga nisbatan huquqni o’z ichiga olgan instrumentga tegishli 


194 
bo’lsa ham. BHXS 1 ga asosan tashkilot bunday instrumentni qayta baholashdan 
vujudga keladigan har qanday foyda yoki zararni umumlashgan daromad to’g’risidagi 
hisobotda alohida taqdim etadi, qachonki u tashkilotning faoliyat natijasini 
tushuntirishda o’rinli bo’lsa.
Moliyaviy aktiv va moliyaviy majburiyat o’zaro hisob-kitob qilinishi va buning 
natijasida sof farq moliyaviy holat to’g’risidagi hisobotda aks ettirilishi lozim, 
faqatgina qachonki tashkilot:
(a) 
joriy paytda tan olingan qiymatlarni hisobga olish uchun yuridik 
biriktirgan huquqqa ega bo’lganda; va 
(b) 
yoki netto asosda hisob-kitobni amalga oshirishni yoki aktivni sotish va 
bir vaqtni o’zida majburiyatni hisob-kitob qilishni ko’zlaganda. 
Hisobdan chiqarish mezoniga to’g’ri kelmaydigan moliyaviy aktivning 
o’tkazilishini hisobga olishda, tashkilot o’tkazilgan aktiv va unga bog’langan 
majburiyatni o’zaro hisob-kitob qilmasligi lozim. 
Mazkur Standart moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarni netto (sof) 
asosda aks ettirishni talab etadi, qachonki ushbu hisob-kitobni amalga oshirish 
tashkilot tomonidan ikki yoki undan ortiq alohida moliyaviy instrumentlarni hisob-
kitob qilishdan kutilgan kelgusi pul oqimlarini aks ettirsa. Qachonki tashkilot yagona 
sof qiymatni olish yoki to’lash huquqiga ega bo’lsa va buni amalga oshirishni 
ko’zlasa, tashkilot mohiyatan faqat yagona moliyaviy aktivga yoki moliyaviy 
majburiyatga ega bo’ladi. Boshqa holatlarda, moliyaviy aktivlar va moliyaviy 
majburiyatlar bir biridan alohida tarzda tashkilotning resurslari yoki majburiyatlari 
sifatidagi ularning xususiyatlariga muvofiq taqdim etiladi. Tan olingan moliyaviy 
aktiv bilan tan olingan moliyaviy majburiyatni o’zaro hisob-kitob qilish va sof 
qiymatni aks ettirish moliyaviy aktivni yoki moliyaviy majburiyatni hisobdan 
chiqarishdan farq qiladi. O’zaro hisob-kitob foyda yoki zararni tan olishga olib 
kelmasa ham, moliyaviy instrumentning hisobdan chiqarilishi nafaqat moliyaviy holat 
to’g’risidagi hisobotdan oldin tan olingan moddani chiqarib tashlashga, balki foyda 
yoki zararni tan olinishiga ham olib kelishi mumkin. 
O’zaro hisob-kitob qilish huquqi – shartnoma asosida yoki boshqa o’rnatilgan 
tartibda, kreditorga to’lanishi lozim bo’lgan qiymatning bir qismiga yoki barchasiga 
nisbatan kreditordan olinishi lozim bo’lgan qiymat orqali qoplash yoki boshqa 
hollarda bekor qilish bo’yicha qarzdorning yuridik huquqi hisoblanadi. Odatdan 
tashqari holatlarda, qarzdor kreditorga to’lanishi lozim bo’lgan qiymatga nisbatan 
uchinchi tomondan olinishi lozim bo’lgan qiymatdan foydalanish bo’yicha yuridik 
huquqqa ega bo’lishi mumkin, agarda uchchala tomon o’rtasida qarzdorning o’zaro 
hisob-kitob qilish huquqini belgilaydigan kelishuv mavjud bo’lsa. O’zaro hisob-kitob 
qilish huquqini yuridik huquq bo’lganligi tufayli, huquqni tasdiqlovchi shartlar bir 
yuridik yurisdiktsiyadan boshqasiga qarab o’zgarishi mumkin va tomonlar o’rtasidagi 
munosabatlarga nisbatan qo’llaniladigan qonunlar e’tiborga olinishi zarur. 
Moliyaviy aktiv bilan moliyaviy majburiyatning o’zaro hisob-kitobi bo’yicha 
yuridik huquqning mavjudligi moliyaviy aktiv va moliyaviy majburiyat bilan bog’liq 
huquqlar va majburiyatlarga ta’sir qiladi hamda tashkilotning kredit va likvidlilik 
riskiga duchorligiga ta’sir etishi mumkin. Biroq, huquq mavjudligining o’zi hisobga 
olish uchun yetarli asos emas. Huquqdan foylanish va ayni paytda hisob-kitobni 


195 
amalga oshirish ko’zda tutilmasa, tashkilotning kelgusi pul oqimlarining qiymati va 
muddatiga ta’sir etilmagan bo’ladi. Qachonki tashkilot huquqdan foylanish va ayni 
paytda hisob-kitobni amalga oshirishni ko’zda tutsa, aktiv va majburiyatning netto 
asosda taqdim etilishi kutilgan kelgusi pul oqimlarining qiymati va muddatini hamda 
ushbu pul oqimlari duchor bo’lgan risklarni aniqroq aks ettiradi. Netto asosda hisob-
kitob qilishning yuridik huquqisiz bir yoki ikkala tomonning buni amalga oshirish 
hohishi o’zaro hisob-kitob qilishni tasdiqlash uchun yetarli emas, chunki alohida 
moliyaviy aktiv va moliyaviy majburiyat bilan bog’liq huquqlar va majburiyatlar 
o’zgarmasdan qoladi. 
Ma’lum aktivlar va majburiyatlarni hisob-kitob qilishga nisbatan tashkilotning 
hohishi uning odatiy biznes amaliyoti, moliyaviy bozorlar talablari hamda netto hisob-
kitob qilish yoki bir vaqtni o’zida hisob-kitob qilish imkoniyatini chegaralaydigan 
boshqa holatlar ta’siri ostida bo’lishi mumkin. 
Ikkita moliyaviy instrumentlarning bir vaqtni o’zida hisob-kitob qilinishi, 
masalan, tartibli moliyaviy bozorda kliring markazining faoliyat ko’rsatishi orqali yoki 
yuzma-yuz ayirboshlash orqali sodir bo’lishi mumkin. Bunday holatlarda, pul oqimlari 
natijada yagona sof qiymatga teng bo’ladi va bunda kredit yoki likvidlilik riskiga 
duchorlik mavjud bo’lmaydi. Boshqa holatlarda, aktivning to’liq qiymati uchun kredit 
riskiga yoki majburiyatning to’liq qiymati uchun likvidlilik riskiga duchor bo’lgan 
holda, tashkilot ikkita moliyaviy instrumentlarni alohida miqdorlarni olish va to’lash 
orqali hisob-kitob qilishi mumkin. Bunday risk duchorlari nisbatan qisqa muddatli 
bo’lishiga qaramasdan sezilarli bo’lishi mumkin. Demak, faqatgina qachon 
operatsiyalar bir paytda sodir bo’lganda, moliyaviy aktivning sotilishi va moliyaviy 
majburiyatning hisob-kitob qilinishi bir vaqtda amalga oshirilgan deb hisoblanadi. 
Bir qancha moliyaviy instrumentlarni bitta kontragent bilan amalga oshiradigan 
tashkilot ushbu kontragent bilan “bosh hisob-kitob kelishuvi” ni tuzishi mumkin. 
Bunday kelishuv, har qanday bir shartnomaning defolt holatida yoki to’xtatilganida,
kelishuvda qamrab olingan barcha moliyaviy instrumentlarning yagona netto hisob-
kitobini ta’minlaydi. Ushbu kelishuvlar odatda moliyaviy institutlar tomonidan kasod 
holatidagi zararga qarshi yoki kontragentning o’z majburiyatlarini bajara olmaslikka 
olib keladigan boshqa holatlardan himoyani ta’minlash uchun foydalaniladi. Bosh 
hisob-kitob kelishuvi odatda hisobga olish huquqini yuzaga keltiradi, qaysiki yuridik 
kuchga ega bo’ladi hamda faqat defoltning belgilangan holati yoki oddiy biznes 
faoliyatida sodir bo’lishi kutilmagan boshqa holatlar sodir bo’lgandan so’ng alohida 
moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlarning sotilishiga yoki hisob-kitob 
qilinishiga ta’sir ko’rsatadi. 
Valyuta (pul mablag’i) moliyaviy aktivdir, chunki u o’zida ayirboshlash 
vositasini aks ettiradi va shu tufayli moliyaviy hisobotlarda barcha operatsiyalar 
baholanishi va tan olinishi uchun asos hisoblanadi. Bankdagi yoki shunga o’xshash 
moliyaviy tashkilotdagi pul mablag’i depoziti moliyaviy aktiv hisoblanadi, chunki u 
depozitorning tashkilotdan pul mablag’i olishi yoki chek yozib berishi bo’yicha 
shartnomaviy huquqini yoki shunga o’xshash moliyaviy instrumentni, ya’ni moliyaviy 
majburiyatni to’lashda kreditor manfaati uchun hisobdagi mablag’ga nisbatan 
moliyaviy instrumentni, aks ettiradi. 
Kelgusida pul mablag’i olish bo’yicha shartnomaviy huquqni aks ettiradigan 


196 
moliyaviy aktivlarga va mos ravishda kelgusida pul mablag’i yetkazib berish bo’yicha 
shartnomaviy majburiyatni aks ettiradigan moliyaviy majburiyatlarga quyidagilar 
oddiy misol bo’ladi:
(a) 
savdo bo’yicha debitorlik va kreditorlik qarzlari; 
(b) 
olinishi yoki to’lanishi lozim bo’lgan veksellar; 
(v) 
olinishi yoki to’lanishi lozim bo’lgan kreditlar; va 
(g) 
olinishi yoki to’lanishi lozim bo’lgan obligatsilar. 
Har bir holatda, bir tomonning pul mablag’ini olish bo’yicha shartnomaviy 
huquqi (yoki to’lash bo’yicha majburiyati) boshqa tomonning pul mablag’ini to’lash 
bo’yicha mos shartnomaviy majburiyatiga (yoki olish bo’yicha huquqiga) to’g’ri 
keladi. 
Moliyaviy instrumentning boshqa turi shundayki, u uchun olinadigan yoki 
taqdim etiladigan iqtisodiy manfaat puldan tashqari moliyaviy aktiv hisoblanadi. 
Masalan, davlat obligatsiyalarida to’lanadigan veksel o’z egasiga pul mablag’ini emas, 
balki davlat obligatsiyalarini olish bo’yicha shartnomaviy huquqni, emitentga esa 
ularni yetkazib berish bo’yicha shartnomaviy majburiyatni taqdim etadi. 
Obligatsiyalar moliyaviy aktivlar hisoblanadi, chunki ular emitent hukumatning pul 
mablag’ini to’lash majburiyatlarini aks ettiradi. Shu tufayli, veksel egalik qiluvchi 
tashkilot uchun moliyaviy aktiv va veksel emitenti uchun moliyaviy majburiyat 
hisoblanadi. 
“Muddatsiz” qarz instrumentlari (masalan, muddatsiz obligatsiyalar, 
ta’minlanmagan qarz majburiyatlari va kapital veksellari) odatda noaniq kelajakka 
cho’zilgan holda belgilangan sanalarda foiz hisobida to’lovlarni olish bo’yicha 
shartnomaviy huquqni beradi, bunda u asosiy (nominal) qarzni qaytarib olish 
huquqisiz yoki kelajakda asosiy (nominal) qarzni qaytarib olish ehtimoli juda kam 
yoki uzoq kelajakka cho’ziladigan shartlar asosidagi huquq bilan birga bo’lishi 
mumkin. Masalan, tashkilot muddatsiz davrda 1000VB nominal qiymatidagi asosiy 
qarzga nisbatan oldindan belgilangan 8 foizlik yillik to’lovni ta’minlaydigan 
moliyaviy instrument chiqarishi mumkin.
15
Instrument chiqarilgan paytda bozor foiz 
stavkasi 8 foiz deb faraz qilib, emitent dastlabki tan olishda haqqoniy qiymati 
(keltirilgan qiymati) 1000VB ga teng bo’lgan bir qator kelgusi foiz to’lovlarini amalga 
oshirish bo’yicha shartnomaviy majburiyatni qabul qiladi. Instrument egasi va 
emitenti muvofiq tarzda moliyaviy aktivga va moliyaviy majburiyatga ega bo’ladi. 
Moliyaviy instrumentlarni olish, yetkazib berish yoki ayirboshlash bo’yicha 
shartnomaviy huquq yoki shartnomaviy majburiyatning o’zi moliyaviy instrumentdir. 
Shartnomaviy huquqlar yoki shartnomaviy majburiyatlar zanjiri moliyaviy instrument 
ta’rifini qanoatlantiradi, agarda u oxirgi natijada pul mablag’i olish yoki to’lash yoki 
ulushli instrument sotib olish yoki chiqarishga olib kelsa. 
Shartnomaviy 
huquqdan 
foydalanish 
imkoniyati 
yoki 
shartnomaviy 
majburiyatni bajarish talabi aniq bo’lishi mumkin yoki shartli ravishda kelgusi 
hodisaning sodir bo’lishiga bog’liq bo’lishi mumkin. Masalan, agar qarzdor qarzni 
to’lay olmasa, moliyaviy kafolat kreditorning kafolatchidan pul mablag’i olish 
bo’yicha shartnomaviy huquqini va mos ravishda kafolatchining kreditorga to’lash 
15
Мазкур Стандартда монетар суммалар “валюта бирликлари (ВБ)” да белгиланган.


197 
bo’yicha shartnomaviy majburiyatini anglatadi. Kreditorning huquqdan foydalanish 
imkoniyati yoki kafolatchining o’z majburiyatini bajarishiga talab, ikkalasi ham shartli 
ravishda qarzdorning kelgusida qarzni to’lay olmasligiga bog’liq bo’lishiga 
qaramasdan, oldingi operatsiya yoki hodisa (kafolat farazida) tufayli shartnomaviy 
huquq va majburiyat mavjud. Moliyaviy aktivlar va moliyaviy majburiyatlar har doim 
ham moliyaviy hisobotlarda tan olinmasligidan qat’iy nazar, shartli huquq va 
majburiyat moliyaviy aktiv va moliyaviy majburiyat ta’rifini qanoatlantiradi. Ushbu 
shartli huquqlar va majburiyatlarning ayrimlari MHXS 4 ning qo’llash doirasidagi 
sug’urta shartnomalari bo’lishi mumkin. 
BHXS 17 
“Ijara”
asosidagi moliyaviy ijara, avvalo, bir qator to’lovlar bo’yicha 
ijaraga beruvchining olish huquqi va ijaraga oluvchining to’lash majburiyati 
hisoblanadi, bunda ushbu to’lovlar kredit shartnomasidagi asosiy qarz va foizlarning 
birlashgan to’lovlari bilan deyarli bir xildir. Ijaraga beruvchi o’z investitsiyasini, 
ijaraga berilgan aktivni o’zini emas, balki ijara shartnomasi asosida olinishi lozim 
bo’lgan to’lovlar qiymatida hisobga oladi. Operatsion ijara esa, xizmatlarga 
to’lanadigan haqqa o’xshash to’lovlar evaziga ijaraga beruvchi tomonidan aktivni 
kelusi 
davrlar 
uchun 
foydalanishga 
topshirish 
majburiyatini 
yuklaydigan
tugallanmagan shartnoma hisoblanadi. Ijaraga beruvchi o’z investitsiyasini, ijara 
shartnomasi asosida kelgusida olinadigan har qanday qiymatda emas, balki ijaraga 
berilgan aktivni hisobga oladi. Demak, moliyaviy ijara moliyaviy instrument 
hisoblanadi va operatsion ijara moliyaviy instrument hisoblanmaydi (joriy va 
kelgusida to’lanadigan alohida to’lovlardan tashqari). 
Moddiy aktivlar (masalan, asosiy vositalar), ijaraga berilgan aktivlar va 
nomoddiy aktivlar (masalan, patentlar va savdo belgilari) moliyaviy aktiv 
hisoblanmaydi. Bunday moddiy va nomoddiy aktivlarni nazorat qilish pul oqimini 
yoki boshqa moliyaviy aktivni yuzaga keltirish imkoniyatini yaratadi, ammo u pul 
mablag’i yoki boshqa moliyaviy aktivni olishning joriy paytdagi huquqini yuzaga 
keltirmaydi. 
Kelgusi iqtisodiy manfaati pul mablag’i yoki boshqa moliyaviy aktivni olish 
emas, balki tovarlar yoki xizmatlarni qabul qilish hisoblangan aktivlar (masalan, 
oldindan to’langan xarajatlar) moliyaviy aktivlar hisoblanmaydi. Shuningdek, muddati 
uzaytirilgan daromad va ko’pgina varrant majburiyatlariga o’xshash moddalar 
moliyaviy majburiyat hisoblanmaydi, chunki ular bilan bog’liq iqtisodiy 
manfaatlarning chiqimi pul mablag’i yoki boshqa moliyaviy aktivni to’lash bo’yicha 
shartnomaviy majburiyat emas, balki tovarlar yoki xizmatlarni yetkazib berish 
hisoblanadi. 
Shartnomaviy bo’lmagan majburiyatlar yoki aktivlar ( masalan, hukumat 
tomonidan o’rnatiladigan qonuniy talablar natijasida yuzaga keladigan daromad 
soliqlari) moliyaviy majburiyatlar yoki moliyaviy aktivlar hisoblanmaydi. Daromad 
soliqlarini hisobga olish BHXS 12 orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, BHXS 37 

Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin