73
suvdagi 0,25-2,5 mg margimush planktonlarni, mayda suv hayvonlarini o‘ldiradi,
10-20 mg margimush esa katta baliqlarni nobud qiladi. Xo‘jalik
suvlarini suv
havzalariga oqizish oqibatida suv o‘simliklari o‘lib, suv yuzini qoplaydi. Natijada
suvning mazasi, hidi va boshqa xususiyatlari o‘zgarib, suv sasiy boshlaydi. Suv
o‘simliklarining o‘lishi natijasida zaharli gazlar ajralib chiqadi. Issiqlik energiyasi
ishlab chiqaruvchi korxonalarning chiqindi suvlari suv havzasidagi suv haroratini
8-10
o
S ga ko‘tarib, mikroorganizmlarning o‘sishiga imkon yaratadi. Radioaktiv
moddalar saqlaydigan chiqindi suvlar eng xavfli suvlardir. Bunday suvlar
termoyadro qurolini suv ostida tekshirilganda, uran olinganda hosil bo‘ladi.
Suv havzalarini ifloslantiruvchi eng kuchli manbalardan biri hozirgi zamon
qishloq xo‘jaligi ob‘yektlaridir. Endigi muammo ifloslangan suvni tozalash. Suv
havzalari o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, unda vaqti-vaqti bilan o‘z-o‘zini
tozalash jarayoni sodir bo‘lib turadi.Bunda quyosh nuri ta‘sirida organik moddalar
parchalanib, mikroblar qirilib turadi. O‘z-o‘zini tozalash jarayonida bakteriyalar,
bir hujayrali hayvonlar, mog‘orlar, suv o‘simliklari faol ishtirok etadi. Bu
jarayonda ayniqsa, chiqindi suvlarning suyultirilishi katta ahamiyatga ega. Suv
ma‘lum masofada o‘z-o‘zini tozalash imkoniga ega bo‘lib, agar oqova suv miqdori
ko‘p bo‘lsa suv o‘z-o‘zini tozalay olmaydi. Suv havzalaridagi suvga qo‘shimcha
ifloslik tushmasa 24 to‘rt soat ichida 50% atrofidagi bakteriyalardan o‘zini
tozalashi mumkin.48 soat ichida faqat 0,5% mikrob qoladi.Qish
kunlarida bu
jarayon ko‘proq davom etadi, shu sababli chiqindi suvlar avval tozalash
inshootlaridan o‘tkazilib, so‘ngra suv havzalariga oqiziladi.
Inson organizmi uni o‘rab turgan tashqi muhit bilan chambarchas bog‘liq.
Demak, tashqi muhitning ifloslanishi kishi organizmiga salbiy ta‘sir etar ekan.
Shuning uchun ham tashqi muhitni asrash – inson sog‘lig‘ini saqlash demakdir.
Tashqi muhit omillaridan biri ifloslangan suvdir. U organizmga ta‘sir qilish va
kasallik keltirib chiqarish jihatidan katta ahamiyatga ega. Ayniqsa u meda-ichak,
gepatit va boshqa turli yuqumli kasalliklar tarqatishda muhim rol o‘ynaydi. Shuning
uchun ham chiqindilar tashlanadigan suv tez-tez bakteriologik jihatdan tekshirib
74
turilishi kerak. Bu bir tomondan ochiq suv havzalarini ifloslanishdan asrasa,
ikkinchi tomondan shu bilan bog‘liq ko‘pgina kasalliklarning oldini oladi.
Xo‘jalik chiqindi suvlari aholining kundalik
hayoti davomida hosil
bo‘ladigan va turli moslamalar yordamida kanalizatsiya tarmoqlariga tushadigan
chiqindi suvlardir. Bu suvlar tozalash inshootlariga oqib boradi. Chiqindi suvning
umumiy miqdorini bilish uchun har bir kishiga sarflanadigan suv miqdori hisoblab
chiqiladi. Sanoat korxonalarida esa har bir ishlab chiqilgan mahsulotning bir qismi
uchun sarflanadigan suv miqdori yig‘indisi hisoblab chiqiladi. Suv sarfi o‘sha joy
aholisining madaniyati, taraqqiyot darajasiga bog‘liq. Chiqindi suvlar ichki
kanalizatsiya tarmoqlari orqali tashqi kanalizatsiya tarmoqlariga tushadi. So‘ngra
chiqindi suvlar trubalar orqali kanalizatsiya sistemasiga va tozalsh sistemasiga va
tozalash inshootlariga oqib boradi. Uy-joylar territoriyasida joylashgan
kanalizatsiya tarmoqlari kvartal ichi kanalizatsiya bilan birlashadi va kollektorlar
yordamida tozalash inshootiga boradi. Agar sanoat korxonalari o‘sha
turar joy
territoriyasida joylashgan bo‘lsa va suvning tarkibiy qismi chiqindi suv tarkibiga
o‘xshasa, kollektorlardagi chiqindi suvlarga sanoat chiqindi suvlari qo‘shiladi.
Odatda, kanalizatsiya suvlari tozalash inshootlariga o‘z oqimi bilan boradi.
Mabodo baland-past joylar suv oqimiga to‘sqinlik qilsa, u holda suvni haydab
beruvchi nasos stansiyalari quriladi. Nasos stansiyalari suvni bosim bilan
kollektorlarga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri tozalash inshootlariga oqizib beradi.
Bulardan tashqari, yomg‘ir, qor va yo‘llarda xalqob bo‘lib qolgan suvlar uchun
ham truboprovodlar quriladi. Kanalizatsiyalar tuzilishiga qarab alohida,
yarim
alohida va umumiy kanalizatsiyalarga bo‘linadi. Chiqindi suvlar o‘zi bilan birga
erigan osilma moddalarni, loylarni, qumlarni, ulardan tashqari, suvga tashlangan
po‘choq, qog‘ozlarni tozalash inshootlariga oqizib keladi. Bulardan tashqari,
umumiy va uy-joylardan chiqadigan yuvindi va hojatxona suvlari ham
kanalizatsiya suviga qo‘shiladi va tozalash inshootlariga oqib boradi. Bunday
chiqindi suvlar turli fizik, kimyoviy va bakteriologik xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Kanalizatsiya suvlarining tarkibi bir xilda bo‘lmaydi. Aksincha, ularning
konsentratsiyasi, miqdori ba‘zi bir ingrediyentlar nisbati bir-biridan doimo farq
75
qiladi. Xo‘jalik chiqindi suvlar tarkibiga, ularning xossalariga o‘rtacha baho berish
uchun sistemali ravishda suvdan namunalar olib tekshirib turish kerak. Shundagina
chiqindi suvlarning tarkibiga, miqdoriga va boshqa xususisyatlariga o‘rtacha baho
berish mumkin bo‘ladi.
Xo‘jalik chiqindi
suvlarining rangi xira, o‘ziga xos yoqimsiz hidli bo‘ladi.
Suvning kimyoviy tarkibi noorganik moddalarga birmuncha boy, ba‘zi moddalar
esa erigan holatda bo‘ladi. Umuman olganda, chiqindi suvlarning 60% i organik
moddalarga to‘g‘ri keladi. Ular ikki ko‘rsatkichi bilan, ya‘ni suvning oksigenga
bo‘lgan biokimyoviy talabi va oksidlanishi bilan baholanadi. Chiqindi suv
tarkibidagi organik moddalar kimyoviy yo‘l bilan oksidlanish
uchun sarflangan
oksigen miqdori bilan aniqlanadi. Suvning oksigenga bo‘lgan biokimyoviy
ehtiyojini 5-20 kun ichida aniqlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: