III.2.Tabiiy suvlarning ifloslanishi. Suvlarning kimyoviy ifloslanishini
oldini olish
Tabiatdagi barcha tirik organizmlar uchun suv, tuproq va havo asosiy hayot
muhiti hisoblanadi. Shular ichida suv muhit sifatida ko‘pchilik organizmlar uchun
xizmat qiladi. Suv qishloq xo‘jaligi va sanoat ishlab chiqarishdagi deyarli barcha
texnologik jarayonlarning zariruy tarkibiy qismi (komponenti) hisoblanadi.
Mazkur sohalardagi texnologik jarayonlarda suv juda ko‘p ishlatiladi. Chuchuk
suvdan haddan ortiq ko‘p foydalanilsa, oxir-oqibat u yetishmay qolishi mumkin.
Sababi, hozirgi zamon tozalash uchun ham oqava suvlardan foydalanishga to‘g‘ri
keladi. Bu esa suvni yana isrof qilish demakdir. Tabiiy suv havzalarida o‘z-o‘zini
tozalash effekti ham katta samara beradi.
Respublikamizda hozirgi vaqtda ifloslangan oqava suvlarni suv manbalariga
oqizish uchdan birga qisqartirildi. Suvni tejab ishlatish borasida nazorat ishlari
kuchaymoqda. Dalalarga rejali asosda suv berilyapti. Xonadonlarga suv o‘lchagich
asboblar o‘rnatilmoqda.
69
Garchand Yer yuzida suv eng ko‘p tarqalgan modda bo‘lsa-da, ularning 98%
zahirasini dengizlarning sho‘r suvlari tashkil etadi. Umumiy chuchuk suvning atigi
0,1% idan foydalanish imkoni bor, xolos (qolgan suvlar esa yer qutblari va baland-
baland tog‘ cho‘qqilarida muzliklar va qor tarzida mavjuddir). Suvdan tejamkorlik
bilan foydalana olmaslik takomillashmagan texnologiyaga ham bog‘liq.
Masalan, 1 tonna sintetik tola olishda 500 m
3
oqava suv hosil bo‘ladi, 1
tonna mahsulot to tayyor bo‘lgunicha sarflanadigan jami suv 15-20 m
3
ni tahskil
etadi. Hozirgi vaqtda sanoatning qator tarmoqlarida yopiq suv almashinish sxemasi
ishlab chiqilgan va qisman yo‘lga qo‘yilgan. Bu suvni tozalashning mahalliy
usulidir. Bunday hollar suv iste‘moli me‘yorini ancha pasaytirishi va ayrim
hollarda esa suv havzalariga umuman oqava suvini chiqarmaslik imkoniyatini
yaratadi.
Suv ona sayyoramizda eng ko‘p tarqalgan noorganik moddadir. Suvsiz yerda
hayot yo‘q. suv – Yerdagi asosiy hayotiy jarayon hisoblanmish-fotosintezda
yagona kislorod manbaidir. U ob-havo iqlimining shakllanishida katta ahamiyatga
ega.
Yerdagi suvning katta qismi dengiz va okeanlarda to‘plangan. Yerda
tarqalgan butun suvning atigi 2% i chuchuk suv ulushiga to‘g‘ri kelmaydi.
Chuchuk suvlarning 85% ini qutb zonalaridagi muzliklar va boshqa muzlar tashkil
etadi. Chuchuk suvlarning qayta tiklanishi tabiatda suv aylanishi tufayli sodir
bo‘ladi. Yer kurrasining ko‘pgina hududlarida daryolar asosan elektr manbai
hisoblanadi. Chuchuk suvlardan inson turmushda, qishloq xo‘jaligi va sanoat
ehtiyojlari uchun foydalanadi. Afsuski, insonning hayotiy faoliyati oqibatida tabiiy
suvlar ifloslanib, ularning biosferik funksiyasi pasaymoqda. Suvning ifloslanishi
bugungi kunda muhim modda hisoblanadi. Suv asosan neft va neft mahsulotlari,
simob, qo‘rg‘oshin va uning bo‘linmalari, rux, mis, xrom, marganets, shuningdek,
radioaktiv elementlar, zaharli kimyoviy vositalar va boshqalar bilan ifloslanmoqda.
Insoniyat o‘z ehtiyojlari uchun chuchuk suvlardan juda ko‘p foydalanadi.
Ammo bugungi kunda dunyoning turli nuqtalarida chuchuk suvning yetishmasligi
hollari kuzatilmoqda. Hozirgi vaqtda sayyoradagi shahar aholisidan 20% ining va
70
qishloq aholisidan 75% ining chuchuk suvga bo‘lgan ehtiyoji qanoatlantirarli
darajada emas.
Chuchuk
suvlarning
ifloslanishi
tufayli
ularning
zahiralari
ham
kamaymoqda. Ayniqsa, zaharli oqar suvlar xavflidir. Ularning ko‘p qismi suv
havzalariga yana oqava suv tarzida qaytmoqda. Yirik suv tozalash qurilmalarini
qurish, sanoatda suvdan foydalanishning yopiq siklini joriy etish bilan bir qatorda
ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish orqali suvning behuda sarflanishi
va isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Chirchiq va Ohangaron daryolarining suvlari ham ifloslangan. Bunga sanoat,
maishiy-kommunal xo‘jalik korxonalari, davolash, sog‘lomlashtirish hamda dam
olish zonalaridan oqib chiquvchi chiqindilarning, turli mineral va organik
o‘g‘itlarning hamda zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashda qo‘llaniladigan
o‘ta zaharli kimyoviy vositalarning suvga qo‘shilishi ham o‘z ta‘sirini
ko‘rsatmoqda. Bu ekologik vaziyatning yomonlashishiga va aholi o‘rtasida turli xil
kasallikning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Suv – boyligimiz. Uning ustidan
kuchli nazorat o‘rnatish, ifloslanishdan muhofaza qilish borasida ko‘p ishlarni
bajarishimiz lozim. Xususan:
Korxonalarda olayotgan suvlari bilan birga ulardan chiqayotgan iflos
suv miqdoriga qarab haq to‘lanishni amalga oshirish;
Yirik shaharlarda ikkita suv quvurlari tizimiga o‘tib, biridan sifatli
ichimlik suv, ikkinchisidan sanoat va boshqa ehtiyojlar uchun ishlatiladigan suv
berishga o‘tish;
Vodoprovod (suv quviri) jo‘mraklarini bekorga ochib qo‘ymaslik,
ularning texnik holatini muntazam nazorat qilib turish kabi qator tadbirlar
suvlarning ifloslanishi hamda ichimlik suvi isrof bo‘lishining oldini olishda katta
yordam beradi.
Suvni e‘zozlasak, toza saqlasak, kelgusi avlodlarga tabiatimiz go‘zalliklarini
kam-ko‘stsiz yetkazishga xizmat qilsak, o‘z hayotimizning go‘zal, obod va farovon
bo‘lishiga ko‘maklashgan bo‘lamiz. Yer yuzasida tarqalgan chuchuk suv zahiralari
20-25 milliard kishining ehtiyojini qondirish uchun yetarli bo‘lsa-da, chuchuk suv
71
yetishmovchiligi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida kuzatilmoqda. Buning asosiy
sababi aholi sonining tez sur‘atlar bilan o‘sib borayotganligi, quruqlikda chuchuk
suvlarning bir xilda tarqalmaganligi, sanoat va qishloq xo‘jaligining jadal
rivojlantirilayotganligidir. Masalan, Markaziy Osiyo Respublikalari hududida suv
resurslari bir xilda taqsimlanmagan:
Qirg‘iziston Respublikasida – 27%
Tojikiston Respublikasida – 27%
Qozog‘iston Respublikasida – 39%
O‘zbekiston Respublikasida – 6%
Turkmaniston Respublikasida – 1%
Agar dunyo miqyosida olib qaralsa, chuchuk suvdan foydalanish bo‘yicha
sanoat korxonalari oldingi o‘rinda, so‘ngra qishloq xo‘jaligi turadi. Bu holat
O‘zbekiston Respublikasida aksincha, chuchuk suvni eng ko‘p sarf qiladigan
tarmoq qishloq xo‘jaligi hisoblanadi:
Kommunal xo‘jaliklarda – 3%
Sanoatda – 12%
Qishloq xo‘jaligida – 85%
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda juda ko‘p suv yo‘qoladi. Amerika
Qo‘shma shtat (AQSh) larida sug‘orish uchun ishlatiladigan suvning yo‘qolish
koeffisiyenti 0,6 ga teng, Hamdo‘stlik mamlakatlarida 0,4 dan 0,7 gacha,
Qozog‘istonning janubida esa 0,25-0,35 gacha o‘zgarib turadi. Suvlarning
yo‘qolishi va ularning tozaligini saqlab qolishning muhim tadbirlariga quyidagilar
kiradi:
Hududlarning suv bilan ta‘minlanganligini hisobga olib, ekin turlarini
tanlash;
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda yer usti va yer osti
suvlarini ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida o‘g‘itlar va pestidsidlar
qo‘llashni ma‘yorlash;
Sog‘orish me‘yorlarini tartibga solish;
72
Tuproq namligini saqlashning eng ilg‘or usullarini qo‘llash;
Suvlarning yerga shimilishi, havoga bug‘lanishi natijasida ro‘y
beradigan yo‘qotishlarni va samarasiz sug‘orish uchun sarf-xarajatlarni
kamaytirish;
Kichik daryolarni oqovalar bilan ifloslanishidan muhofaza qilish,
daryolarning o‘z-o‘zini tozalash jarayonlarini ta‘minlash maqsadida zaruriy
qo‘shimcha suv bilan yordam berish;
Sug‘orishning suvni tejovchi texnologiyalarini (impulsli, aerozolli,
tuproq osti, tomchilatish va boshqa usullarni) amaliyotga keng joriy etish orqali
sug‘orish tizimlarida suvdan foydalanish samaradorligini 25-30% ga oshirish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |