76
tashkil etadi. Ularni faqat dezinfeksiya qiluvchi moddalar sifatida ishlatish
mumkin. Suv havzalariga sirt faol moddalar har xil yo'llar bilan tushib qolishi
mumkin. Masalan, turmushda sirt faol moddalar vositasida tayyorlangan sovunlar
ishlatiladi, qishloq xo'jaligida bu moddalar ishtirokida pestisidni eritish uchun
emulsiya tayyorlanadi. Bir kecha-kunduzda har bir kishi o'rtacha 2,5 g sirt faol
modda ishlatadi. Agar har bir fuqaro bir kecha-kunduzda 125-350 litr suv
ishlatsa, xo'jaliklardan oqib chiqayotgan oqova suvlar tarkibida 3-4 mg/1 sirt faol
moddalar hosil bo'ladi. Bu suvlarga sanoat korxonalaridagi oqova suvlar ham
qo'shilib, shahardan chiqadigan oqova suvlar tarkibida o'rtacha 5 mg/1 sirt
faol moddalar hosil bo'ladi. Sanoat korxonalaridan chiqadigan oqova suvlar
tarkibida har xil sirt faol va yuvishda ishlatiladigan sun‘iy moddalar juda ko'p
bo'ladi. Masalan, to'qimachilik va jun va hayvon terisiga ishlov beruvchi
zavodlarda hosil bo‘ladigan oqova suvlar tarkibida sirt faol moddalarning miqdori
5-50 mg/1 dan 200 mg/1 gacha bo'ladi. Suvlarning sanoat korxonalari
tomonidan ifloslanishi sanoat korxonasining texnologik jarayonlariga, xom ashyo
va energiyadan foydalanish kolamiga bog‘liq holda juda xilma-xil va murakkabdir.
Dostları ilə paylaş: