O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   161
Moliya huquqi

birinchidan 
jismoniy xususiyatlarining o‘zgarmasligi; 
ikkinchidan,
qat’iyligi; 
uchinchidan,
unga ketadigan mablag‘ va mehnat hajmining 
yuqoriligi va boshq. Lekin oltinning pul sifatidagi muomilasi bir qancha 
qiyinchiliklarni ham tug‘diradi. Shu sababli, XVII–XIX asrlarda deyarli 
barcha mamlakatlar ma’lum bir oltin massasiga ifodalangan qog‘oz 
ko‘rinishidagi pullarga o‘tishdi. Uzoq vaqt davomida bu qog‘oz pullari 
egalari ularni teng hajmdagi oltinga almashtirish huquqiga ega edilar. 
Hozirgi vaqtda ko‘pgina davlatlar va banklar qog‘oz ko‘rinishidagi 
pullarni oltinga almashtirish bo‘yicha huquq va majburiyatlardan voz 
kechgan. 


246
Oldingi vaqtlarda qog‘oz pullarda ularning oltinga bo‘lgan nisbati 
yozib qo‘yilar edi. Masalan, 1920-yillardagi sobiq Ittifoqning iqtisodiy 
siyosat davrida muomilada bo‘lgan rublda mana shunday yozuvlarni 
uchratish mumkin edi. Hozirda ko‘pgina davlatlar bundan voz 
kechmoqda. Sababi, pul birliklari (qog‘oz pullar ham, tangalar ham) 
emitetning (ya’ni davlatning) barcha aktivlari bilan ta’minlangandir. Bu 
holat davlatlarning pul muomilasi to‘g‘risidagi qonunchilik aktlarida 
mustahkamlangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi «Markaziy banki 
to‘g‘risida»gi qonunning 33-moddasiga binoan muomilada bo‘lgan 
banknotlar va tangalar Markaziy bankning qat’iy majburiyatlari 
hisoblanadi va uning barcha aktivlari bilan ta’minlanadi. Shu sababli, har 
bir banknotda (tangada) uning oltinga nisbati, almashtirilishi yoki boshqa 
usullarda ta’minlanganligini ko‘rsatishga hojat qolmadi. Oldingi vaqtlarda 
muomilada bo‘lgan rasmiy pul birligining «oltin» mazmuni bekor qilindi. 
Bundan tashqari, pul vazifasini oltindan tashqari, boshqa qimmatbaxo 
metallar – kumush, platina ham bajargan. Hozirgi vaqtda kumushdan 
tangalar yasovchi davlatlar soni juda ozdir. O‘zbekiston Respublikasida 
oltin, kumush va platinadan tangalar faqatgina maxsus tayyorlangan va 
qadoqlangan sovg‘alar (suvenir) sifatida chiqarilishi mumkin. 
Pullar muomilaga davlat tomonidan, aniqrog‘i u vakolat bergan 
banklar tomonidan chiqariladi. O‘zbekiston Respublikasida pul birlik-
larini chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki zimmasiga 
yuklatilgan.
Pul birliklari gerb, bayroq singari davlat ramzi bo‘lib hisoblanadi. 
Rasmiy pul birliklari davlat qonunchilik aktlarida nazarda tutilgandir. 
Ba’zi hollarda davlat hududida uning ruxsati bilan yoki ruxsatisiz boshqa 
pul birliklari ham muomilada bo‘lishi mumkin. Bunday pul birliklari 
rasmiy pul birliklarining yetishmovchiligidan kelib chiqishi mumkin. 
1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi 
e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi siyosiy jihatdan mustaqillikka 
erishdi. Endigi vazifa – iqtisodiy mustaqillikni ta’minlash va bozor 
munosabatlariga asoslangan jamiyat kurish bilan bog‘liq qator muam-
molarni hal qilishdan iborat.
Har qanday davlatning mustaqilligini ta’minlaydigan bir qancha 
omillar mavjud, bular: chegara, chegarani qo‘riqlaydigan qo‘shin, davlat 
ramzlari – bayroq, gerb hamda iqtisodiy muomila vositasi bo‘lmish – 
milliy valutadir. 


247
O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil noyabr oyidan boshlab avval so‘m 
kuponlarni, so‘ng milliy valutani muomilaga kiritdi. Buning sababi 
shundaki: 
birinchidan
: bozor tarmoqlari, ayniqsa pul-kredit muomilasi sohasi-
dagi munosabatlar hali mukammal emas edi. Milliy pulning birdaniga 
joriy etilishi – iqtisodiyotning umumiy holatiga, muomila tizimiga hamda 
bank sohasidagi sof texnik sabablariga ko‘ra, uning qiymatiga ta’sir 
ko‘rsatmasligi lozim. 
Pul qiymatining tushib ketishi iqtisodiyot sohasida ko‘ngilsiz oqibat-
larni keltirib chiqarishi mumkin edi
ikkinchidan
: MDH doirasida har xil valutalar muomilada bo‘lgan bir 
paytda, pulning bu sharoitga moslashishi va uning qiymatini aniqlaydigan 
vaziyat vujudga kelishi zarur edi. Milliy pulni birdaniga muomilaga 
kiritish korxonalarning rubllik hisoblarini SO‘Mlik hisoblarga aylantirish 
zaruratini tug‘dirar, bu esa MDH mamlakatlari korxonalari o‘rtasidagi 
xo‘jalik aloqalariga rahna solar edi. Rublda davlatlararo hisob-kitob qilish 
imkoniyati mavjud bo‘lgan davrda so‘m-kuponnning joriy etilishi o‘zaro 
xo‘jalik aloqalari uzilib qolishining oldini oldi. 
Qirg‘iziston o‘z milliy valutasini joriy etganda mana shu holni 
hisobga olmagan edi; 
uchinchidan
: milliy pulga bosqichma-bosqich o‘tish ijtimoiy talofat-
larni kamaytiradi. Har qanday pul islohoti, xususan narxlar erkin yoki 
erkinlikka yaqin bo‘lgan sharoitda yoki musodara tariqasida ham bo‘ladi. 
Masalan, pul 1:10 yoki 1:100 nisbati bilan almashtirilgan taqdirda ham, 
narx-navo aynan shu nisbat darajasidan pastga tushmaydi. Har qanday pul 
islohotida ham narx-navoning o‘sishi ro‘y beradi. Pul almashish nisbati 
qancha baland bo‘lsa, aholi jamg‘armasining pasayishi shuncha yuqori 
bo‘ladi. Birga bir nisbatida almashtirilgandagina, aholi kam jabr ko‘rishi 
mumkin. 
O‘zbekiston Hukumati xalq uchun kulay bo‘lgan ana shu yagona 
yo‘ldan bordi. Bizdan avval milliy valutasini joriy qilgan respublikalardan 
har xil yo‘llar bilan oqib kelayotgan, mol bilan ta’minlanmagan qog‘oz 
pullarning ko‘payib ketganini hisobga oladigan bo‘lsak, birdaniga milliy 
valutani joriy etish, uning salmog‘ini juda tushirib yuborgan bo‘lardi. 
Rubl bilan 1:1 nisbatida almashtirish esa pulimizni birdaniga qadrsiz qilib 
qo‘yar edi. Milliy valutaga so‘m-kupon orqali bosqichma-bosqich o‘tish 
aholini ham, bo‘lajak o‘zbek SO‘Mini ham hyech narsa bilan 
ta’minlanmagan rubl bosqinidan muhofaza qiladi. 


248

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin