Mablag‘larni yetkazib berish tartibiga ko‘ra bank kreditlari
quyidagilarga bo‘linadi:
a) alohida hisobvarag‘idan kredit berish.
Bunda bank qarz oluvchiga
maxsus hisobvarag‘i ochadi va unga kredit summasini o‘tkazadi. Shu
hisobvarag‘i orqali qarz oluvchiga uchinchi shaxslar tomonidan
yetkazilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar bo‘yicha
hisob-kitob qilinadi;
b) kontokorrent hisobvarag‘i orqali kredit berish.
Bunda bank qarz
oluvchining talab qilinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘ini yopadi
va qarz oluvchining hamma operatsiyalarini yagona kontokorrent
hisobvarag‘idan amalga oshiradi. Bu hisobvarag‘ida pul mablag‘lari
yetmagan hollarda, bank kelishilgan limit chegarasida o‘z mablag‘laridan
hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Kontokorrent kreditlarining muddati 12
oydan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Lekin bu muddat tomonlarning kelishuviga
binoan uzaytirilishi mumkin.
Banklar tomonidan kreditlar berish kredit shartnomasi asosida amalga
oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 744-
moddasiga binoan
kredit shartnomasi
bo‘yicha bir taraf bank yoki
boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga)
shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul
mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini
qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi.
Kredit shartnomasi yozma shaklda tuzilishi shart. Yozma shaklga
rioya qilmaslik kredit shartnomasining haqiqiy bo‘lmasligiga olib keladi.
Bunday shartnoma o‘z-o‘zidan haqiqiy bo‘lmaydi.
Kredit shartnomasi ikki tomonlama majburlaydigan shartnomalar
turiga kiradi va shartnoma ishtirokchilari – kreditor ham, qarz oluvchi
ham huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi.
Kredit shartnomasi haq evaziga tuziladigan shartnoma bo‘lib, qarz
oluvchi shartnomada belgilangan tartibda foizlar to‘lashi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 746-moddasiga
binoan kreditor qarz oluvchini to‘lovga qobiliyatsiz deb hisoblasa, qarz
oluvchi kreditni ta’minlash majburiyatlarini bajarmasa, shartnomada
nazarda tutilgan kreditdan aniq maqsadda foydalanish majburiyatini
235
buzsa, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan kreditni berishdan
butunlay yoki qisman bosh tortishga haqli.
Qarz oluvchi kredit olishdan butunlay yoki qisman bosh tortishga
haqli. Agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda
tutilgan bo‘lmasa, qarz oluvchi bu haqda kreditorni kredit shartnomasida
belgilab qo‘yilgan kredit berish muddatiga qadar xabardor qilishi shart.
Qarz oluvchi kredit shartnomasida nazarda tutilgan kreditdan aniq
maqsadda foydalanish majburiyatini buzgan taqdirda kreditor shartnoma
bo‘yicha qarz oluvchini bundan buyon kreditlashni to‘xtatishga haqli.
Bozor iqtisodiyoti sharoitiga o‘tish bank krediti sohasidagi
munosabatlarni tubdan o‘zgartirdi. Lekin bu holat mamlakatdagi pul-
kredit munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solishni inkor etmaydi.
O‘zbekiston Respublikasida kredit tizimini boshqarish vazifasi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuklatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bir tomondan, pul-kredit
tizimini boshqarish bo‘yicha hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan davlat
organi sifatida; ikkinchi tomondan esa tijorat va boshqa kredit
muassasalari bilan ma’lum bir fuqarolik-huquqiy munosabatlariga
kiruvchi yuridik shaxs sifatida harakat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oldingi vaqtlardagi davlat
banklaridan farq qilgan holda, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
faoliyatini bevosita nazorat qilmaydi, balki tijorat banklari va boshqa
kredit muassasalarining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Markaziy bank – bank mijozlarining manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha
choralar ko‘radi, bank tizimining barqarorligini ta’minlash maqsadida
sug‘urta jamg‘armalarini tashkil etadi va vakolati doirasida boshqa
vazifalarni bajaradi.
Bank tizimining holatini yaxshilash, barkarorligini ta’minlash
maqsadida Markaziy bank banklarga kreditlar berish orqali ularni qayta
moliyalashtiradi.
Qonunchilikka binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
oxirgi bosqichdagi (instansiyadagi) kredit beruvchi (kreditor) bo‘lib
hisoblanadi. Markaziy bank tijorat banklarining normal faoliyat
ko‘rsatishi uchun sharoit yaratib berilishida yordamlashadi, lekin u tijorat
banklarining kundalik faoliyatiga aralashmaydi. Markaziy bank tijorat
banklari va boshqa kredit muassasalarini tashkil etishning maqsadga
muvofiqligi va qonuniyligi ustidan nazoratni olib boradi. Ushbu nazorat –
tijorat va boshqa kredit muassasalarining ustavini ro‘yxatga olish, bank
236
operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarni berish
va qaytarib olish jarayonida amalga oshiriladi.
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi kredit tizimini boshqa-
ruvchi organ sifatida, tartibga solish funksiyasini amalga oshira turib,
bank krediti sohasiga taalluqli masalalar bo‘yicha me’yoriy aktlar
chiqarish huquqiga ega. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining
«Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonuniga binoan Markaziy bank o‘z
vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida barcha shaxslar ijro
etishi majburiy bo‘lgan me’yoriy hujjatlar chiqaradi. Markaziy bankning
me’yoriy hujjatlari, agar hujjatning o‘zida o‘zga qoida nazarda tutilmagan
bo‘lsa, e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Mazkur qonunning 52-moddasida Markaziy bankning banklar uchun
majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlari ko‘rsatib o‘tilgan. Bular
quyidagilardan iborat:
a) kapitalning monandlik koeffitsiyentini;
b) bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar guruhiga
tavakkalchilikning eng ko‘p miqdorini;
d) yirik kredit tavakkalchilik va investitsiyalarning eng ko‘p
miqdorini;
ye) likvidlilik koeffitsiyentlarini;
f) aktivlarni tasniflash va baholashga doir talablarni, shuningdek
bunday tasniflar asosida bankning operatsiya xarajatlari jumlasiga
kiritiladigan chegirmalardan shubhali va harakatsiz qarzlarga qarshi
tashkil etiladigan zahiralarni shakllantirishni;
g) qarzlarga doir foizlarni hisoblab chiqarish va ularni bank
daromadlari hisobvarag‘iga kiritishga doir talablarni;
h) ochiq valuta mavqyei limitlarini belgilash.
Markaziy bank iqtisodiy normativlarning o‘zgarishi to‘g‘risida
kamida bir oy oldin e’lon qiladi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan iqtisodiy normativlar Markaziy bankning
taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan
o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiy normativlar
yordamida tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari faoliyatiga ta’sir
etib, ularning funksiyalanishini, O‘zbekiston Respublikasi kredit
tizimining barqarorligini ta’minlaydi.
Markaziy bank va banklar bir-birlarining majburiyatlari bo‘yicha
javobgar emas, ular shunday javobgarlikni o‘z zimmasiga o‘zlari olgan
hollar bundan mustasno.
237
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga banklarning hisobvara-
qalarini yuritish va depozitlarini qabul qilishga ruxsat etilgan.
Markaziy bank banklarga banklararo to‘lovlarga hisob-kitob-kliring
xizmatini, shu jumladan cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari orqali haq
to‘lashni tashkil etishda yordam ko‘rsatish, shunday operatsiyalarni
o‘tkazish tartibini o‘z ixtiyeriga ko‘ra belgilash va tegishli ko‘rsatmalar
berishga haqlidir.
Markaziy bank bank tizimi ehtiyojlari uchun axborot tarmog‘ini
yaratadi va saqlab turadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan O‘zbekiston Res-
publikasi Markaziy banki banklarning faoliyati ustidan, bank qonun-
chiligining to‘g‘ri qo‘llanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Marka-
ziy bank banklar tomonidan amalga oshiriladigan bank operatsiyalarini
o‘zi tekshirishi yoki bu ishni auditorlik tashkilotlariga topshirishi
mumkin.
Markaziy bank nazoratni amalga oshirish jarayonida aniqlangan
kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi. Markaziy
bank ko‘rsatmalari banklar uchun bajarilishi majburiydir. Agar Markaziy
bank ko‘rsatmalari bajarilmasa, iqtisodiy normativlarning buzilishi
sababli banklarga yoki mijozlarga zarar yetkanligi aniqlansa, hisobotlar
taqdim etilmasa yoki soxta hisobotlar taqdim etilgan bo‘lsa va boshqa
hollarda Markaziy bank aybdor shaxslarga nisbatan qonunda belgilangan
quyidagi chora va sanksiyalarni qo‘llaydi:
Dostları ilə paylaş: |