227
italyancha «banco» so‘zidan olingan bo‘lib, «almashuv stoli», «pul stoli»
degan ma’nolarni anglatadi. Ilk «almashuv stol»lari Shimoliy Italiyada
yuzaga kelgan va o‘rta asrlarda italiyalik savdogarlarni xorij davlatining
valutasi (puli) bilan ta’minlashga xizmat qilgan. Agar «almashuv stol»lari
o‘ziga yuklangan vazifalarni bajara olmasa, uning mijozlari mazkur stolni
bankrot deb e’lon qilishgan.
Bank ishi Yevropa mamlakatlarida ro‘y bergan sanoat to‘ntarishi
natijasida rivojlana bordi. Tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlarni bajaruvchi
va xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlarning moliyaviy holatisiz sanoat
rivojlanishini ta’minlash mumkin emas edi. Banklar ba’zi
tadbirkorlarning bo‘sh qolgan pul (moddiy) mablag‘larini to‘plash va
unga muhtoj bo‘lgan shaxslarga berish orqali yuzaga keldi. Banklar
ma’lum bir shaxslarning pul (moddiy) mablag‘larini boshqa shaxslarga
berishda «vositachi» sifatida xizmat qildi va bu faoliyatdan daromad ola
boshladi.
XX asr o‘rtalarida xalqaro iqtisodiy munosabatlarning internatsiona-
lizatsiyasi boshlanishi bilan, banklarning bir mamlakat
miqyosida faoliyat
ko‘rsatishining samarasizligi ma’lum bo‘lib qoldi. Tijorat banklari valuta
bozorlarida o‘zlarining operatsiyalarini kengaytirdilar. Keyinchalik
buning rivojlanishi natijasida xalqaro hisob-kitob operatsiyalari,
milliy
iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, qimmatli qog‘ozlar bozori
yuzaga keldi.
Sobiq Ittifoq davrida, shu jumladan uning bir bo‘lagi bo‘lgan
O‘zSSRda ham, bank ishi 1917-yil 27-dekabrda qabul qilingan Dekret
bilan davlat monopoliyasiga aylantirildi. Tijorat banklari esa, milliy-
lashtirildi. Ularning vazifalari hisob-kitob-budjet boshqarmalariga
yuklatildi. 1930–1932-yillardagi kredit islohoti natijasida tijorat banklari
tugatilib, ixtisoslashtirilgan davlat banklari tashkil etildi. Davlat banklari
mustaqillikka ega bo‘lmay, uning faoliyati ko‘p hollarda ijro etuvchi
organlarga bog‘liq bo‘lgan. Banklar o‘rtasida
hyech qanday raqobat
bo‘lmagan. Banklar o‘rtasida mijozlar uchun kurash bo‘lmagan. Korxona,
muassasa va tashkilotlarga qaysi banklar tomonidan xizmat ko‘rsatilishi
hokimiyat organlari tomonidan belgilab qo‘yilgan. O‘zSSR bank tizimida
ham xuddi shunday kamchiliklar mavjud edi. Ular to‘liq Markazga
bo‘ysunar va ular tomonidan boshqarilar edi.
O‘zbekiston Rsepublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng, o‘zining
barcha sohalari kabi, bank sohasini ham qayta tashkil etdi. O‘zbekiston
Respublikasida bank tizimining rivojlanishini ikki bosqichga bo‘lishimiz
228
mumkin. Birinchi bosqichda zamonaviy bank tizimining asoslari yaratildi.
1991-yil 15-fevralda qabul qilingan «Banklar va bank faoliyati
to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi bilan O‘zbekiston Respublikasida
bank tizimi tubdan o‘zgartirilib, tijorat banklari tashkil etildi (Mazkur
qonunga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilib, 25-aprel 1996-yilda yangi
tahrirda «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi).
1994-yil 1- iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasi
– so‘m joriy etildi. SO‘Mning joriy etilishi bank tizimiga o‘zining ta’sirini
ko‘rsatdi. O‘zbekiston Respublikasi hududida bank operatsiyalari
(masalan, hisob-kitoblar) milliy valutada amalga oshirila boshlandi. 1995-
yil 21- dekabrda – O‘zbekiston Respublikasining «Markaziy banki
to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu
qonun banklarning banki
hisoblangan – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining huquqiy
holatini belgilab berdi.
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasida, boshqa rivojlangan
davlatlarning bank tizimi singari, ikki pog‘onali bank tizimi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining birinchi pog‘onasini –
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va uning Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi
hududiy boshqarmalari
tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yagona
markazlashtirilgan boshqaruv tizimi bo‘lib hisoblanadi.
Markaziy bank banklarning banki deb ataladi va u O‘zbekiston
Respublikasi bank tizimining o‘zagini tashkil etadi. Markaziy bank
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal
agenti (xazina vakili) hisoblanadi.
Markaziy bank bank sohasidagi markaziy ijro hokimiyati hisoblanadi
va tijorat banklariga nisbatan, boshqarish vakolatiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining ikkinchi pog‘onasini –
tijorat banklari tashkil etadi. «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi
qonunga binoan banklar tijorat tashkiloti bo‘lib,
bank faoliyati deb
hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan
yuridik shaxsdir:
– yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qiladi;
– qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit beradi yoki
investitsiyalash uchun foydalanishi mumkin;
– to‘lovlarni amalga oshiradi.
Ikki pog‘onalik banklar o‘rtasidagi munosabatlar tomonlarning
tengsizligi asosida olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasida tashkil
229
etilgan barcha tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy
bankiga bo‘ysunadi. Markaziy bank bank faoliyatini tartibga solishga oid
me’yoriy aktlarni qabul qiladi. Tijorat banklari o‘rtasidagi munosabatlar
esa, teng huquqlilik asosida olib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilgan barcha banklar bank
faoliyatining subyektlari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida bank operatsiyalari tushun-
chasi berilmagan bo‘lib, faqatgina uning turlari sanab o‘tilgan.
Bank – tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati
deb hisoblanadigan
quyidagi faoliyat turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir:
yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul
qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash
uchun foydalanish;
to‘lovlarni amalga oshirish.
(depozit) – talab qilinishi bilanoq yoki to‘lovni amalga oshiruvchi
shaxs bilan to‘lovni oluvchi shaxs yoxud ularning qonuniy vakillari
o‘rtasida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq to‘lagan holda
yoxud bunday to‘lovlarsiz hammasini qaytarib berish sharti bilan
topshiriladigan pul summasi.
– chet el bankining o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida
amalga oshiradigan sho‘’ba banki bo‘lib, uning
ustav kapitalining
hammasi chet el banki tomonidan to‘lanadi.
Dostları ilə paylaş: