4
madaniyati yuksalgani taraqqiyot dasturi va uni amalga oshirish
strategiyasiga ega bo‘lishni obyektiv zaruratga aylantirdi.
Hozirgi vaqtda moliyaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solish
muammosi – O‘zbekiston davlatining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
hayotida dolzarbligi bilan ajralib turadi.
Zero, hozirgi kunda IIV Akademiyasi tinglovchilariga «Moliya
huquqi» fanidan dars berishda tegishli darslik, o‘quv qo‘llanma va boshqa
adabiyotlarning yetarli darajada ta’minlanmaganligi ham ushbu ma’ru-
zalar kursini tayyorlash va chop etish zaruratini taqozo etmoqda.
Ushbu ma’ruzalar kursining asosiy maqsadi Akademiya tinglov-
chilariga moliya huquqi fanidan o‘quv dasturlarida belgilangan mavzular
doirasidagi bilimlarni berish hamda kelajakda ichki
ishlar organlari
faoliyatidagi moliyaviy-huquqiy munosabatlarni to‘g‘ri qo‘llash haqida
amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishdan iboratdir.
Ma’ruzalar kursi nafaqat IIV Akademiyasi tinglovchilariga, balki IIV
tizimidagi o‘quv muassasalarining tinglovchi va kursantlari, oliy ta’lim
muassasalarining talabalari, moliya huquqi bo‘yicha ilmiy izlanish olib
borayotgan stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilar hamda
moliya huquqi bilan
qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan.