19
tomonlardan biri davlat nomidan harakat qiladi va hokimiyat vakolatiga
ega bo‘ladi. Bu holatni biz ma’muriy huquq tomonidan tartibga
solinadigan munosabatlarda ham ko‘rishimiz mumkin.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar subyektlarining huquq va majbu-
riyatlari, odatda, bir tomonlama tartibda, davlat boshqaruv akti asosida
yuzaga keladi. Moliyaviy munosabatlarni amalga oshirishda tomonlar
o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlar ko‘pincha ma’muriy tartibda hal
qilinadi. Shu sababli, ma’muriy huquqni
va moliya huquqini tartibga
solish usuliga qarab ajratish mushkuldir.
Moliya huquqining konstitutsiyaviy va ma’muriy huquqlar bilan
o‘zaro yaqinligiga karamay, ularni tartibga solish predmetiga qarab
chegaralash lozimdir. Moliya huquqi predmetiga davlat organlarining
davlat pul jamg‘armalarini tashkil etish,
taqsimlash va foydalanish
funksiyalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan munosabatlar kiradi.
Ma’muriy huquq predmetiga – ijro hokimiyati organlari, Vazirlar
Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari
va boshqa organlarning
iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy, ma’muriy-siyosiy sohalardagi va tarmoq-
lararo sohalarni muvofiqlashtirish va tartibga solish faoliyati kiradi.
Moliya huquqi
predmetini esa, mazkur organlar pul jamg‘armalarining
tashkil topishi va uning manbalari, to‘lov turlari, pul jamg‘armalarini
taqsimlash tartibi tashkil etadi.
Moliyaviy munosabatlar jarayonida shunday munosabatlar yuzaga
keladiki, ularni tartibga solishda moliya huquqidan tashqari, ma’muriy
huquqqa ham murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Moliya huquqi davlat
organlarining davlat pul mablag‘larini to‘plash, pul jamg‘armalarini
taqsimlash va uning bajarilishini nazorat qilishni tartibga soladi.
Ma’muriy huquq esa moliya-kredit organlarining tuzilishini, ular
faoliyatini tashkil etish
shakllarini, mansabdor shaxslarni tayinlash va
lavozimidan ozod etish va boshqa shunga o‘xshash munosabatlarni
tartibga soladi.
Moliya huquqi
Dostları ilə paylaş: