O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   161
Moliya huquqi

Pul muomilasi 
pulning naqd pul va naqd pulsiz shakldagi harakati 
bo‘lib, tovarlar muomilasiga xizmat qiladi. 
Yuqoridagi ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, pul muomilasining ikki turi 
mavjud: 
a) pulning 
naqd pul shaklida
, ya’ni pul birliklari (banknotlar va 
tangalar) shaklidagi muomilasidir. Bunda to‘lov vositasi bo‘lib – bir 
subyektning ikkinchi subyektga ma’lum bir tovar, ish yoki xizmat uchun 
va qonunda belgilangan boshqa hollarda (masalan, jarima) beriladigan 
real pul birliklari hisoblanadi; 
b) pulning 
naqd pulsiz shakldagi 
muomilasi. Pulning naqd pulsiz 
shakldagi harakati – bu bir subyektning bankdagi hisob raqamidan 
ikkinchi subyektning usha bankdagi yoki boshqa bankdagi hisob 
raqamiga ma’lum bir pul summasining o‘tkazilishidir. 
Odatda, fuqarolar o‘rtasidagi yoki fuqarolarning tashkilotlar bilan 
bo‘ladigan munosabatlarida naqd pul shaklidagi to‘lov vositasi qo‘lla-
niladi, yuridik shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarda esa, asosan naqd 
pulsiz shakldagi to‘lov vositasi qo‘llaniladi. Yuridik shaxslar ba’zi 


251
hollarda (masalan, ish haqini to‘lash) naqd pul shaklidagi to‘lovlarni 
amalga oshirishlari mumkin. 
Pul massasi 
– bu muomilada bo‘lgan pul birliklari; yuridik shaxslar 
va fuqarolarning bankdagi hisob raqamidan va omonatlarida saqlanadigan 
pul mablag‘lari; banklarning pul majburiyatlaridir.
Pul tizimi rivojlangan davlatlarda naqd pulsiz shakldagi to‘lov 
mablag‘lari har qanday vaqtda naqd pulga va aksincha, naqd pul naqd 
pulsiz shaklga almashtiriladi. 
Naqd pul muomilasi – ularning emissiyasidan, ya’ni pul birliklarini 
muomilaga chiqarishdan boshlanadi. 
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunga 
binoan naqd pul emissiyasi (muomilasi) va ularni tashkil etish, pul 
mablag‘larini muomiladan qaytarib olish Markaziy bank tomonidan 
amalga oshiriladi.
Muomilada bo‘lgan banknotlar va tangalar O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining qat’iy majburiyatlari hisoblanadi va uning barcha 
aktivlari bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga, Markaziy bank yuk qilib 
yuborilgan, yo‘qotilgan, qalbaki, yasama va qonuniy kuchini yo‘qotgan 
banknotlar va tangalarning o‘rnini qoplamaydi.
Markaziy bank banknotlar va tangalarning namunalarini, shuningdek 
ularning dizaynini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Kengashi 
bilan kelishgan holda tasdiqlaydi. Banknot va tangalarning dizayni 
Markaziy bankning mulki hisoblanadi. Markaziy bank yangi namuna-
lardagi banknot va tangalar muomilaga chiqarilishi to‘g‘risidagi axbo-
rotni, shuningdek ularning tavsifini ommaviy axborot vositalarida e’lon 
qiladi.
Banknotlar va tangalarni qalbakilashtirishdan saqlash maqsadida
vaqti-vaqti bilan ularning modifikatsiyasi amalga oshiriladi. Naqd pul 
muomilasini ta’minlash maqsadida yangi qiymatdagi pul birliklari 
chiqarilishi mumkin. 
Muomilada bo‘lgan naqd pul tarkibi hamda naqd pul bilan amalga 
oshiriladigan hisob-kitoblarning to‘xtovsiz olib borilishi uchun Markaziy 
bank javobgar bo‘lib hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasida naqd pul shaklida quyidagi hisob-
kitoblar amalga oshirilishi mumkin: 
korxonalar, muassasalar va tashki-
lotlarning aholi bilan hisob-kitoblari; tovar va oziq-ovqat bozorlarida 
ma’lum bir fuqarolar o‘rtasidagi hisob-kitoblar; aholining moliyaviy-


252
kredit organlari bilan bo‘ladigan hisob-kitoblari; ma’lum bir chegara 
doirasida korxonalar, tashkilotlar o‘rtasidagi hisob-kitoblar. 
Bozor iqtisodiyoti va bank tizimi rivojlangan davlatlarda naqd pul 
shaklida hisob-kitoblarni amalga oshirish – butun pul muomilasining 3–8 
foizidan oshmaydi. Bu davlatlarda xizmatchilarning va boshqa 
xodimlarning ish haqlari bankdagi tegishli hisob raqamlariga o‘tkaziladi. 
Masalan, AKSHda – 1 foiz; Angliyada – 10 foiz; Fransiyada – 10 foizdan 
kamroq; Kanadada – 5 foizga yaqin aholi ish haqini naqd pul shaklida 
olishadi xolos.
Odatda, aholining tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun hisob-kitoblari, 
aksariyat hollarda, naqd pulsiz shaklda, ya’ni: hisobdan-hisobga 
o‘tkazish, cheklar, kredit va magnit kartochkalari orqali amalga oshiriladi. 
Naqd pul muomilasining asossiz kengayishi mamlakat iqtisodiyotida 
pulning taqchilligini va iqtisodiyotning moliyaviy muvozanati buzilishini 
keltirib chiqarishi mumkin. 
Naqd pulsiz shakldagi pul momilasida – tegishli munosabatlar 
subyektlari o‘rtasida to‘lov vositasi sifatida real pul birliklari (banknotlar 
va tangalar) ishtirok etmaydi. Bunday munosabatlarda asosan o‘ziga xos 
simvollar, ya’ni pul massasi muomilasi to‘g‘risidagi raqamli yozuvlar 
foydalaniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin