O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   161
Moliya huquqi

uchinchi turi 
– bu 
banklarning kredit kartochkalaridir. Bu kartochkalar rivojlangan mamla-
katlarda keng qo‘llaniladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va 
tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1994-yil 21-
yanvardagi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy 
faoliyat Milliy banki zimmasiga «VISA» debet va kredit kartochkalarini 
muomilaga chiqarishni jadallashtirish vazifasi yuklatildi.
Kredit kartochkalarining qulaylik tomonlari shundaki, uni maxsus 
hisob-kitob qurilmasiga qo‘yib, kartochka egasi hisob raqami joylashgan 
bank bilan zudlik bilan aloqa o‘rnatiladi hamda kartochka egasi hisob 
raqamidan tovar sotgan, xizmat ko‘rsatgan shaxsning hisob raqamiga 
ma’lum bir pul summasi o‘tkaziladi. Bunday hisob-kitoblarda naqd pul 
birliklari (banknotlar va tangalar) ishtirok etmaydi.
Kassa operatsiyalari – bu naqd pullarni qabul qilish, saqlash va berish 
bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy-texnik jarayonlarning yig‘indisidir. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan jarayonlar moliya huquqi me’yorlari bilan 
tartibga solinadi. 
Kassa operatsiyalarining davlat tomonidan tartibga solinishi qaysi 
subyektlarga nisbatan amalga oshirilishiga qarab, ularni: 
a) bank va boshqa kredit muassasalari; 
b) korxona, muassasa va tashkilotlar; 
d) tovarlar, xizmatlar va ishlar uchun aholidan bevosita to‘lovlarni 
qabul qiluvchi korxonalar va boshqa tashkilotlarning operatsiyalarini 
tartibga solishlarga bo‘lish mumkin. 
Birinchi va ikkinchi guruhlardagi kassa operatsiyalarining tartibga 
solinishi – muomilada bo‘lgan naqd pulning massasini kamaytirishga 
qaratilgan. Bundan tashqari, kassa operatsiyalarini yuritish qoidalariga 
rioya etish – banklar, korxonalar va boshqa subyektlarning shaxsiy 
manfaatini (naqd pullarni) himoya qilishni ta’minlaydi. 
Kassa operatsiyalarini tartibga solishning uchinchi guruhi, birinchi 
navbatda, davlat manfaatlarini, ya’ni soliqqa tortiladigan summalarning 
aniq hisobga olinishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, aholidan naqd pul 
kelib tushishini hisobga olish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bevosita korxona 
mulkdoriga mazkur korxonadagi pul muomilasining holati ustidan nazorat 
olib borish imkoniyatini beradi. 


255
Yuqorida sanab o‘tilgan kassa operatsiyalarini tartibga solishning 
barcha turlari O‘zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati organlari 
tomonidan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasida kassa operatsiyalari O‘zbekiston Res-
publikasi Markaziy bankining 1996-yil 20-apreldagi 5-sonli qarori bilan 
tasdiqlangan «Xalq xo‘jaligida kassa operatsiyalarini yuritish tartibi» 
asosida amalga oshiriladi.
Bu tartibga ko‘ra, barcha davlat, kooperativ, aksioner, ijara, dexqon 
(fermer xo‘jaliklari), jamoa, xususiy, qo‘shma, jamoat va boshqa korxona, 
birlashma, tashkilot va muassasalar (bundan keyin matnda korxonalar deb 
yuritiladi) mulk shaklidan qat’i nazar o‘z pul mablag‘larini bank 
muassasalarida saqlashlari lozim. 
Korxonalarning o‘z majburiyatlari bo‘yicha hisob-kitoblari bank 
muassasalari orqali faqat naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. 
Bank muassasalaridan olingan naqd pullar korxonalar tomonidan 
qaysi maqsadlar uchun olingan bo‘lsa, shu maqsadda foydalanilishi 
lozim.
Korxonalar o‘z kassalarida belgilangan limitlar doirasida naqd 
pullarga ega bo‘lishlari va ulardan belgilangan me’yorlarda foydala-
nishlari mumkin. 
Kassalardagi naqd pul qoldiqlari limiti va ulardan foydalanish 
me’yorlari bank muassasalari tomonidan mazkur korxona rahbarlari bilan 
kelishgan holda belgilanadi. Zarur hollarda yuqorida ko‘rsatilgan limitlar 
qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 
Korxonalar kassalarida belgilangan limitlardan ortiq miqdorda naqd 
pullar mavjud bo‘lsa, ular to‘liq bank muassasasiga berilishi lozim. 
Korxonalar o‘z kassalarida mehnatga haq to‘lash, ijtimoiy sug‘urta 
bo‘yicha nafaqalar, stipendiyalar, pensiyalar berish maqsadida faqatgina 
uch kunlik muddat ichida belgilangan limitdan ortiq bo‘lmagan naqd 
pullarni saqlash huquqiga ega. 
Korxona, muassasa va tashkilotlarga kelib tushadigan hamda ular 
tomonidan beriladigan naqd pullar tegishli ravishda rasmiylashtirilishi 
lozim. 
Asosiy pul hujjatlari – kirim va chiqim kassa orderlari bo‘lib, ular 
boshlang‘ich hujjatlar (shartnomalar, arizalar va boshq) asosida 
rasmiylashtiriladi.
Korxona kassasidan boshqa korxona ehtiyojlari uchun naqd pullarni 
berish taqiqlanadi. Korxonaga kelib tushadigan yoki sarf qilinadigan 


256
barcha naqd pullar kassa daftarida qayd qilinadi. Korxona faqat bitta 
kassa daftarini yuritishi lozim. Kassa daftari nomerlangan va pechat-
langan bo‘lishi lozim. 
Budjet muassasalariga xizmat ko‘rsatuvchi markazlashgan buxgalte-
riyalarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlan-
gan maxsus kassa daftarlarida kassa operatsiyalari qayd qilinadi. Naqd 
pullar berilganida yoki olinganida kassa daftariga tegishli ma’lumotlar 
darhol kiritilishi lozim. Har kuni ish kunining oxirida kassir amalga 
oshirilgan barcha kassa operatsiyalarini hisoblab chiqadi va keyingi 
kunga qolgan naqd pul qoldiqlarini buxgalteriyaga topshiradi.
Kassa daftarining to‘g‘ri yuritilishi ustidan nazoratni korxona bosh 
hisobchisi amalga oshiradi.
Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, kassalarda boshqa korxonalarga 
tegishli bo‘lgan naqd pullarni va boshqa qimmatliklarni saqlash 
taqiqlanadi. 
Korxona rahbari tomonidan belgilangan muddatlarda, lekin 3 oyda 
kamida bir marotaba, korxona kassasi taftish qilinadi. Taftish olib borish 
uchun korxona rahbari tomonidan komissiya tayinlanadi. Taftish 
jarayonida korxona kassasida naqd pulning ortiqchaligi yoki kamomadi 
aniqlangan hollarda ularning summasi va kelib chiqish sharoitlari tegishli 
hujjatlarga kiritiladi. 
Yuqori turuvchi tashkilotlar o‘ziga bo‘ysunuvchi korxonalarda 
hujjatli taftishlar olib borish jarayonida korxona kassasini taftish qilishlari 
hamda kassa intizomiga rioya etilishini tekshirishlari lozim. 
Kassa intizomining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchi-
likda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 
Bank muassasalari korxonalarning «Kassa operatsiyalarini yuritish 
tartibi»ga rioya etishi ustidan tekshirishlar olib boradilar. Budjet muas-
sasalarida esa, bunday tekshiruvlarni tegishli moliya organlari amalga 
oshiradi.
Ichki ishlar organlari o‘z vakolatlari doirasida, kassalar va kassa 
punktlarining texnik mustahkamligini, pullarni va boshqa qimmatliklarni 
qanday saqlanayotganligini tekshiradilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin