O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


 Naqd pulsiz hisob-kitoblarni huquqiy tartibga solish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   161
Moliya huquqi

2. Naqd pulsiz hisob-kitoblarni huquqiy tartibga solish 
Naqd pulsiz hisob-kitoblar tushunchasi va ularni tashkil etish 
asoslari. Naqd pulsiz hisob-kitoblar 
bank hisobvaraqlarida tegishli 


257
summalarni yozib borish vositasida, ya’ni to‘lovchining hisobvarag‘idan 
oluvchining hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazish yoki o‘zaro talablarni 
qarz surishish yo‘li bilan amalga oshiriladigan to‘lovlar majmuidir. Naqd 
pulsiz hisob-kitoblar korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida quyidagi o‘zaro 
munosabatlarni yuzaga keltiruvchi vositadir:
a) o‘zaro munosabatlar (realizatsiya qilingan tovarlar, bajarilgan 
ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash); 
b) moliya tizimi bilan munosabatlar (soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni to‘lash); 
d) kredit tizimi bilan munosabatlar (bank kreditlarini olish va 
qaytarish); 
ye) yuqori boshqaruv organlari bilan munosabatlar (mablag‘larni 
idora ichida taqsimlash va qayta taqsimlash). 
Naqd pulsiz hisob-kitoblar qisman aholi daromadlarini tashkil etish 
va ulardan foydalanishga xizmat ko‘rsatadi (daromadlarning bir qismini 
omonatlarga o‘tkazish, tovarlarga to‘lov uchun cheklardan foydalanish va 
h.k.). 
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni keng qo‘llash mamlakat moliya tizimi 
asosiy bo‘g‘inlarining normal ishlashi uchun katta ahamiyatga ega, 
chunki pul hisob-kitoblari orqali davlat pul mablag‘larining turli 
jamg‘armalarini tashkil etish, ularni taqsimlash va foydalanish hisobini 
yuritadi va nazorat qiladi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning to‘g‘ri tashkil 
etilishi korxona, tashkilot va aholi pul daromadlari bir qismining budjetga 
kelib tushishi hamda budjet hisobidan uzluksiz moliyalashtirish uchun 
yordam beradi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning banklar orqali amalga 
oshirilishi majburiyligi banklarda kredit resurslari hosil bo‘lishini 
ta’minlaydi, pul muomalasini tezlashtiradi, naqd pul muomalasiga ijobiy 
ta’sir ko‘rsatadi. 
Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimi ularni tashkil etishning muayyan 
tamoyillari, shakl va usullariga asoslanadi. Naqd pulsiz hisob-kitoblarning 
umumiy tan olingan tamoyillari quyidagilardan iborat: 
birinchidan
, odatda, hisob-kitoblar mablag‘larni oluvchilar tomoni-
dan tovarlar yuklab berilgan, ish bajarilgan, xizmat ko‘rsatilganidan 
keyin, shuningdek, moliyaviy kredit va boshqa pul majburiyatlarini 
to‘lash (masalan, soliq to‘lovlarini to‘lash, kreditlarni qaytarish va 
hokazolar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish) muddatlari yetib kelganidan 
keyin amalga oshiriladi. Tovarlar, ishlar, xizmatlar uchun oldindan haq 
to‘lash muayyan shart-sharoitlarda amalga oshiriladi. O‘zbekiston 


258
Respublikasi Prezidentining «To‘lov intizomi va o‘zaro hisob-kitoblar 
tizimini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 1996-yil 24-
yanvardagi farmoni bilan, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, respublika 
iste’molchi korxonalari va tashkilotlariga mahsulotlarni yuklab jo‘natish 
faqat yetkazib berish hajmining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda 
oldindan haq to‘langan taqdirdagina amalga oshiriladi. Ushbu chora 
ishlab chiqarilayotgan mahsulot uchun hisob-kitoblar tizimini 
mustahkamlash, tijorat banklari, korxonalar va tashkilotlar to‘lov 
intizomiga rioya etishlari uchun ularning mas’uliyatini oshirish, o‘zaro 
qarzlarning qisqartirilishini ta’minlash uchun qaratilgan; 
ikkinchidan
, hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lovlar, umumiy qoidaga 
ko‘ra, to‘lovchining roziligi bilan amalga oshiriladi. Bunday roziliksiz 
mablag‘larning hisobdan chiqarilishiga qonunchilik bilan qat’iy 
belgilangan hollarda (masalan, inkasso topshiriqnomalari bo‘yicha) ruxsat 
beriladi, bu haqda keyinroq to‘xtalib o‘tiladi;
uchinchidan, to‘lovlar faqat to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘lar 
mavjud bo‘lgan hollarda yoki bank krediti hisobidan amalga oshiriladi. 
Mablag‘lar yetishmagan holda hisob kitob hujjatlari to‘lovchining talab 
qilib olinguncha depozit hisob-varaqlaridan amaldagi qonunchilik bilan 
belgilangan to‘lovlar navbati tartibida to‘lanadi. Masalan, hisobvaraq 
egasining bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq kechiktirib 
bo‘lmaydigan ehtiyojlari uchun mablag‘larni hisobdan chiqarish navbat-
dan tashqari ravishda amalga oshiriladi. Mablag‘lar quyidagi to‘lovlarni 
nazarda tutuvchi to‘lov hujjatlari bo‘yicha hisobdan chiqariladi:
a) budjetga to‘lovlar (davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish, jarima sanksiyalari va davlat bojidan tushgan 
mablag‘lar, respublika va mahalliy budjetlarda to‘planadigan mablag‘lar 
ham shunga kiradi);
b) budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar;
d) mehnat huquqiy munosabatlari va ularga tenglashtirilgan to‘lov-
lardan kelib chiqadigan talablarni qondirish uchun to‘lovlar. Bunda ushbu 
majburiyatlar teng darajada bajarilishi ta’minlanishi kerak. 
Yuqorida ko‘rsatilgan tamoyillarga asosan naqd pulsiz hisob-
kitoblarni tashkil etish umumiy qabul qilingan ayrim talablarga javob 
berishi kerak. Bu talablar: barcha to‘lovlarning o‘z vaqtida 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin