263
mamlakatlar hisob-kitoblar amaliyotida pul-hisob-kitob hujjatlarining
veksellar va cheklar kabi turlaridan ham foydalaniladi.
To‘lov talabnomasi –
mablag‘larni oluvchi tomonidan emitent
bankka jo‘natiladigan va to‘lovchiga muayyan summani ijrochi bank
orqali to‘lash to‘g‘risidagi talabni o‘z ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir.
Bunday talab yuklab jo‘natilgan tovarlar,
bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan
xizmatlar uchun hamda tomonlar shartnomasida nazarda tutilgan boshqa
to‘lovlar bo‘yicha qo‘yilishi mumkin.
To‘lov talabnomalari bo‘yicha hisob-kitoblar to‘lovchining aksepti
bilan ham, uning akseptisiz ham amalga oshirilishi mumkin. Aksept bilan
to‘lanadigan talablar to‘lov summasi to‘lovchisi tomonidan aksept (tan
olish) mavjud bo‘lgan holda qondiriladi.
To‘lov talabnomasi aksepti muddati to‘lovchi bank tomonidan
belgilanadi va qonunchilik bo‘yicha quyidagicha tuziladi:
a) talab kelib tushgan kun hisobga olinmagan holda uch ish kuni – bir
shahar
hisob-kitoblarida;
b) besh ish kuni – boshqa shaharlar mijozlari uchun;
d) o‘n kungacha – to‘lovchining asoslab berilgan iltimosnomasi
bo‘yicha.
Aksept bilan to‘lanadigan talabnoma nusxasi bankka kelib
tushgan
kundan keyingi kundan kechiktirilmagan holda to‘lov vakiliga topshirilib,
1-kartoteka – «To‘lov muddatini kutayotgan hisob-kitob hujjatlari»ga
joylashtiriladi.
To‘lovchi belgilangan muddatda bankka aksept to‘g‘risidagi belgi
bilan talabnomani qaytarishi shart. Agar to‘lovchi aksept uchun
belgilangan muddatda o‘zining roziligi yoki to‘lovni to‘liq yoxud qisman
rad etishi to‘g‘risida ma’lum qilmagan bo‘lsa, talabnoma bank tomonidan
umumiy tartibda akseptlanadi va mablag‘lar to‘lovchi hisobvarag‘idan
oluvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
To‘lovchining depozit hisobvarag‘ida mablag‘lar mavjud bo‘lmagan
taqdirda, to‘lov talabnomasi 2-kartoteka – «Muddatida to‘lanmagan hisob-
kitob hujjatlari»ga joylashtirilib, 3 kun davomida oluvchining bankiga
majburiy tartibda xabarnoma jo‘natiladi. To‘lov talabnomasini to‘lash ushbu
holda mablag‘larning kelib tushish darajasiga
qarab qonunchilikda
belgilangan to‘lovlar navbati hisobga olinib, amalga oshiriladi. To‘lovchining
depozit hisobvarag‘ida mablag‘lar yetishmagan taqdirda, bank talabnoma
bo‘yicha qisman haq to‘lab, qolgan summa talabnomasi qisman to‘langan
summa ko‘rsatilib, 2-kartotekaga joylashtiriladi.
264
To‘lovchiga akseptdan qisman yoki to‘liq bosh tortish huquqi
berilgan bo‘lib, bunda u rad etish sababi ko‘rsatilgan yozma xabarnomani
o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka albatta jo‘natishi shart. Bunday rad
etish to‘lovchi tomonidan to‘lov talabnomasi
aksepti uchun qonunchilikda
nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etiladi. To‘lov talabnomasi akseptini
rad etish bo‘yicha belgilangan muddatlarda
rad javobi olinmagan holda, u
akseptlangan hisoblanadi va to‘lanishi kerak bo‘ladi.
Ayrim hollarda qonun banklarga akseptsiz to‘lovchilar hisobvaraq-
laridan mablag‘larni hisobdan chiqarish huquqini beradi. Bu qoida,
masalan, elektr va issiqlik energiyasi uchun hisob-kitoblarga amal qiladi.
Akseptsiz to‘lanishi kerak bo‘lgan va to‘lovchi
bankiga operatsiya kuni
davomida kelib tushgan talabnomalar shu kunning o‘zida to‘lanadi,
to‘lovchining hisobvarag‘ida mablag‘lar mavjud bo‘lmagan yoki
yetishmagan taqdirda esa, ular 2-kartotekaga joylashtiriladi.
Olingan (inkasso qilingan) summalar ijrochi bank tomonidan zudlik
bilan
emitent banka berilishi shart, u esa, ushbu mablag‘larni mijoz
hisobvarag‘i hisobiga o‘tkazishi kerak.
Dostları ilə paylaş: