265
Ijro hujjatlari asosida hisobvaraqlardan pul mablag‘larini undirib
olish uchun inkasso topshiriqnomalari bank tomonidan ijro
hujjati asl
nusxasi yoki uning dublikati ilova qilingan holda bank tomonidan qabul
qilinadi. Ushbu hujjatlarning nusxalari bo‘yicha hisobvaraqlardan
mablag‘lar chiqarilishiga ruxsat berilmaydi.
Inkasso topshiriqnomasi berilishining to‘g‘riligi uchun javobgarlik
bankka shunday hisob-kitob hujjatini taqdim etgan shaxs zimmasiga
tushadi. Banklar to‘lovchilarning hisobvaraqlaridan pul mablag‘lari
so‘zsiz tartibda hisobdan chiqarilishiga qarshi e’tirozlarni ko‘rib
chiqmaydi.
Inkasso topshiriqnomalari vakolatli organlar va shaxslar tomonidan:
bir shahar hisob-kitoblarida – to‘lovchining hisobvarag‘i
yuritilayotgan
bevosita xizmat ko‘rsatuvchi bankka, boshqa shahar hisob-kitoblari
bo‘yicha esa, faqat xizmat ko‘rsatuvchi bankka taqdim etiladi.
Akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitoblar.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar
ushbu shaklining asosiy mazmuni shundan iboratki, to‘lovchining
topshiriqnomasi va uning ko‘rsatmalariga muvofiq ravishda akkreditiv
ochgan bank (emitent bank) u hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda
nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan
taqdirda, mablag‘larni
oluvchiga to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Emitent bank, agar bu bank mablag‘larni oluvchilarga ham xizmat
ko‘rsatayotgan bo‘lsa, to‘lovchining akkreditiv arizasini mustaqil
bajarishi mumkin. Bordiyu, mablag‘larni oluvchi boshqa bankda depozit
(hisob-kitob) hisobvarag‘iga ega bo‘lsa, emitent bank oluvchining pul
mablag‘lariga xizmat ko‘rsatuvchi bankka akkreditiv berishi kerak, u
akkreditivning to‘lanishini amalga oshiradi (ijrochi bank).
Hisob-kitoblarning akkreditiv shakli, agar u to‘lovchi bilan
mablag‘larni oluvchi o‘rtasidagi shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa,
qo‘llaniladi. Biroq ayrim hollarda hisob-kitoblarning bunday shakli
tuzatib bo‘lmaydigan to‘lovchilarga nisbatan ta’sir chorasi sifatida
belgilanishi ham mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka-
masining «1997-yil IV choragida debitorlik
va kreditorlik qarzlarini
qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1997-yil 29-oktabr 488-
qarorida iste’molchilar (tovar olinganidan keyin 60 kun mobaynida)
to‘lov muddatlarini buzgan holda yetkazib beruvchilar zimmasiga hisob-
kitoblarning faqat akkreditiv shakli bo‘yicha mahsulot berish majburiyati
yuklanishi nazarda tutilgan.
266
Akkreditiv ochish uchun sotib oluvchi
emitent bankka belgilangan
shakldagi akkreditiv uchun ariza berib, unda amal qilish muddati,
to‘lovchining nomi va hisobvarag‘i, emitent bank va ijrochi bank nomi,
akkreditivning amal qilish muddati, shartnoma raqami, tovar, ishlar va
xizmatlar nomi hamda «Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida»gi
nizomda nazarda tutilgan boshqa rekvizitlarni ko‘rsatadi. Akkreditiv
arizaga qo‘shimcha shartlar ham kiritilishi mumkin.
Hisob-kitoblar to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilikda akkreditivlarning
bir qancha turlari nazarda tutilgan:
Dostları ilə paylaş: