O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Naqd pulsiz hisob-kitoblarning huquqiy shakllari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   161
Moliya huquqi

Naqd pulsiz hisob-kitoblarning huquqiy shakllari. 
Naqd pulsiz 
hisob-kitoblar belgilangan shakldagi hisob-kitob hujjatlariga asosan va 
tegishli hujjat muomalasiga rioya etilgan holda olib boriladi. O‘zbekiston 
Respublikasi banklari naqd pulsiz hisob-kitoblarni O‘zbekiston 
Respublikasi Fuqarolik kodeksi (791-moddasi)da nazarda tutilgan 
shakllarda tashkil etadi va amalga oshiradi. Banklarda hisob-kitob 
hujjatlarining xususiyati va hujjat aylanishini tashkil etish xususiyatiga 
qarab naqd pulsiz hisob-kitoblar quyidagi shakllarda olib borilishi 
mumkin: 
to‘lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar; akkreditivlar 
bo‘yicha hisob-kitoblar; inkasso bo‘yicha hisob-kitoblar; cheklar bilan 
hisob-kitoblar.
«Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida»gi nizomga muvofiq ular 
yuqorida ko‘rsatilgan shakllar bo‘yicha amalga oshirilgan vaqtda, 
quyidagi pul-hisob-kitob hujjatlaridan foydalaniladi: memorial order
to‘lov topshiriqnomasi; to‘lov talabnomasi; inkasso topshiriqnomasi; 
akkreditiv uchun ariza; tijorat banki hisob-kitob cheki.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar plastik kartochkalardan foydalangan holda 
ham amalga oshirilishi mumkin.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarning belgilangan shakllari bilan pul-hisob-
kitob hujjatlarini qiyoslab, bir qancha hollarda ular o‘rtasida to‘g‘ridan-
to‘g‘ri o‘xshashliklar borligini payqash qiyin emas. Masalan, bu naqd 
pulsiz hisob-kitoblarning to‘lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar; 
akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitoblar; cheklar bilan hisob-kitoblar kabi 
shakllariga tegishli bo‘lib, hisob-kitob hujjatlarining nomlari ham ularga 
muvofiq keladi.
Ayrim hollarda naqd pulsiz hisob-kitob shaklining nomi pul-hisob-
kitob hujjatining nomi bilan to‘g‘ri kelmasligi ham mumkin, chunki naqd 
pulsiz hisob-kitobning aynan bir shakli turli pul-hisob-kitob shakllaridan 
foydalanilishiga yo‘l qo‘yadi. Xususan, bu inkasso bo‘yicha hisob-
kitoblarga tegishli bo‘lib, ular to‘lov talabnomasi yoki inkasso 
topshiriqnomasi yordamida to‘lovchining hisobvarag‘idan mablag‘larni 
so‘zsiz hisobdan chiqarish uchun rasmiylashtirilishi mumkin. Shu sababli 
naqd pulsiz hisob-kitoblar bilan pul-hisob-kitob hujjatlari nomlari 
o‘rtasida aniq chegara qo‘yish hisob-kitoblar to‘g‘risida qonunchilik 
me’yorlarini yaxshiroq tushunish va bir xil qo‘llash uchun nafaqat 
nazariy, balki juda katta amaliy ahamiyatga ham egadir. 
To‘lov topshiriqnomalari bilan hisob-kitoblar.
Naqd pulsiz hisob-
kitoblar ushbu shaklining asosiy mazmuni shundan iboratki, to‘lovchi 


262
unga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasiga o‘z hisobvarag‘idan 
oluvchining hisobvarag‘iga muayyan summani o‘tkazish to‘g‘risida 
topshiriq berilgan hisob-kitob hujjatini taqdim etadi.
To‘lov topshiriqnomalari bilan tovarlar, ishlar, xizmatlar uchun va 
boshqa to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin. 
To‘lov topshiriqnomasi bank tomonidan faqat mijozning depozit 
hisobvarag‘ida mablag‘lar mavjud bo‘lgan vaqtdagina qabul qilinadi 
(agar bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan 
bo‘lmasa).
To‘lov topshiriqnomalari bankka ular yozilgan kunning o‘zida taqdim 
etiladi, aks holda bank ularni ijro uchun qabul qilmaydi. Bunday cheklash 
to‘lovlarni budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga o‘tkazish 
bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalariga nisbatan amal qilmaydi. 
Yuridik shaxsning talab qilib olinguncha depozit (hisob-kitob) 
hisobvarag‘ida yetarlicha pul mablag‘lari mavjud bo‘lgan holda, 
mablag‘larni hisobdan chiqarish hisobvaraq egasining farmoyishi kelib 
tushishi tartibiga muvofiq uning to‘lov topshiriqnomasi bo‘yicha amalga 
oshiriladi. Yuridik shaxsning talab qilib olinguncha depozit (hisob-kitob) 
hisobvarag‘ida yetarlicha pul mablag‘lari mavjud bo‘lmagan holda esa, 
hisobdan chiqarish to‘lovlar navbati tartibida amalga oshiriladi. 
To‘lov topshiriqnomasi o‘z mazmuni va shakli bo‘yicha «Naqd pulsiz 
hisob-kitoblar to‘g‘risida»gi nizom talablariga muvofiq kelishi shart. 
Ushbu pul-hisob-kitob hujjati muayyan shakldagi blanklarda tuziladi va 
unda majburiy tartibda hujjat nomeri, to‘lovchi va oluvchi banki nomi, 
soliq to‘lovchining identifikatsion nomeri, oluvchi nomi va uning 
hisobvarag‘i nomeri, to‘lov summasi raqamlar va so‘zlar bilan yozilgan 
bo‘lishi hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa rekvizitlar mavjud 
bo‘lishi shart («Naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risida»gi nizom 11-band). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin