O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


 Valutani tartibga solishning huquqiy asoslari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   161
Moliya huquqi

3. Valutani tartibga solishning huquqiy asoslari 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘zining 
milliy valutasini «SO‘M»ni joriy etdi va xorij valutasi ishtirokida 
operatsiyalarni mustaqil ravishda amalga oshira boshladi. Shu o‘rinda 
valutaning o‘zi nima degan savol tug‘ilishi tabiiyki; 
Valuta tushunchasi ikki ma’noda ishlatiladi, ya’ni: 
birinchidan
,
valuta davlatning pul birligi hisoblanadi; 
ikkinchidan,
valuta xorij 
davlatlarining pul birligi, shuningdek xalqaro hisob-kitoblarda qo‘llani-
ladigan va xorij pul birligida ifodalangan kredit va to‘lov hujjatlari 
hisoblanadi. 
Moliyada, shuningdek moliya huquqida «valuta» tushunchasi ko‘pin-
cha ikkinchi (xorij davlatlarining pul birligi) ma’nosida ishlatiladi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda valutani 
ichki va tashki 
valutaga 
bo‘lishimiz mumkin. Ichki va tashqi valuta o‘rtasidagi farqni 
ochib berish uchun:
a) bitta davlat hududida foydalaniladigan va konvertatsiya qilinmay-
digan valuta; 
b) xorij valutasiga almashtiriladigan va xalqaro bozorda to‘lov 
vositasi hisoblanadigan konvertatsiya qilinadigan valuta; 
d) tashqi valuta operatsiyalarida va ba’zi bir subyektlar o‘rtasida 
qisman foydalaniladigan valuta qo‘llaniladi. 


273
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan 
«Valutani tartibga solish to‘g‘risida»gi qonunda ilk bor «valuta» haqida 
tushuncha berildi.
Mazkur qonunning 1-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublika-
sining pul birligi «SO‘M» hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida yagona qonuniy to‘lov vositasi bo‘lgan 
O‘zbekiston Respublikasi pul birligining xarid qobiliyatini mustahkam-
lashga qaratilgan yagona pul-kredit siyosati o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasining valutasi 
– bu: 
– muomilada bo‘lgan, shuningdek muomiladan chiqarilgan yoki 
chiqariladigan, lekin tegishli banknotlar va tangalar bilan 
almashtiriladigan so‘m hisoblanadi; 
– O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi hisob raqamlarda saqlanadi-
gan pul mablag‘lari hisoblanadi; 
– O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida bank va kredit 
muassasalaridagi hisob raqamlarda saqlanadigan pul mablag‘lari. Bu 
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining xorij davlatlari tegishli organi bilan, mazkur xorij 
davlatida O‘zbekiston Respublikasi valutasining qonuniy pul vositasi 
sifatida foydalanish to‘g‘risidagi shartnomasi asosida amalga oshiriladi. 
Bundan tashqari, mazkur qonunning 3-moddasida 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin