47
kengaytirdi. Lekin hozirgi vaqtda huquqni himoya qilishning yuqorida
aytib o‘tilgan ikki tartibi ham moliyaviy munosabatlarda qo‘llaniladi.
Moliyaviy-huquqiy munosabat subyektlarining huquqlarini ma’muriy
tartibda himoya qilish deganda, moliyaviy-huquqiy munosabat subyek-
tining huquqini yoki qonuniy manfaatlarini buzgan davlat organi yoki
mansabdor shaxs xatti-harakati ustidan yuqori turuvchi davlat organiga
yoki yuqori turuvchi mansabdor shaxsga murojaat qilish tushuniladi.
Nizoni ma’muriy tartibda hal etish, uning sudga yoki xo‘jalik sudiga
murojaat etishini istisno etmaydi.
Moliyaviy-huquqiy munosabatlar subyektlarining huquqlari va
qonuniy manfaatlarini sud tartibida himoya qilish O‘zbekiston Respub-
likasi Konstitutsiyasida va joriy qonunlarida huquqiy jihatdan mustah-
kamlangan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-
moddasiga binoan har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali
himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashma-
larining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish
huquqi kafolatlanadi. Bu konstitutsiyaviy norma O‘zbekiston Respub-
likasining 1995- yil 30-avgustda qabul qilingan «Fuqarolarning
huquqlari
va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga
shikoyat qilish to‘g‘risida»gi qonunda yanada aniqlashtirilgan.
Moliya huquqi subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini
himoya qilishda (tiklashda) O‘zbekiston Respublikasining prokuratura
organlari ham katta rol o‘ynaydi. Jumladan, amaldagi qonunchilikka
binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi
prokurorlar faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri – bu inson va
fuqarolarni ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquqlari va erkinliklarini
muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan qonunlarning aniq va bir xilda
ijro etilishi ustidan, shuningdek barcha idoralar, korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar
tomonidan qonunlarning
ijro etilishini nazorat qiladi. Demak, prokuratura organlarining asosiy
vazifalaridan biri – moliya qonunchiligi ijro etilishi ustidan nazorat olib
borishdir. Bunda qonun buzilishi kim tomonidan – davlat hokimiyati yoki
boshqaruvi organlari, moliya-kredit organlari, soliq to‘lovchilar va
boshqalar tomonidan sodir etilganligining ahamiyati yo‘q.
Moliya qonunchiligining bajarilishi sohasidagi vazifalarni bajarish
uchun prokuratura organlari o‘z vakolatlari doirasida tekshiruvlar
o‘tkazishlari mumkin. Bunday tekshiruvlar moliyaviy
huquqbuzarlik
bo‘yicha kelib tushgan ariza, shikoyat va boshqa ma’lumotlar asosida olib
48
boriladi. Agar qonunchilik buzilishi aniqlangan bo‘lsa, u holda qonun
buzilishini bartaraf etish bo‘yicha taqdimnoma kiritilishi; qonunga zid
bo‘lgan
normativ hujjatga nisbatan, ana shu hujjatni chiqargan organga
yoki yuqori turuvchi organga protest keltirilishi; mansabdor shaxs yoki
fuqaro tomonidan qonunning buzilishi mazmunidan kelib chiqqan holda
jinoiy, ma’muriy yoki intizomiy ish qo‘zg‘atilishi mumkin.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan moliya huquqi subyektlarining huquqlarini
himoya qilish choralari, birinchidan, ularning huquqlari va qonuniy
manfaatlarini davlat organlarining noqonuniy harakatlaridan himoya
qiladi;
ikkinchidan, davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning
moliyaviy manfaatlarini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: