2. Davlat krediti (davlat ichki qarzi)ni huquqiy boshqarish
«Davlat krediti» tushunchasi.
Umumdavlat ehtiyojlarini qondirish
uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘larining asosiy massasi xo‘jalik
subyektlari va jismoniy shaxslar tomonidan budjet daromad qismiga
kiritiladigan majburiy to‘lovlarni belgilash orqali yo‘naltiriladi. Qo‘shimcha
pul mablag‘larini tashkil etish maqsadida davlat ularni jalb etishning ixtiyoriy
usullarini qo‘llashi ham mumkin. Shu asosda moliyaviy munosabatlarning
maxsus tizimi – davlat krediti vujudga keladi.
Kredit
(lot.
creditium
–
ccuda
) – pul yoki tovarlarni, odatda, foizlar
to‘lab, qaytarish sharti bilan berish bo‘lib, kreditor bilan qarz oluvchi
o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Kreditor
kredit munosabatlari qatnashchilaridan biri bo‘lib, ssuda
beruvchi subyekt sifatida ishtirok etadi. U qarz oluvchi uning foydasiga
muayyan harakatlarni amalga oshirishi, masalan, mulkni berishi, pul
to‘lashi lozim bo‘lgan u yoki bu majburiyatning tomonidir.
Qarz oluvchi – kredit munosabatlari subyektlaridan biri bo‘lib,
vaqtincha qarzga olingan mablag‘larning qaytarilishini kafolatlaydi.
Qarzni qaytarishdan tashqari, odatda, qarzdor ssudadan foydalangani
uchun kreditorga foiz to‘laydi.
Davlat kreditida kredit munosabatlari subyektlari, bir tomondan –
davlat, ikkinchi tomondan – yuridik va jismoniy shaxslar bo‘ladi. Bunda
davlat ushbu munosabatlarda ko‘rsatilgan subyektlarning vaqtincha bo‘sh
turgan pul mablag‘larini qarzga oluvchi sifatida qatnashadi.
163
Davlat krediti asosidagi muddatlilik, qaytarishlik va maqsadga
muvofiqlik tamoyillari har qanday kredit munosabatlari, shu jumladan
bank krediti uchun ham xos bo‘lgan xususiyatlardir. Shu bilan birga,
davlat krediti bilan bank krediti o‘rtasida katta farqlar, avvalambor, o‘ziga
xos xususiyatlari bo‘yicha farqlar mavjud.
Davlat krediti bo‘yicha munosabatlarda hamma vaqt davlat yuqori
turadi. Ushbu munosabatlarda davlat qarz oluvchi (qarzdor) bo‘lib, bir
tomonlama tartibda kredit shartlari (masalan, qarzning muddati, u
bo‘yicha daromadlarni to‘lash tartibi va shartlari)ni belgilaydi. Boshqacha
aytganda, bu munosabatlarda tomonlar tengligi yo‘q, shu boisdan ular
moliyaviy-huquqiy tartibga solish obyekti hisoblanadi. Bank kreditida
tomonlar teng huquqlarga ega bo‘lib, ularning munosabatlari bank krediti
shartnomasi bilan tartibga solinadi va muvofiq ravishda fuqarolik huquqi
me’yorlari bilan tartibga solinadi. Boshqa farqli belgi shundan iboratki,
davlat kreditida uzoq muddatli qarzlarni bank krediti bo‘yicha uzoq
muddatli shartnomani tuzish vaqtida majburiy shart hisoblangan biror-bir
kafolat bilan ta’minlash nazarda tutilmagan.
Maxsus adabiyotlarda davlat kreditining maqsadli yo‘nalishi
to‘g‘risidagi masala yuzasidan turli qarashlar mavjud. Ulardan biriga
muvofiq davlat tomonidan kredit yordamida olingan pul mablag‘lari
maxsus maqsad uchun belgilanmagan bo‘lib, ular xalq xo‘jaligi umumiy
ehtiyojlari va ijtimoiy-madaniy chora-tadbirlar uchun foydalaniladi.
Boshqa nuqtai nazar bo‘yicha davlat kreditining an’anaviy roli
hamma vaqt budjet taqchilligi mavjud bo‘lgan holda, davlat xarajatlarini
o‘z vaqtida moliyalashtirishni ta’minlashdan iborat bo‘ladi.
Bunday yondashuv, ehtimol, jahon tajribasida davlat krediti, odatda,
ayniqsa budjet taqchilligini qoplash uchun jadal foydalanilishi shart-
sharoitlari natijasida kelib chiqqandir.
Davlat kreditining haqiqiy imkoniyatlari anchagina kengroq, ammo
ular muayyan maqsadlarga erishish uchun yo‘naltirilgan bo‘lishi, ya’ni
har holda maxsus maqsadlarga ega bo‘lishi lozim. Bu yerda gap shundaki,
davlat yuridik va jismoniy shaxslarning faqat oddiy qarzdori bo‘lish
uchungina emas, balki davlat va jamiyat uchun katta ijtimoiy va iqtisodiy
ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan
qo‘shimcha mablag‘larni budjetga yo‘naltirish maqsadida kreditdan
foydalanadi va qarzga pul oladi. Davlat budjeti taqchilligini
moliyalashtirish – muhim vazifa, ammo u davlat kreditining asosiy, bosh
vazifasi hisoblanmaydi.
164
Qayd etilgan nazariy yondashuvlar qonunchilik amaliyotida ham
amaliy ifodasini topdi. Masalan, «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi qonun 40-
moddasiga muvofiq davlat ichki va tashqi qarzlari quyidagi maqsadlar
uchun amalga oshirilishi mumkin:
1) iqtisodiyotni rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlarini, shu jumladan,
ustuvor investitsion dasturlarni moliyalashtirish uchun;
2) kelib tushish vaqti nomuvofiqligi natijasida yuzaga kelgan davlat
budjeti daromadlari bilan xarajatlari o‘rtasida yil ichidagi uzilishlarni
tenglashtirish uchun;
3) mavjud qarzni qayta moliyalashtirish uchun;
4) budjet taqchilligini moliyalashtirish uchun;
5) tabiiy ofatlar yoki boshqa favqulodda vaziyatlar bilan bog‘liq
holda mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlarni qoplash uchun.
Bizning mamlakatimizda davlat kreditini tashkil etish asoslari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, boshqa qonunchilik hujjatlari
hamda qonun kuchiga ega bo‘lgan normativ hujjatlarda mustahkamlab
berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga muvofiq
kredit ishini qonuniy tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi zimmasiga yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar
Mahkamasi to‘g‘risidagi qonuni bilan davlat pul-kredit tizimini
mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilish uning vakolatlariga
kiritilgan. Davlat kreditiga taalluqli juda muhim me’yorlar «O‘zbekiston
Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi qonunida ham berilgan.
Unda Markaziy bank respublika Hukumati bilan kelishilgan holda davlat
qarzi hisobini yuritadi, davlat zayomlarini joylashtirish, ularni so‘ndirish
va ular bo‘yicha foizlar to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni
amalga oshiradi. Shunday qilib, davlat krediti bo‘yicha munosabatlar
mustahkam qonunchilik bazasiga ega. Davlat kreditining ko‘pgina
prinsipial masalalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari,
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
banki va Moliya vazirligining normativ hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ayrim mamlakatlarda, masalan, Rossiya Federatsiyasida davlat
krediti masalalari maxsus normativ hujjat bilan tartibga solinadi. Rossiya
Federatsiyasining «Rossiya Federatsiyasi davlat ichki qarzlari
to‘g‘risida»gi qonuni shunday hujjat hisoblanadi.
Yuqorida bayon etilganlarni hisobga olgan holda,
davlat krediti –
davlat tomonidan mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng
165
muhim masalalari hamda budjet defitsitini qoplash uchun zarur bo‘lgan
qo‘shimcha moliyaviy resurslarni yo‘naltirish maqsadida yuridik va
jismoniy shaxslarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini qaytarishlik,
muddatlilik, maqsadga muvofiqlik va ixtiyoriylik tamoyillariga asosan
jalb etish bo‘yicha moliya huquqi bilan tartibga solinadigan
munosabatlardir.
Davlat moliya mexanizmining barqaror ishlashi uchun davlat
kreditining ahamiyati yetarli darajada ko‘p tomonlamadir. Bunda uning
roli yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘-
laridan foydalanish orqali davlat budjeti daromadlarini to‘ldirishning
qo‘shimcha manbalarini jalb etish imkoniyatini ta’minlash bilan
belgilanibgina qolmasdan, balki qo‘shimcha pul mablag‘larini
muomalaga chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan emissiya faoliyatini talaygina
cheklash imkoniyatini ham beradi. Bu esa, o‘z navbatida, pul
muomalasini barqarorlashtirish, xalq xo‘jaligida hisob-kitoblar ahvolini
yaxshilash, milliy valutani mustahkamlashning muhim omilidir.
Davlat krediti bo‘yicha moliyaviy-huquqiy munosabatlarni amalga
oshirish natijasida davlat ichki qarzlari shakllantirilib, ular moddiy nuqtai
nazarda
kapital
va
joriy
qarzlar bo‘lishi mumkin. Birinchi holda bu –
so‘ndirilmagan (to‘lanmagan) qarz majburiyatlari va ular bo‘yicha
to‘lanmagan foizlar bo‘yicha,
ularni so‘ndirish muddatidan qat’i nazar
,
davlat qarzlari umumiy summasidir, ikkinchi holda esa – davlatning
muddatlari yetib kelgan,
barcha qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlari
summasidir.
Huquqiy nuqtai nazardan
davlat ichki qarzi
O‘zbekiston Respub-
likasining davlat ichki qarzlari natijasida vujudga kelgan majburiyatlari
majmuidan iboratdir.
Davlat ichki qarzlari deganda,
ichki manbalar
(yuridik va jismoniy shaxslar – rezidentlar)dan aktivlarni jalb etish
tushunilib, ular bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qarzdor sifatidagi
yoki O‘zbekiston Respublikasi qarzdorlari-rezidentlari kreditlari (qarz-
lari)ni so‘ndirish kafili sifatidagi majburiyati yuzaga keladi. O‘zbekiston
Respublikasi kafolatlari faqat yuridik shaxslar – rezidentlar majburiyatlari
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat
bergan davlat tashqi qarzlari bo‘yicha organ tomonidan taqdim etiladi.
Dostları ilə paylaş: |