O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


 «Davlat xarajatlari» tushunchasi, tizimi va asosiy prinsiplari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   161
Moliya huquqi

3. «Davlat xarajatlari» tushunchasi, tizimi va asosiy prinsiplari 
Bozor iqtisodiyoti sharoitiga o‘tishda O‘zbekiston Respublikasi 
xarajatlarining tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari. 
Davlat 
moliyaviy mablag‘larni taqsimlash va ulardan foydalanish orqali o‘z 
oldida turgan vazifa va funksiyalarning bajarilishini ta’minlaydi. 
Oldingi mavzulardan ma’lumki, davlat moliyaviy faoliyatining bir 
tomonini – davlat xarajatlari tashkil etadi. Davlat xarajatlari moliyaviy 
faoliyatning ikkinchi tomoni bo‘lgan – markazlashgan va markazlash-
magan pul mablag‘lari jamg‘armalarini tashkil etish bilan chambarchas 
bog‘liqdir. Bu ikki moliyaviy faoliyat doimiy va kundalik faoliyat 
hisoblanadi. 
Davlat xarajatlari keng va ko‘p kirrali tushunchadir. 
Davlat xarajatlari 
– bu huquqiy me’yorlar bilan tartibga solingan 
iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, markazlashgan va markazlashmagan pul 
mablag‘lari jamg‘armalarini taqsimlash va foydalanish jarayonida yuzaga 
keladi hamda uning to‘xtovsiz funksiyalanishini ta’minlaydi. 
Davlat xarajatlarining rivojlanishi davlatning xo‘jalik va madaniy-
tarbiyaviy funksiyasi bilan, bozor iqtisodiyotini shakllantirish bilan 
bevosita bog‘liqdir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish turli mulk shakllariga 
asoslangan xo‘jalik tuzilmalarini tashkil etish, ularni o‘zini o‘zi mablag‘ 
bilan ta’minlashga o‘tkazish, bu korxona va tashkilotlarning xarajatlari 
hajmini oshirish orqali amalga oshiriladi. Davlat xarajatlari davlat va 
mahalliy budjetlarda, shuningdek vazirliklar, qo‘mitalar, korxona va 
tashkilotlarning moliyaviy rejalarida va smetalarida nazarda tutiladi. 
Budjetlarni tayyorlashda markazlashgan va markazlashmagan pul 
jamg‘armalarining o‘zaro nisbati belgilanadi. 


172
Markazlashgan davlat xarajatlari davlat budjeti va davlat budjetidan 
tashqari jamg‘armalar hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat xarajatlarining hajmi davlat daromadlaridan, iqtisodiy 
ko‘rsatkichlardan, birinchi navbatda milliy daromadni tashkil etishdan 
kelib chiqkan holda belgilanadi. 
Budjet xarajatlari davlat xarajatlarining bir qismi bo‘lib hisoblanadi. 
Uning davlat xarajatlarida tutgan o‘rni davlatning iqtisodiy siyosati, 
birinchi galda korxona va tashkilotlarning xo‘jalik mustaqilligiga ega 
bo‘lishiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Lekin hamma vaqt budjet 
xarajatlari davlat xarajatlarida begilovchi rolni o‘ynaydi. 
Budjet xarajatlari obyektiv iqtisodiy kategoriya hisoblanib, ikki 
tomonlama xususiyatga ega. Bir tomondan – bu xalq xo‘jaligini 
moliyalashtirishdagi davlat xarajatlari hisoblanadi; ikkinchi tomondan – 
bu korxona, muassasa va tashkilotlarning daromadlari bo‘lib, uning 
hisobidan maqsadli pul jamg‘armalari tashkil etiladi. Amaldagi qonun-
chilik asosida davlat budjet mablag‘lariga egalik qiladi hamda budjet 
qonunchiligida belgilangan hajmlarda pul mablag‘larini ajratadi. 
Davlat hokimiyati organlari, davlat boshqaruvining umumiy vakolatli 
organlari hamda moliya-kredit tizimi organlarining budjet xarajatlariga 
ta’sir etishi – butun xarajatlar sikli davomida, ya’ni pul mablag‘lariga 
bo‘lgan ehtiyojning yuzaga kelishidan boshlab, to uning to‘liq 
qondirilishiga qadar davom etadi. 
Budjetdan moliyalashtiriladigan xalq xo‘jaligi va ijtimoiy - madaniy 
sohalardagi xarajatlar hajmi moliyalashtiriladigan sohaning davlat 
boshqaruvi tizimida tutgan o‘rni hamda, o‘tkaziladigan tadbirlarning 
ahamiyati bilan belgilanadi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, budjet mablag‘lari hisobidan 
moliyalashtiriladigan davlat xarajatlari ikki guruhga bo‘linadi: 
a) har yili takrorlanib turadigan xarajatlar 
(masalan, o‘quv yurtla-
rining, kasalxonalarning ishlashini ta’minlash uchun ketadigan xarajatlar); 
b) keyingi budjet davriga nazarda tutiladigan yangi xarajatlar 
(masalan, boshlangan qurilish ishlarini tugatish, kasalxonalarning yangi 
korpuslarini qurish uchun mo‘ljallangan xarajatlar va boshq.). 
Budjet xarajatlarini moliyalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan 
munosabatlarda moliya organlari faol ishtirok etadi. Jumladan, moliya 
organlari budjet xarajatlarining ro‘yxatini tuzadi, kreditlar ochadi, ularni 
chaqirib oladi hamda budjet mablag‘laridan foydalanish ustidan doimiy 
nazoratni olib boradi.


173
Budjet moliyalashtirishi bo‘yicha bo‘ladigan munosabatlarda kredit 
organlari ham ishtirok etadi. Kredit muassasalari (masalan, banklar) 
o‘zlarida korxona va tashkilotlarning hisob-kitob, joriy (budjet) 
schotlarini ochadilar, budjetdan mablag‘lar oladilar. Bu muassasalar 
budjetning kassa ijrosida ishtirok etib, moliyaviy intizomga rioya etilishi 
ustidan nazoratni amalga oshiradilar. 
Budjet kreditlariga egalik qiluvchilar – korxona, muassasa va 
tashkilotlarning rahbarlari, ularga ajratilgan budjet mablag‘lariga egalik 
qilish, quyi turuvchi budjet kreditlari egalariga mablag‘lar ajratish orqali 
budjet moliyalashtirishida ishtirok etadilar. 
Budjet xarajatlari sohasidagi moliyaviy munosabatlar huquqiy 
munosabatlar bo‘lib hisoblanadi va unda ishtirok etuvchi tomonlar teng 
huquqga ega emas. Budjet xarajatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga 
solish vakolati berilgan va davlat nomidan harakat qiladigan davlat 
organlari – budjet mablag‘ini oluvchi ikkinchi tomonga nisbatan davlat-
hokimiyat ta’siri usulini qo‘llaydi.
Davlat bir tomonlama tartibda budjetdan moliyalashtiriladigan 
xarajatlarning turlarini, xarajatlar me’yorini, moliyalashtirish obyektini 
hamda har qanday qoidabuzarliklar uchun javobgarlikni belgilaydi. 
Shuni ham nazarda tutish kerakki, bu moliyaviy munosabat turlarida 
ishtirok etuvchi boshqa organlar singari, moliya organlari operativ 
mustaqillik huquqiga ega emas, ya’ni ularning vakolatiga budjet 
xarajatlarining maqsadga muvofiqligini, hajmi va muddatlari to‘g‘risidagi 
masalalarni hal etish kiritilmagan. Sababi, barcha holatlar davlat 
hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan oldindan belgilanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin