“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 1, ISSUE 5, 2023. AUGUST ResearchBib Impact Factor: 8.654/2023 ISSN 2992-8869 397
o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilar zehnini o‘stirish, tez hisoblash
ko‘nikmalarini oshirishga yordam beradi. O‘z fanini sevuvchi, kasbining fidoiysi
bo‘lgan o‘qituvchi va mohir pedagoglar darslarni tashkil etishda o‘quvchilar
qiziqishini oshirish va darslarni jonlantirish uchun turli metod va o‘yinlardan
foydalanadi. Bunday metod va o‘yinlar bolalarni darsga bo‘lgan qiziqishlarini
yanada orttishiga ular orasidagi do‘stlik, ahillik, birdamlik kabi tushunchalarni
shakllanishida, guruh va jamoa bo‘lib
uyishib ishlash, liderlik, boshqaruvchilik qobilyatlarini, chaqqon va uddaburon bo‘lish kabi keng ko‘lamdagi bir qator
tushunchalarni shakllanishida katta rol o‘ynaydi. O‘yin asosida o‘tilgan darslar
xotirada uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi. Qolaversa, bunday noodatiy darslarni
o‘quvchilar ham yaxshi ko‘radilar.
Didaktik o‘yinlar ta’limiy o‘yin sifatida bolalarning yosh xususiyatlariga mos
keladigan o‘yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o‘yinlarning muhim belgisi undagi
qoidalarning mavjudligidir. Zero, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun didaktik
o‘yinlar bilim olishning faollashtiruvchi ish turlaridan biri bo‘lib o‘quvchilarda
tafakkur, og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantiradi. Didaktik o‘yinlar
o‘quvchilar uchun qiyin bo‘lgan bilim olish jarayonini yengillashtiradi. Didaktik
o‘yinlar o‘qish darslarida o‘quvchilarning qiziqishini o‘stiruvchi vosita hisoblanadi.
Ta’limiy o‘yinlardan, mavzuga oid oddiy qiziqarli savol-javoblardan darsning
ma’lum qismida foydalanish lozim. Boshqotirma, tez aytish kabi musobaqali
o‘yinlar muntazam o‘tkazib turilsa, o‘quvchilarda ma’lum bir ko‘nikmalar hosil
bo‘lib boradi. Dars jarayonlarida o‘yinlarni to‘g‘ri tashkil etish va o‘tkazishda
vazifalar, qoidalar va ularning natijalarini tashkil qilishni aniq belgilab olish lozim.
Darslarda o‘tkazilgan didaktik o‘yinlar orqali bolaning tortinchoqlik, xato
qilishdan qo‘rqish kabi noqulayliklari barham topadi. O‘yin orqali jamoada ishlashni
o‘zi bajarayotgan vazifaga ongli yondashishni, zimmasidagi mas’uliyatni his qila
boshlaydi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilar ongiga singdirilayotgan nazariy bilimlarni