6-ma’ruza Ishlatish va haydash quduqlarining yer usti jihozlari



Yüklə 52,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix27.12.2023
ölçüsü52,63 Kb.
#198853
1   2   3   4
6-ma’ruza (2)

Quvur 
boshchalari 
neft, 
gaz 
va 
gazokondensat 
quduqlarida 
mustahkamlovchi quvurlarni joylashtirish uchun qo‘llaniladi. Ular kolonnani tutib 
turish, kolonnalararo oraliqni zichlash, undagi bosimni boshqarish va qator 
texnologik ishlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. 


Quduqlarni burg‘ilash jarayonida kolonna boshchasiga preventor 
joylashtirilsa, ishlatishda esa favvora armaturasi joylashtiriladi (2.17-rasm). 
Mustahkamlovchi boshchalari ikki turda ishlab chiqariladi: 
bir flanetsli, quyi qismi konduktorga qotiriladi; korpus va korpusning yuqori 
qismidagi flanetsga texnik va ishaltish kolonnasi o‘rnatiladi va qotiriladi; 
ikki flanetsli oraliq, korpusning quyi flanetsiga konduktor yoki quyi kolonna 
boshchasi o‘rnatiladi; korpus va korpus yuqori qismidagi flanetsga texnik, oraliq 
yoki ishlatish kolonnalari o‘rnatiladi yoki qotiriladi. 
2.18-rasm. Mustahkamlovchi quvurlarni joylashtirishning namunaviy sxemalari: 
I, II, III sxemalar – mos ravishda bir, ikki va uch kolonnali quduq konstruksiyasi; 
IV, V, VI sxemalar – mos ravishda uzaytirilgan bir, ikki va uch kolonnali quduq 
konstruksiyasi; 1-ishlatish kolonnasi; 2,3-oraliq kolonna; 4-konduktor; 5- kolonna 
flanetsi; 6-quyi kolonna boshchasi; 7-o‘rta (oraliq) kolonna boshchasi; 8-flanetsli 
katushka; 9-yuqori kolonna boshchasi.
Mustahkamlovchi quvurlar klinli va muftali ilgichli kolonnalari yordamida 
o‘rnatiladi. Klinli ilgichlar – uch-olti to‘plamli tishsimon nasechkali klinlardan 
iborat; muftali ham huddi klinlidek, faqat rezbali birikmalar qo‘llaniladi. 


Bir flanetsli kolonna boshchalari yordamida obsad kolonnasini bog‘lash 
uchun qo‘llaniladigan jihozlar ikki turda ishlab chiqariladi:
Mustahkamlovchi quvurlarining muftali ilgichli OKM; 
Mustahkamlovchi quvurlarining klinli ilgichli OKK. 
OKK turidagi jihozlar alohida yig‘iladigan birliklar – kolonna 
boshchalaridan tashkil topgan. Konduktorning yuqori uchiga biriktiriladigan quyi 
kolonna boshchasini (GNK) konduktorga uchta variantda biriktiriladi: 
Boshcha korpusidagi ichki rezba yordamida; tashqi rezba yordamida; 
payvandlash. 
Mustahkamlovchi muftali quvurlarning OKM turidagi quvur boshchalari 14 
MPa ishchi bosimga tayyorlanadi (TU 26-02-201—76 «Oborudovanie dlya 
obvyazki obsadnыx kolonn tipa OKM»). 
Klinli OKK turidagi quvur boshchalari 21, 35 va 70 MPa ishchi bosimga 
tayyorlanadi (TU 26-02-579—74 «Oborudovanie dlya obvyazki obsadnыx kolonn 
tipa OKK» va TU 26-02-728—76 «Oborudovanie ustya neftyanыx i gazovыx 
skvajin na rabochee davlenie 70 MPa»). 

Yüklə 52,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin