Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   363
Klinikasi.  Ko’pincha  divertikullar  unchalik  jiddiy  buzilishlar  keltirib 

chiqarmaydi  va  rentgenologik  tekshiruv  vaqtidagina  aniqlanadi.  15-20% 

bemorlarda  noxush  sezgi  suyuqlik  ichilgandan  yoki  qoringa  bosilgandan  keyin 

yo’qoladi.  Ba’zan  to’sh  sohasida  og’riq  sezgisi,  qayt  qilish,  aerofagiya,  yo’tal, 

ishtaha  yo’qolishi  va  ko’ngil  aynishi  kuzatiladi,  qizilo’ngachdan  qusish  yuz 

berishi  ham  mumkin.  Katta  hajmdagi  divertikul  qizilo’ngachni  bosib  qo’yishi 

mumkin,  shunga  ko’ra  ko’krakda  og’riq  (ayniqsa  ovqatdan  keyin)  paydo 

bo’ladi,  bu  yurak  urishi,  nafas  qisishi  bilan  o’tadi.  Bu  simptomlar  divertikul 

bo’shalgandan keyin yo’qoladi. 

Divertikullar  rentgenologik  jihatidan  oson  aniqlanadi.  Bevosita  diafragma 

ustida  qizilo’ngach  devorining  turli  o’lchamdagi  bo’rtib  chiqqan  yumaloq  yoki 

tuxumsimon  konturlari  aniqlanadi.  Kasallik  juda  sekin  kechadi.  Ko’p  hollarda 

divertikul o’lchami asta-sekin kattalashadi. 

Epifrenal  divertikullarni  diafragmaning  qizilo’ngach  teshigi  churralaridan 

farq  qilish  lozim.  Kamdan-kam  hollarda  unchalik  katta  bo’lmagan 

divertikullarni  qizilo’ngach  yarasidan  farq  qilishda  qiyinchilik  vujudga  keladi. 

Divertikul  bilan  megaezofagus  (kardiya  axalaziyasi)  belgilarining  birmuncha 

o’xshashliklari  bor.  Xalqum-qizilo’ngach  divertikullariga  davo  qilish  – 

konservativ.  Davolash  parhezga  qat’iy  rioya  qilish,  divertikulni  drenajlash, 

yuvishdan  iborat  va  operatsiya  qilib  davolashga  monelik  bo’lgandagina 

qo’llaniladi.  Operatsiya  qilmasdan  davolashda  o’lim,  divertikuldagi  turli  xil 

asoratlarga bog’liq va 33%ni tashkil etadi. Operatsiya qilib davolash divertikulni 

kesish  yoki  invaginatsiya  qilishdan  iborat.  Divertikuldagi  yallig’lanish 

hodisalarini  to’xtatishga  qaratilgan  konservativ  davolash  eng  zarur  tadbir 

hisoblanadi  (qattiq  parhez,  7-10  kungacha  yallig’lanishga  qarshi  vositalar  va 

antibiotiklar ishlatish). 

To’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon  mushakning  oldingi  cheti  bo’ylab  kesiladi, 

qalqonsimon  bez  chap  bo’lagini  yuqoriga  va  o’ngga  suriladi.  Oldin  quyi 




 

273 


qalqonsimon  arteriyani  bog’lab  m.  omohyoideus  ni  yuqoriga  suriladi.  Shundan 

keyin  jarohatda  qizilo’ngach  va  divertikul  ko’rinib  turadi.  Divertikulni  hamma 

tomondan  bo’ynigacha  ajratiladi,  choklar  bilan  tikiladi  va  kesib  olib  tashlanadi 

T.A.  Suvorova  UKL-40  apparati  yordamida  mexanik  chokdan  foydalanishni 

tavsiya  etadi.  Divertikul  olib  tashlangandan  keyin  mushaklar  va  fastsiyalarga 

choklar solinadi. Jarohatni pishiq qilib tikiladi. Ovqat eyish va suyuqlik ichishga 

3-4 sutkalarning oxiriga kelib ruxsat beriladi. 

Divertikul  invaginatsiyasi  (Girard)  –  divertikulni  qizilo’ngach  bo’shlig’iga 

joylashdan 

iborat. 


Bunday 

operatsiyani 

unchalik 

katta 


bo’lmagan 

divertikullardagina  qo’llaniladi.  Hozirgi  vaqtda  qizilo’ngach  divertikullarini 

operatsiya yo’li bilan davolashdagi xavf-xatar birmuncha yuqori. Shuning uchun 

divertikullarni  taxminan  10-15%  bemorlarda  operatsiya  qilinadi,  xolos.  Yaxshi 

bo’shalmaydigan,  ko’pincha  yallig’lanib  turadigan  va  ro’yi  rost  klinik  belgilari 

bo’lgan  o’lchami  katta  divertikul  xirurgik  davolash  uchun  ko’rsatma 

hisoblanadi. 

Parabronxial  divertikullarni  o’ng  tomonlama  torakotomiya  bilan  VI 

qovurg’alar  orasida,  epifrenal  divertikullarni  chap  tomonlama  torakotomiya 

bilan  VII-VIII  qovurg’alar  orasida  operatsiya  qilgan  ma’qulroq.  Plevra 

bo’shlig’i ochilgandan keyin mediastinal plevra qirqiladi, qizilo’ngach topiladi. 

Qizilo’ngachga burun orqali zond kiritiladi va uni havo bilan kengaytiriladi. Bu 

divertikulni  topish  va  ajratishni  birmuncha  osonlashtiradi.  Divertikulni 

oyoqchasigacha ajratiladi. Diametri 2 sm gacha bo’lgan divertikullar jimjimador 

choklar  bilan  tikilishi  mumkin.  O’lchami  2  sm  dan  katta  divertikullar  esa  olib 

tashlanadi. Divertikul bo’ynini uzluksiz yoki boshqacha chok bilan tikiladi, katta 

divertikullarda  mexanik  chok  qo’llaniladi.  Choklarning  ikkinchi  qatorini 

qizilo’ngachning  mushak  pardasiga  qo’yiladi.  Choklarning  chizig’ini  parietal 

plevra  (Depk),  o’pka  to’qimasi  (Nissen),  diafragma  laxtagi  (B.V.  Petrovskiy, 

T.A.  Suvorova),  kapron  devor  (A.A.  Vishnevskiy)  va  shu  kabilar  bilan 

mahkamlanadi. Bu tadbirlar choklarning sitilib ketmasligi uchun qilinadi. 



 

274 


Operatsiyadan  keyingi  asoratlar  qatoriga  yana  zotiljam  va  qizilo’ngach 

torayishini kiritish mumkin. 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin