hodisasini yig’ib tasvirlaganlar; ulardan 47 tasi operatsiya vaqtida, qolganlari
autopsiya vaqtida aniqlangan. 96 hodisada o’smalar simptomlarsiz o’tgan, 46
chiqadi va ko’p yillar ichida juda asta-sekin orta boradi (bu hodisa rakda juda
kam uchraydi). To’sh orqasidagi og’riq, bosilish va to’lib ketish sezgisi,
gemangiomalardan ba’zan profuz qon ketishi ehtimoli bor. Qizilo’ngachning
bo’shlig’iga, halqum va hiqildoqqa chiqib qolishi mumkin. Polip halqum yoki
hiqildoqqa tushganda qattiq yo’tal xuruji, asfiksiya, ba’zida o’lim yuz berishi
qo’yishi va o’pkaning yallig’lanish kasalliklariga, atelektazlar rivojlanishiga olib
kelishi mumkin. Traxeya, bronxlar, nervlar, yurak va ko’ks oralig’idagi boshqa
a’zolarning qizilo’ngach devoridan tashqarida o’sayotgan o’smadan bosilishi
natijasida nafas qisishi, yo’tal, yurak urishi, yurak sohasida og’riq va boshqa
276
buzilishlar paydo bo’lishi mumkin. Qator hollarda o’sma ustidagi shilliq pardada
nekroz, yallig’lanish va yaralar hosil bo’lishi kuzatiladi.
Qizilo’ngach xavfsiz o’smalarining xavfli o’zgarishga o’tishi imkoniyati
ham ehtimoldan xoli emas.
Ba’zi bir mualliflarning ma’lumotlariga ko’ra, qizilo’ngachning xavfsiz
o’smalari ko’pincha uning peristaltikasi buzilishlari bilan o’tib, diafragmaning
qizilo’ngach teshigi churralari vujudga kelishi uchun shart-sharoitlar hozirlab
beradi.
Rentgenologik tekshirish.
Qizilo’ngach polipozi qizilo’ngachning varikoz
kengaygan venalari rentgenologik manzarasini eslatishi mumkin. Polipning
rentgenologik belgilari quyidagilar:
1) unchalik katta bo’lmagan yumaloq yoki oval to’lish nuqsoni;
2) oyoqchasi bo’lganda bu nuqsonning muayyan chegaralarda siljishi;
3) qizilo’ngach peristaltikasi buzilmagan;
4) qizilo’ngach devorlarining qayishqoqligi saqlanib qolgan;
5) qizilo’ngach bo’shlig’ining polip sathida duksimon kengayganligi;
6) ko’krak oralig’i soyasining kengayganligi.
Qizilo’ngachning shilliq parda ostidagi qavatida joylashgan juda kichkina
lipomalar (0,2-0,3 sm) rentgenologik jihatdan aniqlanadigan o’zgarishlar hosil
qilmasligi mumkin.
Katta o’lchamdagi lipomalar tipik to’lish nuqsoni bilan qizilo’ngach
bo’shlig’ining bekilib qolishiga sabab bo’ladi. Ezofagoskopiyada o’sma odatda
osonlikcha aniqlanadi. Shilliq parda o’zgarmagan, biroq uning ovqat bo’lagidan
shikastlanib turishi sababli yallig’lanish va yara-chaqalardan asarlar qolishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: