Xirurgik kasalliklar


Qorin tashqi churralari klassifikatsiyasi



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   363
 

Qorin tashqi churralari klassifikatsiyasi 

A. Kelib chiqishiga ko’ra: 

I. Tug’ma churralar. 

II. Orttirilgan churralar. 

1. Zo’riqishdan bo’ladigan churralar. 



 

280 


2. Darmonsizlikdan bo’ladigan churralar. 

3. Operatsiyadan keyingi churralar. 

4. Travmatik churralar. 

5. Patologik churralar. 

B. Anatomik joylashuviga ko’ra: chov, son, kindik, epigastral, xanjarsimon 

o’siq churralari, qorinning yon churralari, bel, quymich, yopqich teshik, 

oraliq churralari. 

V. Klinik kechishiga ko’ra: 

1. Asoratlanmagan (to’g’rilanadigan) churralar. 

2.  Asoratlangan  churralar  (to’g’rilanmaydigan,  qisilgan,  koprostaz,  churra 

yallig’lanishi). 

G. Rivojlanish bosqichlari bo’yicha: 

1. Noto’liq (boshlang’ich, kanal, urug’ tizimchasi churrasi). 

2. To’liq. 

Churraning tarkibiy elementlari – churra darvozasi, churra qopchasi, churra 

ichidagi narsa, churra pardalaridir. 

Churra darvozalari – qorin devorining churra chiqadigan kuchsiz joylaridir 

(chov chuqurchasi, kindik halqasi, qorinning oq chizig’i, diafragmadagi teshik). 

Normada  bu  teshiklar  orqali  u  yoki  bu  anatomik  tuzilmalar  o’tadi  (urug’ 

tizimchasi,  bachadonning  yumaloq  boylami,  tomir-nerv  dastalari  va  x,  k.). 

Travmatik  va  operatsiyadan  keyingi  churralarda  qorin  shikastlanganda 

muskullar  va  aponevrozlarda  yoki  xirurgik  operatsiyada  hosil  bo’lgan  teshiklar 

churra  darvozalari  bo’lib  xizmat  qilishi  mumkin.  Churra  darvozalari 

operatsiyadan  keyingi  vertikal  churralarda  yoriq  ko’rinishida  yoki  katta 

o’lchamli  bo’lishi  mumkin.  Darvozalarining  o’lchamlariga  ko’ra  churra 

darvozasi kichik (diametrda 2 sm gacha), darvozasi o’rtacha (2 dan 4 sm gacha) 

va churra darvozasi katta churralar (4 sm dan ko’p) farq qilinadi. 

Churra  darvozasi  –  qorin  pardasining  churra  darvozalari  orqali  chiqadigan 

ichki  a’zolarni  qoplab  turadigan  parietal  varag’idir.  Tug’ma  chov  churralarida 



 

281 


qorin  pardasining  o’sib  etilmagan  qin  o’simtasi  (processus  vaginalis  peritonei) 

churra qopchasi bo’lib hisoblanadi. 

Churra  qopchasida:  og’zi,  bo’yinchasi,  tanasi  va  tubi  farq  qilinadi.  Churra 

xaltachasi turli o’lchamda va shaklda bo’lishi mumkin. 

Xaltacha  qorin  bo’shlig’i  bilan  tutashadigan  joy  –  og’zi  deyiladi. 

Bo’yinchasi  –  churra  xaltachasining  og’zi  bilan  tutashadigan  eng  tor 

uchastkadir. Bo’yinchada aksariyat churra qisilishi ro’y beradi. 

Asoratlanmagan churralarda xaltacha devori qorin pardasining silliq yupqa 

varag’idan  iborat  bo’ladi,  uning  yuzasida  yog’  qatlamlari  bo’lishi  mumkin. 

Asoratlangan  churrada  xaltacha  devori  doimo  shikastlanib  turishi  natijasida  u 

qalin  tortadi,  biriktiruvchi  to’qima  rivojlanishi  va  xaltacha  ichida  bitishmalar 

borligi  hisobiga  dag’al  bo’lib  qoladi.  Churra  qopchasi  ichki  yuzasi  xaltacha 

ichidagi  narsa  bilan  yoki  devorlarining  bir-biri  bilan  bitib  qolishi  oqibatida 

churra to’g’rilanmaydigan bo’lib qoladi. 

Churra  xaltachasining  to’liq  obliteratsiyasi  deyarli  bo’lmaydi.  Aksariyat 

xaltacha  ikki  yoki  uch  bo’shliqli  tuzilmaga  aylanadi,  yoki  «qum  soat» 

ko’rinishini oladi, uning devorida kistalar paydo bo’lmaydi. 

Churra  xaltachasi  embrional  kindik  churralarida  bo’lmasligi  mumkin, 

ulardagi  tushgan  ichki  a’zolar  amnion  bilan  qoplangan.  «Sirpanuvchi» 

churralarda ham xaltachasi qisman bo’lmaydi. Bu qorin bo’shlig’idan tashqarida 

joylashgan  a’zo  (ko’richak,  qovuq)  chiqqanda  va  qorin  pardasi  yorilgan  soxta 

travmatik  churralarda  kuzatiladi.  N.V.  Antelava  ma’lumotlariga  ko’ra 

sirpanuvchan churralar 4,6% xollarda uchraydi. 

Parda churralari churra bilan birga chiqadigan va churra xaltachasini qoplab 

oladigan qorin devorining hamma katlamlarini hosil qiladi. Ularga qorin pardasi 

oldidagi  kletchatka,  fastsiya  plastinkalari,  muskul  tolalari  (masalan,  m. 

cremaster), urug’ tizimchasi elementlari kiradi. 

Churra  xaltachasida  qorin  bo’shlig’idagi  a’zolardan  xar  qaysisi  bo’lishi 

mumkin. Ichki a’zolardan ayrimlari quyidagi tartibda uchraydi: 

- ingichka ichak qovuzlog’i;  




 

282 


- charvi; 

- ichak tutqichi bilan ta’minlangan yo’g’on ichak bo’limlari; 

- chuvalchangsimon o’simta va yo’g’on ichakning yog’ qo’shimchalari; 

- bachadon naychalari va tuxumdon, ba’zan bachadon; 

- ichak tutqich; 

-  qorin  pardasi  bilan  qoplangan  a’zolar  (siydik  pufagi,  chambar  ichakning 

yuqoriga ko’tariluvchi va pastga tushuvchi bo’limi, ko’richak); 

-  qorin  pardasi  ortida  joylashgan  a’zolar  (buyrak,  siydik  yo’li,  me’da  osti 

bezi, prostata bezi funktsiyasi buzilganda); 

- me’da, taloq, o’t pufagi, Mekkel divertikuli. 

Bo’rtib  chiqadigan  xaltacha  churra  ichidagi  a’zo  va  churra  darvozalari 

vaziyati  o’rtasidagi  nisbatni  hisobga  olish  amaliy  jihatdan  ahamiyatlidir. 

Xaltacha  qorin  devorining  yuqorisiga  kirgan,  biroq  uning  qatlamlari  orasiga 

surilib  ulgurmagan  boshlang’ich  churra;  kanal  churrasi  va  teri  ostiga  o’tgan 

to’liq churra farq qilinadi. 

Ba’zan churra xaltachasi ayrim muskul va fastsial qatlamlar orasidan oraliq 

yoki interstitsial churra ko’rinishida yo’l soladi, teri ostidan emas, balki muskul 

yoki aponevroz ostidan chiqadi. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin