Qorin churralarini aniqlash simptomlari
Simptomlari bo’yicha asoratlanmagan churralar (to’g’rilanadigan, joyiga
solinadigan), xronik asoratlangan (to’g’rilanmaydigan) va o’tkir asoratlangan
churralarn farq qilish lozim.
Asoratlanmagan tashqi churralar sub’ektiv turli-tuman namoyon bo’ladi.
Ba’zan ular umuman bo’lmaydi. Aksariyat bemorlar churra sohasida joylashgan
simillagan, qattiq og’riqdan noliydilar. Og’riq, masalan, to’sh osti soxasini
boshlang’ich chov churrasida – moyakka, jinsiy labga va boshqa sohalarga
beriladi. Og’riq jismoniy zo’riqishda, og’ir yuk ko’tarishda, vertikal vaziyatda
kuchayadi. Dispeptik shikoyatlar: kekirish, jig’ildon qaynashi, ko’ngil aynishi,
ba’zan qusish, dizuriya, qabziyatlar ham bo’lib turadi.
Bemorlarni tik turganda va yotganda (gorizontal xolatda) tekshiriladi.
Asoratlanmagan tashqi churralarning asosiy ob’ektiv belgilari:
- churra joylashuvi uchun xos zonadagi bir oz shish
- churra ichidagini qorin bo’shlig’iga kiritishga bog’liq bo’lgan shish
ko’rinishi va xajmining tez va ocon o’zgaruvchanligi;
- qorin bo’shlig’iga kiritilgan joyda qorin devorining bo’rtib chiqish
nuqsoni – «churra darvozasi» borligi
- «yo’tal turtkisi» fenomeni borligi.
285
To’g’rilashdan keyin, ehtimol, paypaslash yordamida churra darvozasi va
kanalining ko’rinishini, o’lchamlarini ularning atrofidagi to’qimalar sifatini,
churra darvozasining churra pardasi va churra xaltachasi bilan o’zaro
munosabatini, suriluvchanligini, bitishmalarini aniqlash mumkin:
- churrada ichak qovuzlog’i borligi bo’rtma yuzasining silliqligi va elastik
yumshoq
konsistentsiyasidan,
peristaltikaning
teri
orqali
bilinishidan,
perkussiyada timpanit paydo bo’lishidan aniqlanadi;
- churrada ko’p ichak qismi borligi (ayniqsa sirpanuvchan churra
ko’rinishida) paypaslashdan tashqari, yo’g’on ichakni rentgenografiya qilishda
aniqlanadi;
- churradagi qovuq, devorini (sirpanuvchan churra) dizuriya borligidan va
qovuqni tsistoskopiya yoki rentgenografiya qilish yordamida (sergozin)
aniqlashga muvaffaq, bo’linadi;
- churrada ayol ichki a’zolari borligini ba’zan hayz ko’rish davrida
bo’rtmaning shishib chiqishidan bilsa bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |