tutashtiradigan gorizontal chiziq bilan, medial tomondan – qorin to’g’ri
ichagining tashqi cheti bilan chegaralangan. Chov soxasining pastki bo’limi
chov uchburchagi deyiladi. Uning yuqori tomoni chov boylamining tashqi va
uchdan bir o’rta qismi bilan to’g’ri ichakning lateral chekkasi o’rtasidagi nuqtani
tutashtirib turadigan gorizontal chiziq hisoblanadi, pastki tomoni – chov
boylami, medial tomoni – qorin to’g’ri muskulining tashqi chekkasidir. Chov
289
Chov uchburchagining pastki burchagiga chov orqali proektsiyalanadi – bu
yuqoridan qorinning ichki qiyshiq va ko’ndalang muskullarining pastki
chekkasi, pastdan – pupart boylami, medial tomondan – qorin to’g’ri
muskulining tashqi chekkasi va m. cremaster tolalari bilan chegaralangan
bo’shliqdir.
Chov oralig’i shakliga ko’ra uchburchak, yumaloq, oval va yoriqsimon
bo’lishi mumkin. Ayollarda chov oralig’i o’lchamlari kichiqroq, A.P. Krimov
ta’rifiga ko’ra, ayollarda chov sohasining muskul devori «erkaklarnikidan
birmuncha mukammal», shuning uchun ham chov churralari ko’proq erkaklarda
uchraydi.
Chov kanali (canalis ingvinalis) uzunligi 4-5 sm, quyidagi devorlari bor:
yuqoridan – ichki qiyshiq va ko’ndalang muskullarning pastki chekkasi,
pastdan – pupart boylami, orqadan – ko’ndalang fastsiya va oldindan – tashqi
qiyshiq muskul aponevrozi.
66-rasm. Qorin oldi devorining ichki tomonidan ko’rinishi
1 – m. rectus abdominis; 2 – lig. interfoveolare; 3 – anulus inguinalis profundus; 4 – lig.
inguinale; 5 – a. et v. epigastrica inferior; 6 – limfaticheskie uzly; 7 – lig. lacunare; 8 –
a. et v. iliaca externa; 9 – foramen obturatorium; 10 – n. obturatorius; 11 – a. et v.
obturatoria; 12 – ureter dexter; 13 – ductus deferens; 14 – vesica urinaria; 15 –
peritoneum; 16 – fossa supravesicalis; 17 – fossa inguinalis medialis; 18 – lig. inguinale;
19 – fossa inguinalis lateralis; 20 – plica umbilicalis media; 21 – plica umbilicalis
medialis; 22 – plica umbilicalis lateralis.
290
Chov kanalining ichki teshigi oldingi qorin devorining orqa yuzasidagi
chuqurchaga (o’ymaga) muvofiq keladi, u plica epigastricadan va urug’
tizimchasidan lateral joylashgan lateral chov chuqurchasi deyiladi.
Chov kanalining tashqi teshigi tashqi qiyshiq muskul aponevrozi
tolalarining crus superior va crus inferiorga bo’linib ketishidan hosil bo’lgan va
sog’lom erkaklarda ko’rsatkich barmoqning uchini o’tkazadi. Ko’ndalang
joylashgan tolalar fibrae intercostalis aponevrozni mustaxkam qiladi. Erkaklarda
chov kanali orqali urug’ tizimchasi, ayollarda esa yumaloq bachadon boylami
o’tadi, churra bo’lmaganda chov kanali ko’rinmaydi.
Qiyshiq, to’g’ri va intraparietal chov churralari farq qilinadi. Lateral
chuqurcha orqali chiqadigan va chov kanalining ichki teshigi hisoblangan chov
churralari qiyshiq chov churralari deb ataladi: churra plica epigastricadan va
urug’ tizimchasidan medialroq joylashgan medial chov chukurchasi orqali
chiqkanda to’g’ri chov churrasi vujudga keladi. Churra to’g’ri yo’l soladi, uning
nomi shundan kelib chiqqan. To’g’ri churralarning qovuq usti chukurchasi
orqali chiqishi ham mumkin.
Intraparietal churralar qiyshiq chov churralarining ko’rinishi bo’lib, ularda
churra xaltachasi qorin devori qatlamlari orasida joylashadi va churra uning
ustidan mutlaqo chiqib turmasligi mumkin.
Embrional davrida chov kanali orqali processus vaginalis peritonei o’tadi.
Shu processus vaginalis peritonei o’sib etilmaganda tug’ma chov churrasi hosil
bo’lishi mumkin. Tug’ma chov churralarida ichida moyagi bo’lgan seroz
bo’shliq churra xaltachasi bo’shlig’i va qorin bo’shlig’i bilan tutashadi. Tug’ma
chov churrasiga qin o’simtasining o’rta qismi obliteratsiyasida vujudga
keladigan churrani ham kiritish lozim, chunki uning proksimal qismi kengaygan
bo’ladi va churra xaltachasi hisoblanadi.
Rivojlanish bosqichlari bo’yicha boshlang’ich, kanal va to’liq chov churrasi
farq qilinadi. To’liq qiyshiq chov churralari kattalashib, yorg’oqqa tushadi
(chov-yorg’oq churralari deyiladigan churralar).
291
To’g’ri chov churralari olat ildizi oldida teri ostidan bo’rtib chiqib turadi va
hatto o’lchami kattagina bo’lganda ham yorg’oqqa kamdan-kam tushadi.
Dostları ilə paylaş: