ko’ndalang muskullar aponevrozlarining biriktiruvchi to’qima tolalaridan hosil
306
Kindikdan yuqoridagi oq chiziq kindik oldida eni 2-3 sm ga etadigan serbar
biriktiruvchi to’qima plastikasidan iborat.
Qorin to’g’ri muskullari qinini hosil qiladigan aponevrozlar oq chiziqqa
o’tayotganda qiya yo’nalib, bir biri bilan kesishadi va ayrim kishilarda
birmuncha kattalashib ketadigan va churra chiqadigan joy bo’lib xizmat
qiladigan yog’li kletchatka bilan to’lgan yoriqsimon bo’shliqlar hosil qiladi.
Qorin to’g’ri muskullari kindikdan pastda deyarli tegib turadi. Bunday
joylashgan churralarning nihoyatda kam uchrashi shu bilan izohlanadi.
Qorin usti sohasi anatomik strukturasida (epigastrium) ham churra
bo’rtmalari hosil bo’lishiga shart-sharoitlar mavjud. Bu sohada qorin to’g’ri
muskullari dastalari orasidagi yoriqlarni nazarda tutish lozim. Bu dastalarning
bir qismi V-VII qovurg’alarga, boshqalari esa xanjarsimon o’simtaga yopishadi.
Muskul-aponevrotik tuzilmalar tonusi buzilganda va qorin ichidagi bosim
oshganda bu yoriqlarga qorin pardasi oldidagi yog’, shuningdek qorin pardasi
kirib qolishi mumkin: me’da kasalligi bularning qisilib qolishiga sabab bo’lishi
mumkin.
Oq chiziq churralari joylashuviga ko’ra kindikdan yuqorida joylashgan
qorin usti churralari (herniae epigastricae), kindik oldida joylashgan kindik
oldidagi (hernia paraumblicalis) va kindik pastida joylashgan qorin pastidagi
(herniae hypogastricae) churralarga bo’linadi.
Qorin ichidagi bosimning talaygina ko’tarilishi ta’siri ostida aponevrozdagi
yoriq orqali (normada undan tomirlar, nervlar o’tadi) avvaliga qorin pardasi
oldidagi
yog’
bo’rtib
chiqadi, u ba’zan qorin
devori
muskullari
taranglashtirilganda yumaloq zichlashma (qorin pardasi oldidagi lipoma deb
ataladigan) ko’rinishida paypaslanadi. Keyinchalik lipomadan keyin qorin
pardasi ham bo’rtib chiqadi va xaqiqiy churra hosil bo’ladi.
Simptomlari. Bemorlar jismoniy harakat paytida va qisilish bo’lganda
bo’rtma sohasida og’riq sezadilar. Yotishda odatda og’riq bo’lmaydi. Churra
qisilganda bemorning ko’ngli ayniydi va qusadi.