Me’da kasalliklari – gastrit, yara, rak bilan differentsial diagnostika
o’tkaziladi. Me’da patologiyasida og’riqlar ovqat eyish bilan bog’liq, vaxolanki
churrada og’riq jismoniy harakat qilinganda paydo bo’ladi. Bemorlarda
epigastriyda og’riq bo’lgan hamma hollarda me’da va o’n ikki barmoq ichakni
qo’shimcha rentgenologik tekshirish zarur.
Davolash – operatsiya usulida.
Churra xaltachasi ajratilgandan va ishlov berilganda uni olib tashlangandan
keyin yoriqni aponevrozda tugunli choklar, kiset chok bilan tikiladi yoki
Sapejko bo’yicha yoki Sapejko-Dyakonov bo’yicha plastika qilinadi. Ikkinchi
usul birinchisidan birinchi qatorda П-simon choklar solish bilan farq qiladi.
Dostları ilə paylaş: |