Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   363
 

Kindik churralari 

Kindik  halqasi  orqali  o’tadigan  churralarga  kindik  churralari  deyiladi. 

Kindik  churralari  hamma  churralarning  6-8  foizini  tashkil  qiladi.  Quyidagilar 

farq qilinadi: 1) kindik kanalchasining tug’ma churralari; 2) go’dak bolalardagi 

orttirilgan kindik churralari; 3) kattalarning kindik churralari. 

Anatomik  ma’lumotlar.  Qorin  oldingi  devori  strukturasida  kindik  sohasini 

bo’sh  joy  deb  hisoblash  mumkin.  Embrional  davrda  kindikning  shakllanishi 

murakkab  jarayondir.  Normada  antinatal  davrning  6-oyidayoq  kindik  halqasi 

hosil  bo’ladi,  uning  o’lchami  asta-sekin  kichrayib  boradi  va  tug’ilishdan  bir 

necha kun o’tgach  tushgan kindik o’rnida  ichiga botgan  yamoqcha xolida  uzil-

kesil  berkilib  qoladi.  Bu  sohada  aksariyat  qorin  oldingi  devorining  tug’ma 

rivojlanish  nuqsonlari,  shuningdek  katta  yoshdagi  odamlarda  churralar 

kuzatiladi. 

Hatto  normal  sharoitlarda  kindik  sohasi  bir  muncha  beqaror  strukturalar  – 

teri, kindik fastsiyasi va qorin pardasi bilan berkilgan bo’ladi. 

Kindik  halqasi  serbar  va  fastsiyasi  sust  rivojlangan  bo’lganda  churralar 

paydo bo’lishi uchun shart-sharoitlar vujudga keladi. Kindik halqasining muskul 

pardasi  bo’lmagan  faqat  kindik  venasi  o’tadigan  yuqori  bo’limi  pastki 

bo’limidan  kuchsiz  bo’ladi.  Kindik  fastsiyasining  to’rtta  biriktiruvchi  to’qima 

tortmalari  bilan  mahkamlanganligini  eslatib  o’tish  lozim:  bitib  ketgan  kindik 

venasi,  kindik  arteriyalari  va  obliteratsiyalangan  siydik  yo’li.  Biroq  fastsiya 

yaxshi  rivojlangan  qorin  to’g’ri  muskullari  va  uning  kindik  halqasi  diametrini 

toraytiradigan  qin  aponevrozlari  bo’lgandagina  pishiq  bo’ladi.  Shuning  uchun 



 

302 


kindik  churrasi,  odatda,  to’g’ri  qorin  muskullari  sust  rivojlangan  ayollarda 

(80%) va bolalarda kuzatiladi. 

Kindik  tizimchasi  churrasi  yoki  kindik  churrasi  (omphalocele)  rivojlanish 

nuqsonidan  iborat  bo’lib,  bunda  bola  tug’iladigan  fursatda  qorin  bo’shlig’i 

qisman qorin pardasidan tashqarida – amnion, Vartanov liqildog’i va birlamchi 

oddiy  qorin  pardasidan  tashqil  topgan  kindik  pardalarida  joylashadi  (ichakning 

aylanish  jarayoni  buzilishi  natijasida,  qorin  bo’shlig’ining  o’sib  etilmaganligi 

yoki  qorin  oldingi  devorining  yopilishi  buzilishidan).  Qorin  oldingi  devori 

rivojlanishining  to’xtash  vaqtiga  ko’ra  kindik  churralarining  2  turi  –  embrional 

va  fetal  churralar  tafovut  qilinadi.  Embrional  churralarda  jigarda  Glisson 

kapsulasi bo’lmaydi va u kindik pardalari bilan qo’shilib ketadi. 

Churra  o’lchamlariga  ko’ra  kichiqroq  –  5  sm  gacha,  o’rtacha  –  10  sm  

gacha, kattalari – 10 sm dan katta bo’ladi. 

Churra  pardalari  holatiga  ko’ra:  asoratlangan  (pardalarining  yirtilishi, 

ularning  yiringli  parchalanishi,  ichak  oqmalari)  va  asoratlanmagan  (pardalari 

o’zgarmagan) turlariga bo’linadi. 

Kindik tizimchalarining churralari bo’lgan bolalarning taxminan 65 foizida 

rivojlanish  nuqsonlari  (yurak,  me’da-ichak  yo’li,  siydik-tanosil  sistemasining) 

birga uchraydi. 

Tug’ilishdan  keyin  dastlabki  soatlarda  churra  xaltachasini  hosil  qiladigan 

kindik  pardalari  yaltiroq,  tiniq,  oqimtir  rangli  bo’ladi.  Biroq  birinchi  sutka 

oxirida  ular  quriydi,  loyqa  tortadi,  so’ngra  infektsiyalanadi  va  fibrin  qatlamlari 

bilan  qoplanadi.  Pardalar  yupqalashganda  va  yirtilganda  eventeratsiya  yuz 

beradi. 


Davolash operatsiya usulida va konservativ bo’ladi. 

Operatsiyaga  mutloq  monelik  qiladigan  xollarga  tug’ma  yurak  nuksoni, 

bolaning oy-kuni ancha to’lmasdan tug’ilishi va og’ir kalla suyagi-miya shikasti 

kiradi. 


Diametri  5-7  sm  li  churralarda  qorin  oralig’i  devori  qatlam-qatlam  qilib 

tikiladi. 




 

303 


Diametri 7-9 sm li churralarda faqat teri tikiladi. 

Katta  o’lchamli  churralar  qorin  ichi  bosimining  xayot  uchun  xavfli  oshib 

ketishi  sababli  operatsiyaga  nisbiy  monelik  qiladigan  xol  xisoblanadi.  Bunday 

xollarda  churraga  steril  bog’lam  qo’yiladi  va  qorin  devorini  yopishkoq  plastir 

tilishlari bilan tortib qo’yiladi. Bunday chaqaloqlarning talaygina qismi peritonit 

va sepsisdan nobud bo’ladi. 

Agar  bu  kasallar  oyi-kuni  to’lib  va  qo’shilib  keladigan  og’ir  rivojlanish 

nuqsonlarisiz  tug’ilgan  bo’lsalar  Gross  bo’yicha  2  boskichli  operatsiya  qilish 

yoki nuqsonni alloplastik material bilan yopish mumkin. 

Go’daklarda kindik churralari xayotining dastlabki oylarida rivojlanadi yoki 

keyinchalik  hosil  bo’ladi.  Bolalarda  kindik  churralari  ular  yig’laganda,  qattiq 

yo’talganda va  fimozda doimiy  kuchanganda,  oriqlab ketganda  vujudga keladi. 

Bolalarda  kindik  churralari  odatda  katta  o’lchamli  bo’lmaydi  va  oson  joyiga 

tushadi. Qisilib qolish xollari kamdan-kam uchraydi. 

Davolash. Taktikasi churra turiga va bolaning yoshiga bog’lik. Chaqaloq va 

yosh  bolalarda  qorin  pressi  o’sishi  va  rivojlanishi  jarayonida  odatda  bola  3-5 

yoshga,  ba’zan  5-6  yoshga  etganda  churraning  o’z-o’zidan  tuzalib  ketishi 

kuzatiladi.  Bundan  kechroq  muddatlarda  kindik  halqasi  o’zicha  yopilmaydi. 

Operatsiya kilib davolash kerak bo’ladi. 

Kengaygan kindik halqasi yopilishiga quyidagi tadbirlar imkon beradi: 

1) kindik soxasiga paxtaga o’ralgan yassi karton parchasini qo’yib qo’yish. 

Uning  chekkalari  churra  teshigi  chekkalarini  yopib  turishi  lozim.  Bog’lam  1 

oycha qo’yiladi, so’ngra alishtiriladi; 

2)  qorin  pressini  rivojlantirish  va  mustahkamlashga  qaratilgan  massaj  va 

gimnastika. Davo bolaning 1 oyligidan boshlanadi; 

3)  qorin  muskullarini  doimiy  tarang  qilib  turadigan  asosiy  kasallikni 

davolash; 

4)  to’g’ri  rejim,  vannalar,  to’g’ri  ovkatlanish.  Konservativ  davo  yordam 

bermaganda  (odatda  2-3  yildan  keyin)  va  churra  qisilganda  operatsiya  qilishga 

to’g’ri keladi. 




 

304 



Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin