Katta odamlardagi kindik churralari. Ko’pincha to’g’ri muskullar
diastazi bilan birga keladi va ko’p tuqqan yoki juda semirib ketgan ayollarda
uchraydi. Kindik churralari hosil bo’lishiga, shuningdek astsit va kindik
oqmalari sabab bo’ladi.
Churra teshigining o’lchamlari xar xil – juda tor teshikdan serbar
teshikkacha. Katta teshiklar ko’ndalang yo’nalishga ega. Churra xaltachasi
noto’g’ri shaklda va to’siqlar hamda divertikullar hosil qiladi.
Kindik churralari arang bilinadigan bo’rtmachalardan tortib, katta xajmli
o’smalargacha bo’lishi mumkin. Kindik churralari ko’pincha joyiga
tushmaydigan bo’ladi, koprostaz va qisilib qolish bilan asoratlanadi.
Churralar og’ir yuk ko’targanda, shuningdek churra o’zicha chiqkanda
og’riq, beradi. Aksariyat kindik churralari terining bichilishi yoki kiyim-kechak
yupka tortgan badan terisini bosib turishi natijasida yalliglanishga uchraydi.
Shunday qayta yallig’lanishlar natijasida churra xaltachasi ichida
bitishmalar
hosil
bo’ladi
va
churra
joyiga
tushmaydigan,
ya’ni
to’g’rilanmaydigan bo’lib qoladi.
Kindik churralari operatsiya qilib davolanadi. Kindik churralarida kindik
churra xaltachasi bilan birga kesib tashlanadi. Churra ichidagi a’zolar churra
xaltachasi bilan bitishmalari ajratilgandan keyin qorin bo’shlig’iga kiritiladi.
Churra xaltachasining ichida shishib qalinlashgan charvisi bo’lgan
to’g’rilanmaydigan kindik churralarida charvini rezektsiya qilish kerak. Churra
xaltachasi darvozalari oldida uzluksiz chok bilan tikiladi.
Bolalardagi kichik churralarda churra darvozalari plastikasi Lekser
bo’yicha o’tkaziladi: teshik atrofiga aponevrozga ipak ip bilan kiset choki
solinadi, u tortilgandan keyin xalkani bekitadi. Keyinchalik aponevrozga
ko’ndalang yo’nalishda tugunli ipak choklar solinadi.
305
70-rasm. Kindik churralarida operatsiya kesmalari
1-
Sapejko usuli
2-
Lekser usuli
3-
Meyo usuli
Meyo usuli churra darvozalarini yaxshi bekitish uchun katta kindik
churralarida qo’llaniladi.
Kindik halqasini ikkala tomonda 1 sm dan kesiladi. Aponevrozning pastki
chekkasini bir necha П-simon choklar yordamida yuqori chekkasi ostiga
tortiladi va o’sha erda duplikatura holida mahkamlanadi; aponevroz laxtagining
yuqori chekkasini tugunli choklar qatori bilan aponevrozning pastki uchastkasi
sathiga tikiladi.
Sapejko usuli – Meyo usulidan qorin devori aponevrozini churra teshigi
ustidan vertikal yo’nalishda ikki marta oshirish bilan farq qiladi. Sapejko usulida
fakat tugunchali choklar solinadi.
Oq chiziq churralari (hernia liniae alba) yoshi ulg’aygan va keksa
odamlarda ko’proq uchraydi.
Dostları ilə paylaş: |