299
(yorg’oq yoki tuxumdek keladigan) shish bilan xarakterlanadi. U chovda og’riq
bilan o’tadi, ba’zan dispeptik buzilishlar, qorinda bo’lishi yoki qabziyat bilan
birga kechadi, aksariyat o’ng tomondagi churra sirpanuvchan bo’ladi. Joyiga
kiritib bo’lmaydigan churra ichida ko’pincha charvi bo’ladi.
Churraning hamma tipik simptomlari – kuchanishda kattalashadigan va
yotganda yo’qoladigan bo’rtma, yo’tal turtkisi bo’lganda va Pupart boylamining
medial yarmida pastdagi tipik joylashuvda diagnoz qo’yish oson. Juda semiz va
to’la ayollarda churraning Pupart boylami munosabatini aniqlash qiyin
bo’lganda (spina iliaca anterior surerior va tuberculum pubicum) tutashtirib
turadigan chiziqdan foydalaniladi.
Bundan tashqari, son churralarining differentsial diagnostikasini urug’
tizimchasi lipomasi, oval chuqurcha limfadeniti, son venalarining varikoz
kengayishi, xavfli o’sma metastazi, son tomirlari anevrizmasi bilan o’tkazish
kerak.
Son churralari faqat operatsiya qilib davolanadi. Operatsiyalarning hamma
usullarini ikki turga ajratish mumkin:
1) chov kanali tomonidan qilinadigan operatsiyalar;
2) son tomonidan bajariladigan operatsiyalar.
Joyiga kiritib bo’lmaydigan katta o’lchamli son churralarida T-simon
kesmalardan kam foydalaniladi.
Chov tomonidan o’tkaziladigan operatsiyalar.
Rudji usuli. Chov kanali va ko’ndalang fastsiya ochilgandan, churra
xaltachasi ajratilib ishlov berilgandan keyin Pupart boylamini suyak usti
pardasiga tikib, plastika o’tkaziladi.
Chov kanali devorining butunligi tiklanadi.
Parlavechcho usuli – tashqi halqa butunligini saqlab qolgan holda chov
kanali ochiladi. Qorin ichki qiyshiq va ko’ndalang muskullarining pastki
chekkasini qov suyagining suyak usti pardasiga urug’ tizimchasi orqasidan
tikishadi. Choklarning ikkinchi qatori xuddi shu muskullarga chov boylamiga
solinadi.
300
Rayx usuli – ichki qiyshiq va ko’ndalang muskul Pupart boylamiga va qov
suyagining suyak pardasi ustiga urug’ tizimchasi oldidan tikiladi.
Praksin usuli – qo’shma usul bilan plastika qilinadi operatsiyani son
tomonidan boshlab xaltachani ajratiladi va unga ishlov beriladi. Plastikani esa
chov yo’li orqali urug’ kanalchasi orqasida Pupart boylamiga va suyak usti
pardasiga qilinib, ichki qiyshiq va ko’ndalang muskullar pastki chekkasini
tikiladi.
Son tomondan kilinadigan operatsiyalar. Lokvud-Bassini usuli – son
halqasi plastikasini chov boylamini qov suyagi usti pardasiga tikish hisobiga
bajariladi (69-rasm).
69-rasm. Lokvud-Bassini usulida son xalqasini plastikasi
Bassini plastika usulini oval chuqurcha yarimoysimon chekkasiga (margo
falciformis) va taroqsimon fastsiyaga choklarning ikkinchi qatorini solish bilan
to’ldirdi.
Prokunin usuli – son kanalidagi ichki xalqani taroqsimon muskul va shu
nomdagi fastsiyadan olingan laxtak bilan yopiladi. Aponevrozning chov
boylamiga parallel qilib kesib olingan transplantatning eniga muvofiq tilinadi.
Urug’ tizimchasini yuqoriga suriladi va korntsang yordamida son halqasi
zonasidagi ko’ndalang fastsiyani to’mtoq holda suriladi. Son halqasi orqali
301
taroqsimon muskul laxtagini tashqi qiyshiq muskul aponevrozi kesmasiga
o’tkaziladi, unga transplantat o’rnatilib, son kanalining ichki teshigi bekitiladi.
Uotson-Cheyne usulining Prokunin usulidan farqi shundaki, taroqsimon
muskuldan olingan asosi yuqoriga yo’naltirilgan 6-7 sm uzunlikdagi laxtak
Pupart boylamiga tashqaridan tikib ko’yiladi. Transplantatni tomir qiniga va
taroqsimon muskulga qo’shimcha mahkamlanadi.
Dostları ilə paylaş: