Xirurgik kasalliklar


Ichki churralar va kam uchraydigan churralar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   363
 

Ichki churralar va kam uchraydigan churralar 

Ichki  yoki  intraabdominal  churralarga  qorin  cho’ntaklari  churralari  va 

diafragmal  churralar,  shuningdek  joylashuviga  ko’ra  kam  uchraydigan: 

qorinning  yonbosh  churralari  (spigeliy  chizig’ining),  Pti  uchburchagining  bel 

churralari  va  Lesgaft-Gryunfeld  to’rtburchagi  churralari:  yopqich,  quymich  va 

oraliq churralari kiradi. 



Anatomik  ma’lumotlar.  Qorinning  ichki  churralari  ichki  a’zolar  qorin 

bo’shlig’i  a’zolarining  teshiklaridan  biriga  (foramen  epiploica  Winslovi), 

boylam  yoki  qorin  cho’ntaklari  recessus  iliococalis,  intersigmoideus;  flexura 

duodenojejunalis  dan  biriga  yoki  diafragma  teshiklariga  kirganda  vujudga 

keladi. 

Ma’lumki,  diafragma  muskul  va  pay  qismlardan  tashkil  topgan.  Ko’krak 

bo’shlig’i tomonidan u parietal plevra bilan, qorin bo’shlig’i tomonidan parietal 



 

311 


qorin pardasi bilan qoplangan. Diafragmaning muskul qismida 3 bo’lim: partes 

sternalis,  aortalis,  lumbalis  farq  qilinadi.  Diafragmaning  bel  qismi  xar  qaysi 

tomondan 3 ta oyokcha: medial, o’rta va lateral oyoqcha hosil qiladi. Diafragma 

bel  qismining  medial  oyoqchalari  (o’ng  va  chap)  8  raqami  ko’rinishidagi 

kesishma hosil qilib, ikkita teshik hiatus aortcus hiatus oesophagus ni chegaralab 

turadi. 


Keyingisi 

adashgan 

nervlar 

bilan 


qizilo’ngachni 

o’tkazadi. 

Qizilo’ngachni  o’rab  turgan  muskul  tolalari  qizilungach  sfinkteri  m.  sphincter 

oesophagi  ni  hosil  qiladi.  Sfinkter  borligiga  qaramay,  qizilo’ngach  teshigi  orqa 

ko’ks oralig’i diafragmal churralar chiqadigan joy bo’lib xizmat qilishi mumkin, 

churra  ichida  odatda  me’daning  kardial  qismi  bo’ladi.  Diafragmada  muskul 

tolalari  bo’lmaydigan  va  ko’krak  ichi  va  qorin  ichi  fastsiyalari  tegib  turadigan 

uchastkalar bo’ladi. Diafragmaning bu «kuchsiz uchastkalari» ba’zan diafragmal 

churralar  chiqadigan  joylar  bo’lib  xizmat  qiladi.  Diafragmaning  to’sh  va 

qovurg’a  qismi  orasida,  xanjarsimon  o’simtadan  chapda  uchburchak  oraliq 

trigonum  sternocostalis  bo’ladi,  uni  yana  Larrey  nishoni  ham  deb  ataladi  (shu 

joyda perikardni Larrey usulida teshiladi). 

Oraliqda  kletchatka  bilan  o’ralgan  vasa  thoracica  interna  bo’ladi, 

xanjarsimon o’simtaning o’ng tomonidagi xuddi shunday oraliq  Ma’zoi yorig’i 

deyiladi.  Diafragmaning  qovurga  qismi  va  bel  qismining  tashqi  oyoqchasi 

o’rtasida trigonum lumbocostalis bo’ladi, ularni Boxdalek yoriqlari deb ataladi. 

Bel  sohasida  kam  joylashadigan  churralar  Pti  uchburchagi  yoki  Lesgaft-

Gryunfeld rombasimon bo’shlig’i orqali chiqadi: 

1)  orqaning  serbar  muskuli  chekkasining  yonbosh  qirrasi  va  qorin  tashqi 

qiyshiq muskuli yaqinida tarqaladi va uchburchak shaklidagi bo’shliq, trigonum 

lumbale (Pti uchburchagi) hosil qiladi. Ba’zan shu joydan bel churralari chiqadi; 

2)  bel  bo’shlig’i  –  spatium  lumbale  Lesgaft-Gryunfeld  uchburchagi  yoki 

rombasi. 

Uchburchak  tomonlari  quyidagilar:  yuqoridan  –  pastki  tishsimon 

muskulning  pastki  chekkasi,  pastdan  –  ichki  qiyshiq  muskulning  orqa  (erkin) 

chekkasi,  medial  –  orqa  yozuvchi  muskulning  lateral  chekkasi.  Ba’zan  uning 




 

312 


hosil  bo’lishida  yuqoridan  XII  qovurga  qatnashadi,  bu  holda  bo’shliq 

to’rtburchak  shaklida  bo’ladi.  Bu  oraliqning  tubi  qorin  ko’ndalang  muskuli 

aponevrozidan  hosil  bo’ladi.  Ustki  tomonidan  faqat  orqaning  serbar  muskuli 

bilan  yopilgan  va  shunga  ko’ra  qorin  orqa  devorining  eng  yumshoq  sohasi 

sanaladi. 

Ba’zan Lesgaft-Gryunfeld uchburchagi bel churralari chiqadigan joy bo’lib 

xizmat qiladi. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin