Xirurgik kasalliklar


Churralarning  o’tkir  asoratlari



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   363
Churralarning  o’tkir  asoratlari.  Bularga:  churrada  najas  turib  qolishi 

(koprostaz), churra ichidagi a’zolar yalliglanishi va churra qisilishi kiradi. 

Koprostaz  asosan  yoshi  ulg’aygan  odamlarda,  aksariyat  ayollarda  sodir 

bo’ladi.  Bunda  odatda  churraning  o’zida  ham,  butun  qorin  bo’ylab  ham  og’riq 

nisbatan  kam  bo’lgani  holda  churra  bo’rtmasining  xajmi  kattalashadi. 

Keyinchalik  qorinda  og’riq  paydo  bo’ladi,  loxaslik  va  intoksikatsiya,  kekirish, 

ko’ngil aynishi, qusish paydo bo’ladi. 

Churrada  axlat  turib  qolganda  dastlabki  yordamning  asosiy  vazifasi  qorin 

pressining peristaltikasini kuchaytirishga yordam berish va shu tariqa najas turib 

qolishiiga barham berish uchun churra ichidagini qorin bo’shlig’iga repozitsiya 

qilish  (o’tkazish)  hisoblanadi.  Churra  bo’rtmasini  massaj  qilish  yoki  oz-moz 

bosib turadigan bog’lam bog’lash ma’lum darajada yordam beradi. 

Churra  bo’rtmasiga  muz  solingan  xaltacha  qo’yish  yoki  bo’rtgan  joy 

terisiga  xloretil  oqimini  ta’sir  ettirish  shu  maqsad  uchun  xizmat  qiladi.  Ular 

ta’siri ostida ichaklarning qonga to’liqligi kamayadi, ularda qiska vaqtga spazm 

vujudga keladi, ichak repozitsiyaga oson beriladi, uning peristaltikasi kuchayadi. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin