Xirurgik kasalliklar


Churra  qisilishining  klinik  manzarasi



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   363
Churra  qisilishining  klinik  manzarasi.  Xar  qanday  churra  qisilishining 

klassik klinik belgilari odatda 

 

uchta simptom hisoblanadi: 



-  churra  bo’rtmasi  bo’lgan  joyda  yoki  umuman  qorinda  to’satdan  og’riq 

boshlanishi; 

- churra bo’rtmasi xajmining tez kattalashuvi; 

- churrani to’g’rilash imkoniyatining birdaniga yo’qolishi. 




 

316 


Bu simptomlarning yuzaga chiqish darajasi har xil bo’ladi. 

Davolash.  Churrasi  qisilgan  bemorlarni  davolashning  birdan-bir  to’g’ri 

usuli  shoshilinch  operatsiya.  Qisilgan  churrani  operatsiyasiz,  qo’lda 

to’g’rilashga  urinish  mumkin  emas,  biroq  operatsiya  qilishga  mutlaq  monelik 

bo’lgan hollar bundan mustasno. Qisilishni bartaraf etish va qisilgan a’zolarning 

yashashga  layoqatliligini  aniqlash  zarur.  Buning  uchun  to’qimalarni 

aponevrozgacha  qavat-qavat  qilib  tilinadi  va  churra  xaltachasi  ochiladi,  uni 

kesiladi  va  «churra  suvi»  ni  chiqariladi.  Bunda  xirurg  yordamchisi  qisilgan 

a’zolarni  tutib  turadi  va  qisilgan  a’zolar  tekshirib  chiqilgandan  keyingina 

qisadigan  xalqa  kesiladi  va  qisilgan  a’zolarning  yashashga  layoqatliligi 

aniqlanadi.  Ichakning  yashab  ketish  mezonlari:  pushti  rang  tusda, 

strangulyatsion egatchalar va subseroz gematomalari yo’q, ichak tutqich mayda 

tomirlarida  pulsatsiya  va  ichak  peristaltikasi  saqlanib  qolgan.  Ichak  yashashga 

layoqatsiz  bo’lsa,  uni  olib  tashlanadi.  Ichakning  olib  keladigan  kesigidan  kam 

deganda  30-40  sm  va  olib  ketadigan  kesigidan  15-20  sm  ni  rezektsiya  qilish 

kerak. 

Hazm  yo’llari  uzluksizligini  tiklanadi  va  churra  darvozalarini  eng  oddiy 

usullar  bilan  plastika  qilinadi.  Qari  yoshdagi  va  hamrox  og’ir  kasalliklari 

bo’lgan  bemorlarga  qisilgan  churralarda  churra  kesish  amaliyoti  bajarish 

jarayonida  churra  darvozasi  plastikasi  bajarilmaydi,  jarohat  qavtma-qavat 

tikiladi. 

Churra  xaltachasi  flegmonasi  bilan  asoratlangan  qisilgan  churrada 

operatsiyani  o’rta  laparotomiyadan  boshlanadi,  ichakni  yashashga  layoqatli 

to’qimalar  chegarasida  rezektsiya  qilinadi.  Ichaklarning  uchlarini  tikiladi,  olib 

keladigan  va  olib  ketadigan  kovuzloqlar  orasiga  anastomoz  qo’yiladi. 

Operatsiyaning  qorin  ichidagi  bosqichi  tugallangandan  keyingina  churra 

flegmonasiga  xirurgik  ishlov  beriladi,  qisilgan  ichakni  va  churra  xaltachasini 

olib  tashlanadi.  Churra  darvozalari  plastikasi  qilinmaydi.  Operatsiyani 

yordamchi choklar solish va jaroxatni drenajlash bilan tugallanadi. 




 

317 


Bemorda  qisilgan  churra  o’zicha  joyiga  tushgan  xollarda  xirurg  taktikasi, 

o’tgan  fursatdan  qat’iy  nazar,  shoshilinch  operatsiya  qilishdan  iborat,  chunki 

to’g’rilangan a’zolarning xolati qandayligi noma’lum bo’ladi. 

Qorin  bo’shlig’ining  qator  o’tkir  kasalliklari  qorin  devorida  churralar 

bo’lganda  go’yo  qisilish  borligidan  xabar  beradigan  simptomlar  bilan  o’tadi. 

Asoratlarning  bu  turi  adabiyotda  «Brok  soxta  qisilishi»  nomi  bilan  ma’lum. 

Ozod  qorin  bo’shlig’i  bilan  tutashmasi  bo’lgan  churra  xaltachasida  churra 

xaltachasi  bo’shlig’iga  yallig’li  ekssudat  tushishi  bilan  bog’lik,  ikkilamchi 

o’zgarishlar sodir bo’ladi. Ilgari to’g’rilanadigan churra endi to’g’rilanmaydigan 

bo’lib  qoladi,  og’riq sezgilari  paydo  bo’ladi.  Soxta  qisilishning  bu  simptomlari 

me’da  yarasi  teshilganda,  xoletsistitda,  appenditsit  va  boshqalarda  rivojlanishi 

mumkin.  Birgalikda  rivojlanadigan  bu  jarayonlarning  diagnostikasi  qiyin  va 

bemorni qunt bilan sinchiklab tekshirish, anamnezni puxta yig’ishni talab etadi. 

Joyiga solinadigan churrada (surunkali asoratlangan) ilgari to’g’rilanadigan 

churra  to’g’rilanmaydigan  bo’lib  qoladi,  biroq  bunda  og’riq  ham  bo’lmaydi. 

To’g’rilanmaydigan  churralarning  ko’p  qismi  xayotda  orttirilgan  bitishmalar 

borligi bilan bog’liq. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin